Yangiliklar

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish tartibi o‘zgaradi
2021-yil 1-iyunda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida ballar to‘plagan shaxslar haqida ochiq ma’lumotlar bo‘lishini nazarda tutuvchi yagona elektron reestr yaratiladi. Bu «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturida nazarda tutilgan.

Oliy o‘quv yurtlarida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning bazaviy stipendiyasi miqdori oshiriladi
Oliy o‘quv yurtlarida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning bazaviy stipendiyasi miqdori 10 % ga oshiriladi va 470 ming 800 so‘mni tashkil qiladi (avval – 428 ming so‘m edi).

O‘zbekiston COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlanishini e’lon qildi
O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2 million doza vaksinaga buyurtma berdi. Dastlab, 65 yoshdan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari emlanadi.

Markaziy Osiyoda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik
Markaziy Osiyo davlatlarida FV holati va karantin choralari joriy etilganidan keyin feyk yangiliklar va yolg‘on xabarlar soni oshdi. COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat atrofida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda mish-mish va feyk xabarlar tarqatish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida davlat tuzilmalari tomonidan qator ishlar olib borildi. Huquq-tartibot idoralarining xabarlariga ko‘ra, tegishli profilaktika tadbirlari o‘tkazilganidan keyin bu odamlar qilmishlaridan afsuslanib, kamera qarshisida xalqdan kechirim so‘ramoqda.