Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 22 – 28-fevral

02.03.2021 • 09:41

Qadrdon do‘stim!

Bahor kelgani sezilayaptimi?! U allaqachon kirib keldi!

Qishning oxirgi haftasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan yangiliklar haqidagi yangi dayjestni e’tiboringizga havola etaman.

Boshladik!

 

Ta’lim

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi mamlakat hududlarida 500 ta qisqa muddatli bolalar bog‘chalari ochishni rejalashtirmoqda. Vazirlikning matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Unda ta’kidlanishicha, hozirgi kunda davlat tumanlari ma’muriyatlari va ayil okmotu boshliqlari, shahar, tuman ta’lim bo‘limlari rahbarlari bilan onlayn-uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/184974_minobrazovaniya_otkroet_vregionah_500_detsadov_kratkosrochnogo_prebyivaniya/

Qirg‘izistonlik o‘quvchilar o‘rtasida “Zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi!” shiori ostida tanlov bo‘lib o‘tadi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Qayd etilishivha, tanlovda Qirg‘izistondagi barcha maktablarning 9 – 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun a’zolaridan biri albatta boshqa jins vakili bo‘lgan uch kishidan iborat jamoa tuzish kerak xolos. Bitta maktabdan faqat bitta jamoa qatnashishi mumkin. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/184839_sredi_shkolnikov_proydet_konkurs_nasiliyu_net_opravdaniya_/

Qozog‘istonda qalloblik holatlari tez-tez sodir bo‘layotgani bois, o‘qituvchilarni test topshirishlaridan oldin majburiy tartibda tekshiruvdan o‘tkazish taklif etilmoqda. Milliy test markazi direktori Didar Smagulov malaka testi topshirishlaridan oldin o‘qituvchilarni majburiy tartibda tekshirishni joriy etish taklifi bilan chiqdi. Yil boshidan beri 349 nafar o‘qituvchi shpargalka, smartfon va boshqa taqiqlangan narsalar bilan ushlangan. Markaz rahbari o‘zining Facebook dagi sahifasida shu haqda post qoldirdi. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-predlozhili-provodit-obyazatelnyj-osmotr-uchitelej-pered-testirovaniem-iz-za-uchastivshihsya-faktov-zhulnichestva

Shuningdek, e’tiboringizga turli mamlakatlarda talabalarning stipendiyasi miqdori qanchaligi haqidagi materialni havola etmoqchiman. Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210225/kakie-stipendii-poluchayut-studenti-stran-tsentralnoi-azii

 

Inson huquqlari

O‘zbekistonda diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Yangi Jinoyat kodeksi loyihasida shu haqda so‘z boradi, deb xabar bermoqda “Farg‘ona AA.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210223/v-uzbekistane-iz-ugolovnogo-kodeksa-uberut-religioznuyu-statyu

Qirg‘iziston davlat ro‘yxatga olish xizmati yozuvchi va fuqarolik faoli Altin Kapalova uch nafar farzandining sharifini o‘zgartirib, ularga otasining ismi o‘rniga ona ismini (matronim) va o‘z familiyasini  bergani uchun uning ustidan sudga murojaat qildi. Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210224/v-kirgizstane-na-zhentshinu-podali-v-sud-za-to-chto-ona-smenila-detyam-otchestvo-na-matchestvo

«2020-yilda koronavirus pandemiyasi Tojikistondagi LGBT hamjamiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, mazkur hamjamiyatning 24 a’zosi insonparvarlik yordami va oziq-ovqat so‘rab murojaat qilgan». Butun Yevropa va Markaziy Osiyodagi 600 dan ortiq tashkilotlarni birlashtirgan ILGA-Europening yangi hisobotida shu haqda so‘z boradi. Assotsiatsiya BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOS) huzurida maslahatchi maqomiga, Yevropa Kengashida ishtirokchi maqomiga ega.

Tafsilotlar quyida: https://rus.ozodi.org/a/31125108.html

 

Jamiyat

Qozog‘istonda yordam bergani va ezgu ishlari uchun istalgan odamga minnatdorchilik bildirish mumkin bo‘lgan sayt ishga tushirildi.

Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-zapustili-sajt-gde-mozhno-poblagodarit-lyubogo-cheloveka-za-pomosh-i-dobrye-dela

“Aziya Plyus”ning Tojikiston hukumatidagi manbasi xabar berishicha, O‘zbekiston va Tojikiston kelgusida ikki respublikaning chegaraning narigi tomonida yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki og‘ir kasalga chalingan fuqarolarni o‘zlarining yer usti chegaralari orqali to‘siqsiz o‘tkazib yuborishga kelishib olishgan.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210301/tadzhikistan-i-uzbekistan-razreshili-opredelennoi-kategorii-grazhdan-peresekat-granitsi

"Tajik soap handmade"- Dushanbe shahrida yashovchi Mahmudjon Muqimov besh yildirki qo‘lda mana shu tabiiy sovuni tayyorlaydi. Tojikistondagi yagona sovun tayyorlovchining aytishicha, uning sovuni shifobaxsh xususiyatga ega, terini quritmaydi va allergiya qo‘zg‘atmaydi.

Batafsil quyida: https://rus.ozodi.org/a/31122117.html

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qayta tashkil etilgan parlamentning yuqori palatasiga saylovlarga bir oy qolganida quyi palata deputatlari bilan uchrashdi va ularning faoliyatidan noroziligini ma’lum qildi, shuningdek koronavirusning Turkmaniston uchun “kutilmagan salbiy oqibatlari”ni tan oldi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31124663.html 

Internet orqali savdo qiluvchi tadbirkorlar 1-apreldan maxsus raqamli kodlar olishlari shart bo‘ladi. Prezidentning “Elektron tijorat ma’muriyatchiligini yaxshilash va uning kelgusida rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish to‘g‘risida” qarori loyihasida shu nazarda tutilgan. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/ekonomika-i-finansy/1189250-v-uzbekistane-torguyushhih-v-telegram-zastavyat-poluchit-czifrovoj-kod-i-virtualnuyu-kassu.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.