Qadrli do‘stim!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan muhim voqealar haqidagi yangi dayjestni havola etaman.
Boshladik!
Ta’lim
Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari uchun Respublika fan, texnika va ishlab chiqarish haftaligi boshlandi. Ta’lim va fan vazirligi shu haqda xabar berdi. Uning xabariga ko‘ra: “Namunali olimlar”, “Texnika kuni”, “Ishlab chiqarish kuni” aksiyalari o‘tkaziladi. Olimlar va kashfiyotchilar o‘quvchilarga jahon fani yutuqlari, shuningdek Qirg‘izistonda iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari haqida so‘zlab berishadi. Bolalar sanoat korxonalari va qishloq xo‘jalik agrofirmalarida bo‘lishadi, yangi texnologik jarayonlar, kichik va o‘rta biznes bilan tanishadilar. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/182884_vkyirgyizstane_nachalas_nedelya_nauki_tehniki_iproizvodstva_dlya_shkolnikov/
AQShlik o‘qituvchilar 10-fevraldan o‘zlarining O‘zbekistondagi o‘qituvchilik faoliyatlarini boshlashdi. Mutaxassislar O‘zbekistonning 11 ta viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda ishlashadi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210210/v-uzbekistan-pribili-27-amerikanskih-uchitelei-kotorie-budut-prepodavat-angliiskii-v-shkolah
Qirg‘iziston parlamentida kasb-hunar texnika litseylarida o‘qishni uch yildan ikki yilga qisqartirish taklif etilmoqda. Jogorgu Kenesh deputatlari birinchi o‘qishda tegishli qonun loyihasini ko‘rib chiqishmoqda. Batafsil quyida: https://24.kg/vlast/183003_vparlamente_predlagayut_sokratit_srok_obucheniya_vproftehlitseyah_vpoltora_raza_/
Inson huquqlari
Tojikistonda yangi TV kanal oshiladi, jurnalistlar “nohaq”, turk seriallarini ko‘rish esa vatanparvarlikdan emas. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210210/v-tadzhikistane-budet-novii-tv-kanal-zhurnalisti-ne-pravi-a-smotret-turetskie-seriali-ne-patriotichno
Qirg‘izistonda “Chindik” mediaforumi doirasida 2020 yilgi eng yaxshi jurnalist surishtiruvi uchun “Azattiq” jurnalisti Ulanbek Egizbayev nomidagi mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uchinchi o‘rin bojxonadagi noqonuniy sxemalar va ularda DBX boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovning ishtiroki haqidagi material uchun Bolot Temirov va Ali Toktakunovning jurnalistlar jamoasiga nasib etdi. Jurnalistlarga, shuningdek Internewsning Qirg‘izistondagi vakolatxonasi ham maxsus sovrin taqdim etdi. Bolot Temirov va Ali Toktakunov kompyuter bilan taqdirlanishdi. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/183320_vbishkeke_jurnalistam_vruchili_premii_imeni_ulanbeka_egizbaeva/
Turkmaniston televideniye, radioeshittirish va kinomatografiya Davlat qo‘mitasi bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi ta’minlashga o‘tkaziladi. Bu haqda Trend xabar berdi. Nashrning ma’lumot berishicha, Davlat qo‘mitasini o‘zini ozi ta’minlashga o‘tkazish masalasini Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kun tartibiga olib chiqqan. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31093983.html
Jamiyat
Qozog‘istonning barcha hududlarida akimatlar turli nominatsiyalarda tanlovlar o‘tkazishadi, maktablarda mehr-oqibat darslari tashlik etiladi. Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi saytida xabar berilishicha, Qozog‘istonda davlat rahbari Qosim-Jo‘mard Toqayevning tashabbusi bilan “Ezgu ishlar marafoni” umummilliy loyihasiga start berilgan. Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-startoval-obshenacionalnyj-proekt-marafon-dobryh-del
MA yangiliklar Xizmatining xabar berishicha, 2023-yil 1-yanvardan O‘zbekistondagi barcha tashkilotlarda ish yuritish va boshqa hujjatlarni tayyorlash, tasdiqlash va e’lon qilishda lotin imlosiga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanishga o‘tiladi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210212/uzbekistan-v-techenie-dvuh-let-polnostyu-pereidyot-na-latinitsu
Turkmanistonning ayrim hududlarida bolalar bog‘chalari tarbiyachilari qisqartirishga tushishi mumkin. Mamlakatdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi oziq-ovqatlar sifatining pastligi haqidagi xabarlar ortidan ushbu axborot ham tarqalgan. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31091863.html
Turkmanistonda sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari oxirgi oyda o‘zlarining oylik maoshlari 20 %ga pasayib ketganini aytishmoqda. Shu bilan birga, tibbiy xizmatlardan foydalanishga majbur bo‘layotgan bemorlar sog‘liqni saqlash uchun xarajatlar oshganini ta’kidlashmoqda. Bularning barchasi koronavirus tarqalishi, emlash tadbirlari va iqtisodiy muammolar bilan bir vaqtda sodir bo‘lmoqda. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31093988.html
Xavfsizlik
O‘tgan yildan beri aksariyat foydalanuvchilar orasida 123456 paroli ommabop bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘ringa esa test1 o‘rniga picture1 chiqib oldi. Ikki yildirki, password paroli uchinchi o‘rindan joy olgan. Keyingi o‘rinlarda: 111111, 123123, senha, qwerty va abc123. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/poslednie-novosti/1188109-samye-populyarnye-paroli-v-mire.html :
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang