Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2021-yil 1-7-fevral.

10.02.2021 • 06:00

Qadrli do‘stim!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan muhim voqea-hodisalar haqidagi yangi dayjestni havola etaman.

Boshladik!

 

Ta’lim

Tojikistonda ilk marotaba «Ilmxona» UX/UI dizayn va iOS yaratish bo‘yicha kurslarni ishga tushirmoqda. UX/UI dizayn va iOS yaratish bo‘yicha yangi kurslarda o‘qish 19-fevralda onlayn tarzda boshlanadi. Mazkur yo‘nalishlarda mutaxassislarga mahalliy va xorij mehnat bozorida talab juda yuqori. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210205/vpervie-v-tadzhikistane-ilmhona-zapuskaet-kursi-po-uxui-dizainu-i-ios-razrabotke-

Bishkekdagi (Qirg‘iziston) maktablar o‘quvchilarining ota-onalari hokimiyatga bolalarga an’anaviy tarzda o‘qishga ruxsat berish talabi bilan chiqishdi. Ular o‘z murojaatlarini 24.kg tahririyatiga jo‘natishgan. Ularning ta’kidlashlaricha, masofaviy elektron ta’lim tizimining joriy etilishi poytaxt o‘quvchilarining ta’lim olish huquqi buzilishiga olib kelgan. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/obschestvo/182563_myiprotiv_onlayn-obucheniya_roditeli_bishkekskih_shkolnikov_obratilis_kvlastyam/

Turkiyaning «Maarif» jamg‘armasi Qirg‘iziston poytaxtida ilk maktabini ochadi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Batafsil quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/181784_turetskiy_fond_maarif_otkroet_pervuyu_shkolu_vbishkeke/

Inson huquqlari

Turkmaniston hukumati Jinoyat kodeksining besoqolbozlik uchun jazo berishni nazarda tutuvchi  135-moddasining 1-qismini jinoiy jazo toifasidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqchi. Turkmaniston BMTning inson huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasiga 2020-yilda taqdim etgan uchinchi davriy ma’ruzasida shu haqda so‘z boradi, deb xabar bermoqda Turkmen.news.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210205/turkmenistan-zayavil-o-namerenii-izuchit-vopros-dekriminalizatsii-odnopolih-svyazei

Xo‘jandda (Tojikiston) ilk marotaba inklyuziv spektakl namoyish etildi. Mazkur noodatiy teatr tomoshasidan asosiy maqsad - sog‘lig‘ida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalar haqidagi qarashlarga barham berish, ularning ijtimoiy faolligini mustahkamlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va tengdoshlari bilan do‘stlashishga qo‘rqmasliklarida yordam berishdan iborat. Inklyuziv teatr jamiyatning o‘ziga xosliklarga ega insonlar olami haqida ko‘proq ma’lumot olishiga xizmat qilishi mumkin. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20210203/v-hudzhande-vpervie-proshel-inklyuzivnii-spektakl

Jamiyat

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xulosasiga muvofiq keladigan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Hukumatning «O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash obyektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Batafsil quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1186897-v-uzbekistane-utverzhden-perechen-produkczii-sootvetstvuyushhej-sanitarno-epidemiologicheskomu-zaklyucheniyu.html

Ekologiya

Turkmanistonning Kaspiy dengizi qirg‘oqlariga yuzlab o‘lik tyulen va minglab jonsiz baliqlar chiqib qolgan.  Ismi oshkor etilishini istamagan dengiz chegara xizmati xodimining aytishicha, hukumat hodisa haqidagi xabarni yashirmoqda va dengiz jonivorlarining ommaviy qirilishiga nima sabab bo‘lganini aniqlashga urinayapti. O‘tgan yil oxirlarida Kaspiy dengizining Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston Respublikasidagi g‘arbiy qirg‘og‘iga bir necha yuzta o‘lik tyulenlarning tanasi chiqib qolgan edi. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31086028.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.