Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2021-yil 15-22-fevral.

23.02.2021 • 08:23

Qadrli do‘stim!

Yashasin! Bahor yaqin! Nihoyat sovuqlar tugab, iliq bahor kunlari ham boshlanadi! Qanday ajoyib...

Hozircha esa e’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan muhim voqea-hodisalar haqidagi yangi dayjestni havola etaman.

Boshladik!

 

Ta’lim

O‘zbekiston oliy ta’lim vazirligi talaba qanday hollarda mamlakat oliy o‘quv yutridan chetlashtirilishi mumkinligiga izoh berdi. Endi talabalar nafaqat fanlarni o‘zlashtira olmagani uchun, balki boshqa bir qator sabablarga ko‘ra ham o‘qishdan haydalishi mumkin.

Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1188913-v-ministerstve-vysshego-obrazovaniya-razyasnili-za-chto-mogut-otchislit-studenta-iz-uzbekistanskogo-vuza.html

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi maktabgacha ta’limning variantli shakllarini joriy etmoqchi. Idora qarorining tegishli loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Asoslantiruvchi ma’lumotda qayd etilishicha, bugungi kunda maktabgacha ta’lim faqatgina 29,4 foiz, maktabga tayyorlash esa 15,3 foiz bolani qamrab olgan, xolos.

Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/184009_ministerstvo_obrazovaniya_hochet_vvesti_variativnyie_formyi_doshkolnogo_obrazovaniya/

Qirg‘iziston TIV oltinchi siyosiy departamenti direktori Ermek Omuraliyev YEXHTning Qirg‘izistondagi Dasturlari ofisi rahbari Pyer fon Arks bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idorasidan ma’lum qilishlaricha, tomonlar uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha harakatlar rejasini muhokama qilisjgan. Asosiy urg‘u iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratilgan. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/vlast/183470_obse_budet_uchit_polpredov_voblastyah_razrabatyivat_investitsionnyie_proektyi/

Inson huquqlari

Turkmanistonning Lebap viloyatida yashovchi o‘nlab fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet davlatlar fuqarolari Turkmaniston fuqaroligini olish istagidan voz kechishmoqda. Yillar davomida Turkmaniston fuqaroligini olishga urinib kelgan ushbu insonlarning bunday qarorga kelishlariga, birinchi galda, iqtisodiy va siyosiy muammolar va imkon tug‘ilishi bilan mamlakatni tark etish sabab bo‘lmoqda. Azatlik Radiosi muxbiri shu haqda xabar bermoqda. Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31099896.html

Yevropa Ittifoqi (YeI) va Tojikiston o‘rtasida hamkorlik kengashi juma, 19-fevral kuni Bryussel, Lissabon va Dushanbe o‘rtasida videokonferensiya shaklida 9-yig‘ilishini o‘tkazdi.  Yig‘ilishga Portugaliyaning tashqi ishlar davlat Vaziri janob Augushta Santush Silva raislik qilgan bo‘lsa, Tojikiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin boshchilik qildi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210220/es-prizval-tadzhikistan-uluchshit-reputatsiyu-v-oblasti-prav-cheloveka-i-osnovnih-svobod

Bir xil imkoniyatlar mavjudligiga qaramay, tasviriy san’atdagi ayrim mavzular, masalan, “nyu” Tojikistonning erkak rassomlari tomonidan yaratilganda, ayol rassomlar ijodiga ko‘ra ijobiyroq qabul qilinadi.

Batafsil quyida o‘qishingiz mumkin: https://asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20210221/neravnoe-ravenstvo-o-gendernom-voprose-v-kartinah-tadzhikskih-hudozhnikov

Jamiyat

Qozog‘istonda ayollarni biznes yuritish asoslariga o‘rgatish maqsadida “Tadbirkor ona” dasturi ishga tushirildi. Dastur ishtirokchisi bo‘lgan ayollar 500 ming tenge miqdoridagi grant sohibasiga aylanishlari mumkin. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-zapustili-programmu-mama-predprinimatel-gde-zhenshin-budut-uchit-predprinimatelstvu

Texnologiyalar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni imzoladi. Hujjatda sun’iy intellekt (SI) sohasida mahalliy ekotizimni hamda ishlab chiquvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohani huquqiy jihatdan tartibga solish nazarda tutilgan. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20210218/v-uzbekistane-sozdaetsya-institut-razvitiya-iskusstvennogo-intellekta

Qirg‘izistonda YouTubeda yaratish, rivojlantirish va pul ishlash bo‘yicha videokurslar  ish boshladi. BMTTD shu haqda xabar berdi. Tashabbusning asosiy maqsadi –mahalliy kontentni yaratishni ommalashtirish va YouTubega asoslangan biznesni qo‘llab-quvvatlash. “Qanday qilib taniqli bloger bo‘lish mumkin. Hammasi YouTube maydonchasi haqida” kursi Google Class platformasida olib borilmoqda va barcha xohlovchilar uchun ochiq. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/183982_vkyirgyizstane_zapustili_videokursyi_posozdaniyu_kanalov_naYouTube/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.