Toshkentda Diplomat University xususiy oliy o‘quv yurti ochiladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilingan loyihada shu haqda so‘z boradi.
Yangi oliy o‘quv yurti bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi, ular orasida iqtisodiyot, AT, huquqshunoslik va xalqaro munosabatlar kabilar bor.
Mashg‘ulotlar bir necha xil – kunduzgi, kechki va onlayn o‘qish shakllarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.