
Facebookdan COVID-19ga qarshi vaksinaning xavfli ekani haqidagi feyklar o‘chirilmoqda
10.02.2021 • 18:19Koronavirusning sun’iy yo‘l bilan yaratilgani haqidagi nazariyalar va boshqa feyklar o‘chiriladi.
Facebook feyk, deb hisoblanuvchi mavzular ro‘yxatini yana kengaytirdi. Bu Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) bilan maslahatlashuvlardan keyin amalga oshirildi.
Kompaniya allaqachon vaksina yordamida odamlarga chip o‘rnatilishi, vositaning odamlarda maxfiy tarzda sinovdan o‘tkazilishi va boshqa fitna nazariyalari kabi yolg‘on axborotlarni o‘chirishni boshladi. 8-fevraldan boshlab Facebook va Instagramda quyidagi mazmundagi postlar feyk hisoblana boshlaydi:
- COVID-19ning sun’iy yo‘l bilan yaratilgani;
- vaksinalarning xavfliligi;
- kasallikning o‘zi unga qarshi vaksinadan ko‘ra xavfsizroq ekani.
Kompaniyada qayd etishlaricha, Facebook va Instagramdagi mazkur qoidalarni bir necha marta buzgan va koronavirus infeksiyasi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda davom etayotgan sahifalar bir umrga bloklanishi mumkin