Malaka oshirish pullik bo‘lib haftasiga 20 – 40 soat bandlikni nazarda tutadi.
Malaka oshiruvchilar bazaviy algoritmlar va ma’lumotlar tuzilishini bilishlari, shuningdek dasturlash tillaridan birida kodni yoza olishlari talab etiladi. Boshqa talablar esa tanlangan yo‘nalishdan kelib chiqib belgilanadi.Nomzodlarni saralab olishda kompaniya nomzodning anketasiga va uning yutuqlariga e’tibor qaratadi.
Uch turdagi malaka oshirish e’lon qilinmoqda:
- Yillik malaka oshirish (fevral — mart, avgust — dekabr);
- Yozgi malaka oshirish (aprel — iyul);
- Boot camp tizimi bo‘yicha Deep dive dasturi (14 aprel, 30 iyun va 21 iyul).
Malaka oshirish yo‘nalishlari:
- bekend-ishlab chiqish;
- frontend-ishlab chiqish;
- mashinali o‘qitish;
- tahlil;
- mobil ishlab chiqish.
Eng yaxshi malaka oshirganlar kompaniyaga ishga qabul qilinadi.
Birinchi bosqichda ariza topshirish kerak. Ariza topshirish muddati 2021-yil 31-maygacha.
Keyingi bosqichda test topshiriqlarini bajarish va intervyudan o‘tish kerak.