Yangi shartlarga rozi bo'lmaguncha WhatsApp foydalanuvchilari xabarlarni yuborolmaydilar
25.02.2021 • 09:12
Yangi maxfiylik shartlariga 15 maygacha rozi bo'lmagan WhatsApp foydalanuvchilari, ular shunday qilmaguncha, ularda xabarlarni qabul qilish yoki yuborish imkoni bo'lmaydi. Ularning messenjerdagi akkauntlari «faol emas» deb ko’rsatiladi – faol bo’lmagan akkauntlarni esa 120 kundan so’ng yo’q qilish mumkin.
Foydalanuvchilar qo’ng’iroq va bildirishlarni olishlari mumkin, lekin qisqa vaqt davomida – TechCrunch xabar berishicha, ehtimol, atigi «bir necha hafta». WhatsApp o'z rejalarini yanvar oyida e'lon qildi.
WhatsApp-ning dastlabki e'lonidan so’ng millionlab odamlar platformani tark etdi va Telegram, Signal va boshqa maxfilik va ma’lumotlar himoyasini va’da qilgan messenjerlarni yuklab oldilar. WhatsApp yangi siyosatning kiritilishini keyinga qoldirdi va kelajak o’zgarishlar haqida foydalanuvchilarga xabar berish usulini o'zgartirdi.