Yangiliklar

Markaziy Osiyo yangiliklari svodkasi
4-11 avgust 2020 y.

«Mening tanam – mening ishim»: O‘zbekistonlik qizlar oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashmoqda
O‘zbekistondagi Exponaut ijodiy yushmasi ishtirokchilari fleshmob tashkil qilishdi – qizlar ijtimoiy tarmoqlarga o‘zlarining qo‘lbola plakatlar ushlab tushgan fotosuratlarini joylashtirishdi. Plakatlarga «ayol hayvon emas», «kelin xizmatkor emas», «mening tanam – mening ishim», «uradimi – demak qamaladi» kabi so‘zlar yozilgan edi. Zamonaviy O‘zbekistonda bu ayollar o‘z huquqlarini himoya qilib chiqqan birinchi ochiq aksiya hisoblanadi.

Munisa Rizayeva: "Zotiljam koronavirusdan ham yomon ekan"
O‘zbek estradasining pop-yulduzi Munisa Rizayeva oilasi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi. Munisaning so‘zlariga ko‘ra, unga va yaqinlariga zotiljam tashhisi qo‘yilgan. “Iltimos, sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang. Hech qayerga chiqmang. Uyda qoling. Zotiljam koronavirusdan ham yomon ekan. Juda ko‘pchilik zotiljamga chalinmoqda. Ota-onam og‘ir ahvolda yotishibdi”, - deb yozgan Munisa Rizayeva.