Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari: 2020 yil 8 – 14 sentabr

14.09.2020 • 10:07

Ta’lim

Mahalliy ekspertlarning fikricha, keyingi yillarda Tojikistonda aholining savodxonlik darajasi sezilarli darajada pasayib ketgan. Hukumat vakillari esa o‘z navtadida barchaning savodli ekanini ta’kidlashadi. Batafsil: https://rus.ozodi.org/a/30827790.html

 

Jamiyat

Joriy yil Tojikistonda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishda uchta usuldan foydalaniladi. Bular: internet-so‘rov, planshet yordamida so‘rov hamda an’anaviy (qog‘oz) usul. Bu haqda respublika Prezidenti huzuridagi statistika agentligi xabar bermoqda. Batafsil quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20200911/v-tadzhikistane-vpervie-provedut-tsifrovuyu-perepis-naseleniya

«O‘zcharmsanoat» assotsiatsiyasi raisi Fahriddin Boboyev intervyu berar ekan, yaqin kelajakda O‘zbekistonda Nike va Adidas krossovkalari ishlab chiqarilishini qayd etdi. Batafsil:  https://nuz.uz/sport/1171219-v-uzbekistane-nachnut-proizvodstvo-krossovok-nike-i-adidas.html

Qirg‘izistonliklar endi uydan chiqmasdan ishsizlik bo‘yicha hisobga turishlari mumkin. Mehnat vazirligi ishga tushirgan portalda, shuningdek tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish va ish izlash uchun elektron ariza berish ham mumkin. Batafsil tanishish uchun manba: https://ru.sputnik.kg/society/20200913/1049598257/kyrgyzstan-bishkek-bezrabotitsa-uchet-rabota.html

Qozog‘iston hukumati xalqaro aviaqatnovlar bekor qilingani munosabati bilan mamlakatdan chiqib keta olmayotgan xorijliklarning Qozog‘istonda bo‘lib turishlari uchun berilgan ruxsat muddatini 2020 yil 1 noyabrgacha uzaytirishga qaror qildi. Tafsilotlar:  https://www.zakon.kz/5039392-inostrantsam-prodlili-srok-prebyvaniya.html

 

Media

O‘zbekistonda tuxmat uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish hamda dalillarni buzib ko‘rsatgani va jurnalistlarga bosim o‘tkazgani uchun davlat organlarining javobgarligini belgilsh rejalashtirilmoqda. Batafsil quyidagi havolada oqing: https://podrobno.uz/cat/obchestvo/v-uzbekistane-planiruyut-otmenit-ugolovnoe-nakazanie-za-klevetu-i-vvesti-dlya-gosorganov-otvetstvenn/

Turkmanboshi Gurbanguli Berbimuhamedov hukumatda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi. Berdimuhamedov Vazirlar mahkamasi a’zolarini «mamlakatda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni» ва «iqtisodiy muammolarning hal qilinayotganini» davlar OAVda yoritishni ta’minlay olmayotganliklari uchun tanqid qildi. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/30827053.html

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.