Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

26-27 avgust yangiliklari

27.08.2020 • 05:04

O‘zbekistonda maktablar qanday ishlaydi

  • Ta’lim shakli borasida ota-onalar qaror qabul qiladi – bolani maktabga yuborish kerakmi yoki onlayn o‘qishni qoldirgan ma’qulmi.
  • 7 sentyabrdan sinov tariqasida maktablar “yashil” zonalarda ochiladi;
  • 14 sentyabrdan maktablar barcha hududlarda ochiladi;
  • O‘quvchilar “sinf rejimi” tartibida o‘qiydi, ya’ni sinfxonalarni almashtirishmaydi;
  • 10 sentyabrga qadar barcha maktablar antiseptiklar va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanishi kerak;
  • O‘qituvchilarning hammasi koronavirusga test topshiradi, kelgusida ular virusga qarshi vaktsina oladilar;
  • Maktablarning barchasida izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi;
  • Agar bir sinfda uchta yoki undan ortiq o‘quvchida koronavirus aniqlansa, unda aynan shu sinf onlayn rejimga o‘tkaziladi. Qolgan sinflar o‘qishni avvalgi rejimda davom ettiradi.
  • Dars vaqti 45 daqiqadan 30 daqiqagacha qisqartiriladi.

 

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari qayerda, qachon va qay tarzda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan ochiq maydonlar ro‘yxati chop etildi. Unga stadionlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlar kiritilgan. Ro‘yxatda test sinovlari o‘tkaziladigan 40 ta maydon bo‘lib, ular qo‘shimcha ravishda 65 ta sektorga ajratilgan. Eng ko‘p sektor Toshkentda, unda 6 ta maydon va 17 ta sektor mavjud. Samarqand viloyatida 7 ta sektor, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida – 6 tadan sektor bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida 4 tadan, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlarida 3 tadan, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 2 ta sektor tashkil qilingan. Test sinovlari 2 sentyabr kuni boshlanib, 14 kun davom etadi.

 

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.