Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020-yil 1-7 sentyabr

09.09.2020 • 06:59

Sotsium

Turkmanistonda niqob taqish rejimini buzganlar paxta terishga yuborilmoqda. Mari viloyatida niqob taqish rejimini buzganligi uchun ushlangan fuqarolar va jarima to‘lashga qodir bo‘lmagan shaxslar politsiya tomonidan majburiy ravishda paxta terimiga yuborilgan. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/30814385.html

Bolamni yaxshi qo‘llarga beraman!”. Qozog‘istonning Chimkent shahridagi ustunlardan biriga noma’lum shaxslar tomonidan g‘aroyib e’lon osilgan. Unda “Agatka” ismli qizchani kuchukcha singari “yaxshi qo‘llarga” berishni va’da qilishgan. Maqolaga havola: https://www.zakon.kz/5038581-otdam-rebenka-v-horoshie-ruki-politsiya.html

 

Ta’lim

Qirg‘izistonda ko‘r va ko‘zi ojiz bolalar uchun Brayl shriftida darsliklar chop etildi. Hozir bunday turdagi darsliklar yetishmayapti, shuningdek bir necha yildan buyon Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham ular chop etilmayapti. Batafsil

https://24.kg/obschestvo/164166_minobrazovaniya_izdalo_uchebniki_nashrifte_braylya_dlya_slepyih_islabovidyaschih_detey/

Qozog‘istonda yana onlayn ta’lim bo‘yicha shikoyatlar tusha boshladi. Bu safar so‘z videodarslar paytidagi ahloqsizliklar haqida bormoqda. Dastlabki darslardanoq aynan nima yuz bergani haqida ushbu havola bo‘yicha o‘qing: https://www.zakon.kz/5038519-kazahstanka-pozhalovalas-na-vklyuchenie.html

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlab oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy ta’lim shaklini tiklashni rejalashtirmoqda. Havola: https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/04/comeback/

O‘zbekistonda ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim sohasida masofadan o‘qitishni baholash va monitoring qilish uchun @edumonitoring_bot Telegram-botini ishga tushirdi. Bot qanday ishlashini ushbu havola bo‘yicha bilib olish mumkin: https://podrobno.uz/cat/tehnp/v-uzbekistane-zapustili-telegram-bot-dlya-otsenki-kachestva-onlayn-obucheniya-v-vuzakh/

Turkman o‘quvchilari yangi o‘quv yilini lavlagi dalalarida boshladi. Turkmaniston janubida hosilni yig‘ib olayotgan maktab yoshidagi bolalarni ko‘rish mumkin. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bolalar lavlagini o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida, mamlakatda cho‘zilib ketgan iqtisodiy inqiroz paytida qiynalib qolgan oilalariga moddiy yordam sifatida yig‘ib olishmoqda. Ammo… Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/30818788.html

 

Ekologiya

Tojikistonda “Fan va tabiat” telekanalini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. 28-avgust kuni Emomali Rahmon  yangi telekanal ustavini va tuzilmasini hamda xodimlarning chegaraviy shtatini tasdiqlash haqidagi qarorni imzoladi. U 87 kishidan, shu jumladan texnik xodimlardan iborat bo‘lishi kerak. Batafsil: https://asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20200904/novii-telekanal-nauka-i-priroda-zarabotaet-v-tadzhikistane-v-novom-godu

Qozog‘istonda besh yil davomida 2 mlrd daraxt ekishni rejalashtirishmoqda. Yer sayyorasini kim va qanday qilib qutqarmoqchi bo‘layotgani haqida ushbu havola bo‘yicha o‘qing: https://www.zakon.kz/5038201-v-kazahstane-posadyat-2-mlrd-derevev.html

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.