Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020-yil 19-25 avgust

24.08.2020 • 19:56

Siyosat

Qirg‘iziston chegaralar masalasida bosh vazirlar darajasida O‘zbekiston va Tojikiston tomoni bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda QR bosh vaziri Akram Madumarov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarda turli voqealarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mahalliy hokimiyatlar xavfsizlik organlari bilan hamkorlikda aholi orasida tushuntirish ishlarini olib boradi. Batafsil bu yerda o‘qing: https://rus.ozodi.org/a/30791451.html

O‘zbekistonda qonun hujjatlarini muhokama qilish portalida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi chop etildi, deb yozadi asiaplustj. O‘zbekistonning qonun loyihasi Qozog‘istonnikini takrorlaydimi, ularda qanday umumiyliklar bor, bu yerda o‘qing: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20200820/v-uzbekistane-na-obtshestvennoe-obsuzhdenie-vinesen-zakonoproekt-o-mitingah

 

Ta’lim

Tojikiston oliy o‘quv yurtlariga 75 mingdan ortiq abituriyent o‘qishga kirdi. Tojikiston milliy test markazi mamlakat oliy o‘quv yurtlari (OOY)ga markazlashtirilgan kirish imtihonlarining dastlabki yakunlarini e’lon qildi. Taqsimlanishlarning ikkita bosqichi yakunlariga ko‘ra, 75 ming 482 nafar abituriyent mamlakat OOYda o‘qish huquqini qo‘lga kiritgan, deya xabar beradi "Aziya-Plyus". Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20200819/v-tadzhikskie-vuzi-postupili-bolee-75-tis-abiturientov

 

Qirg‘izistonda birinchi sinf o‘quvchilari niqob taqib yurishlari va uni har ikki soatda almashtirishlari kerak. Bolalarni himoya vositalari bilan ta’minlash majburiyati ota-onalarning zimmasiga yuklatildi, deya xabar beradi 24.kg. Maktab o‘quvchilariga qanday niqoblarni taqish mumkin, qandaylarini esa mumkin emasligi haqida ushbu havola bo‘yicha o‘qing:

http://0s.gi2c423h.nblz.ru/obschestvo/162827_pervoklassniki_doljnyi_nosit_maski_imenyat_ihkajdyie_dva_chasa/

Qirg‘izistonning “OAVni qo‘llab-quvvatlash markazi”Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi bilan hamkorlikda “Soros-Qirg‘iziston” Fondi ko‘magida maktab o‘qituvchilari orasida mediasavodxonlik va masofaviy ta’lim bo‘yicha jadal onlayn-kursda qatnashish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. “MIG” va “DOT” ko‘nikmalari kimga va qachon o‘rgatilishi haqida ushbu havola orqali bilish mumkin: https://24.kg/obschestvo/162851_uchitelyam_provedut_onlayn-kurs_pomediagramotnosti_idistantsionnomu_obucheniyu/

Pedagoglar va ta’lim va fan sohasi xodimlarining respublika avgust kengashlari yalpi majlisida Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligining rahbari yangi o‘quv yilida joriy etilishi rejalashtirilgan yangiliklar haqida gapirib berdi. U maktabgacha ta’lim haqida gapirar ekan, ushbu idora bolalarni maktabga tayyorlash metodlari to‘liq qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kichik yoshda til o‘rganishga bo‘lgan yondashuv o‘zgartiriladi, dasturlar mazmuni esa bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga muvofiq yangilanadi. Ota yoki ona davlat buyurtmasi bo‘yicha tushish mumkin bo‘lgan bolalar bog‘chasini o‘zi tanlashi mumkin bo‘ladi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/aymagambetov-ob-izmeneniyah-v-doshkolnom-obrazovanii-roditel-sam-smozhet-vybirat-detsad-i-idti-tuda-s-goszakazom.html

 

Sotsium

Tojikistonning Tursunzoda shahar prokuraturasi to‘rt yoshli qizchani zo‘rlash to‘g‘risidagi ishni tergov qilmoqda. Ayni paytda yuz bergan voqea holatlarini aniqlashga qaratilgan zarur harakatlar olib borilyapti, hozircha hech kim hibsga olinmagan. Tergov qizchaning onasi murojaat qilganidan keyin boshlangan, uning so‘zlariga ko‘ra jinoyatni sobiq erining ukasi sodir qilgan. Ushbu ish haqida batafsil bu yerda o‘qish mumkin: https://rus.ozodi.org/a/30795091.html

1-sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda hojatxonasi bo‘lmagan avtomobilga yonilg‘i quyish punktlariga neft mahsulotlari va gaz berilmasligi hamda ular litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkin. Nega bunday qat’iy choralar ko‘rilayotgani haqida ushbu havola orqali o‘qish mumkin: https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/18/toilets/

Almatining (Qozog‘iston) barcha tumanlarida ishga joylashish bo‘yicha Yoshlar resurs markazlarining ko‘chma punktlari ishlay boshladi. Ishga kirishni xohlovchilarga turli yo‘nalishlarda dolzarb vakansiyalar taklif qilinadi. Har bir da’vogar so‘rovnoma-rezyumeni to‘ldirishi mumkin, ularga ishlov berilganidan so‘ng Almati Aholi bandligi markazi vakillariga taqdim etiladi va “Srochno trebuyutsya” (Tez talab qilinadi) gazetasining saytida chop etiladi. Yoshlarni ishga joylashtirishning yangi metodi haqida ushbu havola orqali o‘qish mumkin: https://informburo.kz/novosti/v-almaty-zarabotali-mobilnye-punkty-po-trudoustroystvu-molodyozhi-.html

IT

Dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri hisoblangan Microsoft  kompaniyasi Tojikistonning TajRupt.AI notijorat tashkilotini sog‘liqni saqlash sektoriga sun’iy intellektni joriy etish uchun o‘zining “AI for Health” deb nomlanuvchi global tadqiqotchilik dasturining g‘oliblaridan biri sifatida tanladi. TajRupt.AI tanlovda qanday va qachon g‘olib chiqqani haqida bu yerda o‘qish mumkin: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20200822/kak-tajruptai-stal-partnerom-microsoft

Qirg‘izistonda ishonarli dipfeykni qariyb $100 ga yaratish mumkin. Dipfeyklar imkonliroq, arzonroq va ishonchliroq bo‘lib bormoqda. Tarmoqda taqdim etilgan har qanday shaxsning qalbaki tasviriga juda oson ega bo‘lishga misol sifatida FireEye ekspertlari Tom Xenksning feyk fotosuratlari va audioyozuvlarini yaratdi. Buning uchun barcha vositalardan ochiq foydalanish mumkin, ular chuqur bilimni va jiddiy xarajatlarni talab qilmaydi. Dipfeyklar haqida batafsil: https://knews.kg/2020/08/10/ubeditelnyj-dipfejk-mozhno-sozdat-uzhe-menee-chem-za-100/amp/

 

O‘zbekistonda  iOS mobil operatsion tizim foydalanuvchilari VPN-ilovalarni o‘rnatmoqda, deya xabar beradi mahalliy ommaviy axborot vositalari App Annie tahliliy servisining ma’lumotlari asosida. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 17-avgust sanasiga  eng ko‘p yuklab olinadigan ilovalarning beshtasidan to‘rttasi blokirovka qilingan saytlarni ochish uchun foydalaniladigan VPN-dasturlardir. Bunday vaziyat oxirgi uch yil ichida ilk bor kuzatilmoqda. Maqolaga havola: https://rus.azattyk.org/a/30790031.html

Turkmaniston

Turkmaniston hukumati byudjet xodimlarini mahalliy televizorlarni xarid qilishga majbur etmoqda, ularning narxi ish haqidan ushlab qolinadi, deb yozadi “Ozodlik” radiosining turkman xizmati.

"Farapda byudjet xodimlari mahalliy smart-televizorlarni xarid qilish haqida ko‘rsatma olgan. Ushbu 32-dyuymli “Tolkun” televizorlarining har biri 2400 manat ($686) turadi”, - deydi Lebap viloyat nashrining muxbiri. Batafsil: https://rus.ozodi.org/a/30793204.html

Turkmaniston hukumati blokirovka qilingan servislardan foydalanishni tashkillashtirganlikda yordam ko‘rsatganlik uchun ta’qibni kuchaytirmoqda. Bu haqda “Azatlik” radiosi xabar beradi (Ozodlik radiosining turkman tahririyati). Ashgabat bozorida 30 ga yaqin kishi mijozlarning telefonlariga VPN-servislarni o‘rnatganlik uchun 15 sutkaga qamalgan. Batafsil: https://rus.ozodi.org/a/30797084.html

Turkmaniston Konstitutsiyasiga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan takliflarni ishlab chiqish va ularni umumiylashtirish bo‘yicha konstitutsiyaviy komissiya Asosiy qonunga o‘zgarishlar kiritish loyihasi ustidagi ishlarni yakunladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar beradi, deb yozadi “Fergana” AA. Asosiy hujjatda aynan nimalar o‘zgarishini bu yerda o‘qish mumkin: http://0s.mzsxez3bnzqs43tfo5zq.nblz.ru/news/120883/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.