Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020-yil 31-avgust

02.09.2020 • 17:52

Sotsium

Tojikiston. Dushanbelik fuqaro keksa onasini haqorat qilgani uchun hibsga olindi. Batafsil: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/laworder/20200828/za-oskorbleniya-svoei-pozhiloi-materi-arestovan-zhitel-dushanbe

Turkmaniston. Lebap viloyatining Farap tumani aholisini davlat do‘konlarida sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga prezident Gurbanguli Berdimuxammedovning fotosuratini  xarid qilishga majbur qilishmoqda. Bunday xaridlarga kim va nima uchun majbur qilyapti, bu haqda bu yerda o‘qish mumkin: https://rus.azathabar.com/a/30807010.html

 

Ta’lim

Qozog‘iston. YNT o‘tkazilgan auditoriyalarga o‘rnatilgan kuzatish kameralaridagi video o‘rganilganidan keyin 158 nafar abiturientda imtihon natijalari  bekor qilindi. Shuningdek navbatchi o‘zi bilan savollar kitobchasini suratga olayotgan abiturientni kameradan to‘sib turgan holat ham qayd etilgan. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/posle-izucheniya-video-s-kamer-nablyudeniya-rezultaty-ent-158-abiturientov-annulirovali.html  

Turkmaniston. Turkmaniston hukumati mamlakat hududida birortayam koronavirusga chalinish holati qayd etilmaganini ta’kidlashda davom etmoqda, bu paytda esa mamlakat sharqida Ashxabad oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan talbalarni COVID-19 ga testdan o‘tkazib, karantinga joylashtirishmoqda. Ashxabadda yangi o‘quv yilidan oldin o‘quvchilardan sog‘liqlari haqida ma’lumotnoma olib kelishlarini talab qilishmoqda. Viloyatlar orasida transport harakati cheklangani bois Turkmaniston poytaxtiga borishi kerak bo‘lgan fuqarolar safar uchun unchalik qonuniy bo‘lmagan yo‘llarni izlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/30805738.html

Turkmaniston. Turkmaniston maktablarida o‘quv soatlarini qisqartirishmoqda va pensiya yoshidagi o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatishmoqda. Nega hukumat bunday choralarni ko‘rayotgani haqida bu yerda bilib olish mumkin: https://rus.azathabar.com/a/30804114.html

Qirg‘iziston. Umumiy ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari va QR noiqtisodiy o‘quv muassasalarining talabalari yangi o‘quv yilidan soliq qonunchiligi masalalari bo‘yicha bilim olishlari mumkin. Bu haqda Davlat soliq xizmatining matbuot xizmati xabar beradi. Xabarga ko‘ra, o‘quvchilar ta’lim formatini, ya’ni zamonaviy vositalar va texnologiyalar, shu jumladan kompyuter, smartfon, noutbuk yoki boshqa gadjetlardan foydalangan holda onlayn yoki o‘quv muassasasida oflayn o‘qishni tanlashlari mumkin. Batafsil: https://24.kg/obschestvo/163347_starsheklassniki_snovogo_uchebnogo_goda_smogut_poluchat_znaniya_ponalogam_onlayn/

O‘zbekiston. O‘zbekistonda ota-onalarning 76 foizi maktablar ochilishi uchun ovoz berdi. Xalq ta’limi vazirligi ota-onalar orasida yangi o‘quv yilida maktablarni ochish zarurligi yoki yo‘qligiga bag‘ishlangan so‘rovlarga yakun yasadi, deya xabar beradi Podrobno.uz muxbiri. So‘rovnomada 1-11 sinflarda o‘qiydigan bolalarning 5,5 million nafar ota-onasi qatnashdi. Bu barcha farzandlari maktabga boradigan ota-onalarning 89% ni tashkil qiladi. So‘rovnoma haqida batafsil: https://podrobno.uz/cat/obchestvo/v-uzbekistane-76-protsentov-roditeley-progolosovali-za-otkrytie-shkol-/

 

Koronavirus

Qozog‘iston. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi Qozog‘iston vaksinasini klinik sinovlarga qo‘yishga rasmiy tarzda ruxsat berdi. Ushbu vaksina QR Ta’lim va fan vazirligining Fan qo‘mitasi biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. Maqolaga havola: https://informburo.kz/novosti/voz-oficialno-dopustila-kazahstanskuyu-vakcinu-protiv-covid-19-k-klinicheskim-ispytaniyam-110597.html

 

IT

Turkmaniston. Turkmaniston hukumati blokirovka qilingan saytlardan foydalanish va ulardagi xabarlarni uzatish uchun VPN xizmatlaridan foydalanuvchi va ularni taklif qiluvchi mobil telefonlar egalarini ta’qib qilishni kuchaytirdi. Bu xorijda yashaydigan turkmanlarning Turkmaniston hukumatiga qarshi noroziliklari va Gurbanguli Berdimuxammedovni iste’foga chiqishga chaqiriqlari fonida yuz bermoqda. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/30795385.html

 

Madaniyat

O‘zbekiston. 29-avgust kuni “O‘zbekkino” milliy agentligi O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va "MY5" telekanali bilan hamkorlikda CinemaDays-2020 doirasida “Yosh kinematografchilar festivali”ni o‘tkazdi. Festivalda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Behzod Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik direktori Alisher Sa’dullayev hamda “O‘zbekkino” Milliy agentligining direktori Firdavs Abduholiqov chiqish qildi. Ular yosh kinematografchilarni professional yutuqlari bilan qutladi. Shuningdek tadbirda jurnalistlar va jamoat arboblari ham qatnashdi. Batafsil: https://podrobno.uz/cat/calche/v-uzbekistane-proshel-festival-molodykh-kinematografistov/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.