Viruslarning turlari
«Kompyuter viruslari (computer viruses)» atamasi odatda turli-tuman zararli dasturlarning barchasini ta’riflash uchun ishlatiladi, lekin bu har doim ham to‘g‘ri emas. Kompyuter viruslarini ular qanday platformalarga qarshi qaratilganiga, qaysi operatsiya tizimlari uchun yaratilganiga (Microsoft, Windows, Linux va boshqalar), shuningdek zararlash obyektiga (yuklanadigan, faylli, skriptli), ishlatiladigan texnologiyasiga, dasturlash tiliga qarab farqlanadi.