Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Mehnat bozoridagi gender tengsizligimeh

10.08.2022 • 07:50

GENDER TENGSIZLIGI MUAMMOSIGA dunyoning biron bir mamlakati to‘liq yechim topmagan: ayollar dunyo aholisining 49,6 foizini tashkil qiladi, biroq ularning jahon YAIMga qo‘shgan hissasi atigi 37 foizni tashkil etadi. Oxirgi raqam turli mintaqaga qarab farq qiladi – Hindistonda 17 foizdan boshlab Xitoy, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda 41 foizgacha.

AYOLLARNING ISH KUNI erkaklarnikiga qaraganda qisqaroq: o‘rtacha hisobda dunyo bo‘yicha ular erkaklar ishi talab qiladigan vaqtning 80 foizini ishlaydilar. Bundan tashqari, ayollar sanoatga qaraganda qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida, ya’ni iqtisodiyotning ishlab chiqarish kamroq tarmoqlarida ko‘proq band.

Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq ish haqi to‘lanmaydigan ish bilan shug‘ullanishadi (bolalar va keksa qarindoshlariga g‘amxo‘rlik qilish, uy xo‘jaligi (ro‘zg‘or) ni nazorat qilish) — ular dunyoda ushbu turdagi ishlarning taxminan 75 foizini tashkil qiladi. Ushbu “ko‘rinmas” ish uchun eng kam ish haqi berilishi lozim bo‘lganda, taxminan o‘n trillion dollar yoki dunyo YAIMning 13 foiziga teng miqdorni tashkil etadi.

MANTIQAN OLIB QARAGANDA, AYOL ish haqi to'lanmagan ish bilan QANCHA KO‘P SHUG‘ULLANSA, shuncha uning haq to‘lanadigan ish uchun vaqti kamroq bo‘ladi va mamlakat yalpi ichki mahsulotiga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, tadqiqotlar, agar erkaklar ish haqi to‘lanmaydigan mehnatga ko‘proq jalb qilinsa, ularning mehnat bozoridagi mavqei yomonlashmasligini ko‘rsatadi.

ZAIF VA RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA ayollar omon qolish uchun ishlaydilar va vaziyat tekislanganda ular yana uy, oila va shunga muvofiq pul uchun ishlash o‘rniga haq to‘lanmaydigan ish bilan ko‘proq shug‘ullana boshlaydilar. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ayollar moliyaviy mustaqillikka erishishni xohlaganlari uchun ham mehnat bozoriga ko‘proq kirib boradilar.

Erkaklar va ayollar ISH HAQI O‘RTASIDAGI FARQ hech bir mamlakatda butunlay bartaraf qilinmagan. Bu turli omillar bilan izohlanadi: Ta’limdagi, tajribadagi, (erkaklar o‘rtacha hisobda, ayollarga nisbatan uzoqroq mehnat bozorida), ish sohasi va kasb tanlashdagi, egallab turgan lavozimlardagi farq.

TENGSIZLIK, SHUNINGDEK, rahbarlik lavozimlarda ayollar erkaklarga qaraganda kamroq ekanligi — buning ustiga ancha yuqori darajadagi bo‘shliq, umuman olganda, bozorga nisbatan ikki baravar yuqoriligi bilan namoyon bo‘ladi

  Qolaversa, TADBIRKORLIKDA ham nihoyatda katta gender nomutanosiblik mavjud: tadbirkorlarning atigi 20-25 foizi ayollarni tashkil qiladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, buning sabablaridan biri, ayollarning kredit olish imkoniyati kamroqligi: ular erkaklarga qaraganda kamroq pul topishadi va garov sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan aktivlari kamroq — bularning barchasi kreditorlar va investorlarning fikrlariga ta’sir qiladi.

Manba:

https://www.wonderzine.com/wonderzine/opportunities/glass-ceiling/247497-gender-inequality-in-economics

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.