Markaziy Osiyoda keng tarqalgan stereotiplar
«Oshxonada nima bor senga, nima sen ayol kishimisan?», «Qiz bola o‘qib shahar olib berarmidi, yaxshisi turmushga chiqadi!», «Bu ayollarning kasbi emas, unga seni ishga olishmaydi», «Erkak kishi og‘riqqa chidashi kerak!», «Ayol kishi turmushning mushtlariga chidashi kerak», «Ota-bobolarimiz shunday qilishgan, biz ham shu ishni qilamiz», «Ayollardan yaxshi haydovchi chiqmaydi», «Erkaklar ayollardan ko‘ra ko‘proq pul topishlari kerak», «OIV faqat sayoq yuradiganlarda uchraydi», «Ayolning o‘rni oilada», «Qizlar 25 yoshgacha turmushga chiqishlari kerak», «Ayollar tadbirkorlikda erkaklardek muvaffaqiyat qozona olishmaydi», «Eng yaxshi jarrohlar - erkaklar» - bular Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan stereotiplarning ayrimlari. O‘zbekiston zamonaviy jurnalistikasini rivojlantirish maqkazi tomonidan o‘tkazilgan kichik so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda. So‘rovda Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 20 nafar jurnalist ishtirok etgan.
Markaziy Osiyoda ayniqsa gender bilan bog‘liq stereotiplar keng tarqalgan. Ko‘chada XXI asr bo‘lsada, erkaklar va ayollar uchun imkoniyatlarning teng emasligi hamon dolzarb bo‘lib turibdi. Mustaqillik yillarida MO mamlakatlarida gender tengsizligiga barham berish yo‘lida bir qator ilg‘or chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shunga qaramay, ildiz otib ketgan patriarxal qarashlar to‘liq barham topmagan, shu bois MOda gender asosida kamsitish masalasi hali ham kun tartibida turibdi va u hayotning turli ko‘rinishlarida namoyon bo‘lmoqda.
Gender stereotiplarining adolatsiz yuzaga kelishi va shakllanishi aksariyat hollarda xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga hamda bir qator huquqlar, jumladan sog‘liqni saqlash, yetarlicha turmush darajasi bilan ta’minlanish, ta’lim, nikoh va oilaviy munosabatlar, mehnat qilish, fikrlarini erkin bayon etish, ko‘chib yurish erkinligi, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish va siyosiy qarashlarini bayon qilish, gender zo‘ravonligiga nisbatan huquqiy himoya va erkinliklarning samarali vositalaridan foydalanish kabi huquqlarning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
Kamsituvchi stereotiplarni kamaytirishning bir nechta yo‘llari mavjud, bular:
• shaxsga oid – nutq, munosabatlar, tanlov, fe’l-atvor va xatti-harakatlar orqali;
• ijtimoiy – ma’lum bir ijtimoiy sharoitlarni, gender jihatdan neytral adabiyotlarni, filmlarni, qo‘shiqlarni va shu kabilarni, o‘yinchoqlarni, kiyim-kechaklarni, ta’limiy dasturlarni, tarbiya usullarini, iqtisodiy resurslardan teng foydalanish imkoniyatlarini va boshqalarni yaratish orqali;
• davlatga oid – gender tengligi, huquq va imkoniyatlar borasida tasdiqlangan siyosat, me’yoriy-huquqiy baza orqali.
Manbalar: file:///Users/macbook/Downloads/%E2%84%961.1%20Guidelines%20to%20help%20eliminate%20discriminatory%20stereotypes%20against%20rural%20women%20(2).pdf
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan stereotiplar
«Oshxonada nima bor senga, nima sen ayol kishimisan?», «Qiz bola o‘qib shahar olib berarmidi, yaxshisi turmushga chiqadi!», «Bu ayollarning kasbi emas, unga seni ishga olishmaydi», «Erkak kishi og‘riqqa chidashi kerak!», «Ayol kishi turmushning mushtlariga chidashi kerak», «Ota-bobolarimiz shunday qilishgan, biz ham shu ishni qilamiz», «Ayollardan yaxshi haydovchi chiqmaydi», «Erkaklar ayollardan ko‘ra ko‘proq pul topishlari kerak», «OIV faqat sayoq yuradiganlarda uchraydi», «Ayolning o‘rni oilada», «Qizlar 25 yoshgacha turmushga chiqishlari kerak», «Ayollar tadbirkorlikda erkaklardek muvaffaqiyat qozona olishmaydi», «Eng yaxshi jarrohlar - erkaklar» - bular Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan stereotiplarning ayrimlari. O‘zbekiston zamonaviy jurnalistikasini rivojlantirish maqkazi tomonidan o‘tkazilgan kichik so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda. So‘rovda Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 20 nafar jurnalist ishtirok etgan.
MOda ayniqsa gender bilan bog‘liq stereotiplar keng tarqalgan. Ko‘chada XXI asr bo‘lsada, erkaklar va ayollar uchun imkoniyatlarning teng emasligi hamon dolzarb bo‘lib turibdi. Mustaqillik yillarida MO mamlakatlarida gender tengsizligiga barham berish yo‘lida bir qator ilg‘or chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shunga qaramay, ildiz otib ketgan patriarxal qarashlar to‘liq barham topmagan, shu bois MOda gender asosida kamsitish masalasi hali ham kun tartibida turibdi va u hayotning turli ko‘rinishlarida namoyon bo‘lmoqda.