Xotin-qizlar prezident va uchuvchi bo‘lishmoqda, koinotga uchishayapti, erkaklar futbol jamoalariga murabbiylik, simfonik orkestrlarda dirijyorlik qilishmoqda va odatda erkaklarga xos deb hisoblangan boshqa ko‘plab kasblarda muvaffaqiyatlarga erishishmoqda. Ammo gender stereotiplari hali ham ommaviy axborot vositalarida, filmlarda, reklamada va albatta odamlarning kundalik turmushida tez-tez uchrab turibdi.
Odamlarni ajratadigan stereotiplar shunisi bilan xavfliki, ular erkaklar va ayollarning o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbiy malaka va tajribasini oshirib borish, hayotda rejalar tuzgan holda ularni amalga oshirishga intilish imkoniyatlarini va bunga intilishlarini cheklaydi.
Gender stereotiplarining adolatsiz yuzaga kelishi va shakllanishi aksariyat hollarda xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga hamda bir qator huquqlar, jumladan sog‘liqni saqlash, yetarlicha turmush darajasi bilan ta’minlanish, ta’lim, nikoh va oilaviy munosabatlar, mehnat qilish, fikrlarini erkin bayon etish, ko‘chib yurish erkinligi, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish va siyosiy qarashlarini bayon qilish, gender zo‘ravonligiga nisbatan huquqiy himoya va erkinliklarning samarali vositalaridan foydalanish kabi huquqlarning buzilishiga olib kelmoqda.
Stereotiplarga qarshi kurashish uchun odamlarda kichik yoshidan boshlab tenglikni to‘g‘ri tushunish va qabul qilishni shakllantirish muhimdir. Bunday ta’lim insonga butun hayoti davomida hamroh bo‘lishi kerak. Ta’lim bilan birga, ijobiy misollarni ham ishga solish zarur. Bu jarayonda OAVning o‘rni va roli juda muhim. Stereotiplarni ommalshtirishga xizmat qiladigan kontent tarqalishining oldini olish uchun jurnalistikaning axloq meyorlariga qat’iy amal qilish kerak.
Ta’lim – OAVda gender stereotiplariga qarshi kurashning eng samarali usullaridan biri. Shu bois yangiliklar mediasi tahririyatlarini o‘zlarining noto‘g‘ri qarashlaridan ongli ravishda voz kechishga o‘rgatish juda muhim.
OAVda sender stereotiplarining kamayishi nafaqat jurnalistlarning yaxshiroq ishlashiga xizmat qiladi, balki butun jamiyat hayotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Manba: https://news.un.org/ru/audio/2016/03/1032891