Loyiha haqidagi axborot
“BRYCA” LOYIHASI TO‘G‘RISIDA AXBOROT
Platforma Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida «Markaziy Osiyo yoshlarini tanqidiy fikrlashini oshirish uchun Media va axborot savodxonligi» (BRYCA loyihasi) ishlab chiqilgan. Loyiha NPO IREX Europe nohukumat tashkilotlari guruhi (Fransiya), OVA ni qo‘llab-quvvatlash Markazi (Qirg‘iziston), MediaNet xalqaro jurnalistika Markazi (Qozog‘iston), Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish Markazi (O‘zbekiston), va “Gurdofarid” Jamoat tashkiloti (Tojikiston) tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish vaqti 2020 yanvari –2022 dekabri.
BRYCA loyihasining maqsadi – Markaziy Osiyo yoshlarining tanqidiy fikrlashini ilgari surish va dezinformatsiyaga hamda misinformatsiyaga, shuningdek onlayn adovat tiliga qarshi tura olishini mustahkamlashdir. Loyiha ikkita komponentni o‘z ichiga oladi:
✔ QLEVER o‘yin platformasiini ishlab chiqish.
QLEVER o‘yin platformasi – bu Android operatsion tizimiga asoslangan va raqamli tashuvchilar uchun ochiq bo‘lgan ta’limiy-ko‘ngilochish onlayn portali hisoblanadi, shu jumladan www.qlever.asia veb-saytiga Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edge, Safari, Opera brauzerlari yordamida kirish mumkin bo‘ladi. Bizning o‘yinli eksperimentdan maqsad - Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlariga feykli axborotni va adovat tilini aniqlash bo‘yicha muhim ko‘nikmalar va usullarni, hamda ularga nisbatan o‘zlarining turg‘unligini va xavfsizligini mustahkamlash hisoblanadi.
O‘yin platformasining kontenti har bir loyiha mamlakatida o‘tkazilgan monitoring natijalariga asoslanadi. Ushbu monitoring turli shakllarga ega bo‘la oladigan nafrat uyg‘otuvchi gaplap, falsifikatsiyalar,manipulyatsiyalar,ob’ektivatsiyalarga dolzarb misollarni aniqlaydi: faktlar/tasvirlar/video/ma’lumotlarni noto‘g‘ri qo‘llash dannыx, yolg‘on tasdiqlar, yolg‘on sitatalar. O‘yinlarni ishlab chiqish jarayonida bunday misollar va monitoring natijalarini qo‘llash istisno tariqasida ta’limiy-ma’rifiy maqsadlarda amalga oshiriladi va ularni o‘sha yerdagi mamlakatning qonunchiligiga zid keladigan boshqa maqsadlarda qo‘llashni ko‘zda tutmaydi.
✔ Adovat tili, dezinformatsiyaga qarshi turish va tanqidiy fikrlashni ilgari surish maqsadida mediaaxborotli savodxonlik bo‘yicha Ta’lim materiallariga kirish imkoniyatini kengaytirish.
Ushbu komponent doirasidagi faoliyat IREX Europe, OAV ni qo‘llab-quvvatlash Markazi va MediaNet ning Media Sabak o‘yin platformasini (https://mediasabak.org/ru/) ishlab chiqish borasidagi avvalgi muvaffaqiyatli tajribasiga , shuningdek mediasavodxonlik (MIG) bo‘yicha bir nechta qo‘llanmalarga asoslanib tashkil etiladi. Xususan, ushbu loyiha doirasida MIG bo‘yicha mavjud bo‘lgan qo‘llanmalarni uyg‘unlashtirish va zaif yoshlarga mo‘ljallangan fokusli qo‘llanmalarni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bundan tashqari biz Media Sabak platformasini yangi materiallaro bilan boyitamiz, va ular 5 tilda ochiq bo‘ladi (rus, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va tojik). Platforma talabalar, o‘qituvchilar, kutubxonachilar, ta’lim sohasining keng doiradagi xodimlari va boshqa manfaatdor shaxslar uchun yo‘naltirilgan.
Loyiha to‘g‘risida yanada batafsil BRYCA ning feysbukdagi rasmiy sahifasi @BRYCACentralAsia dan bilib olish mumkin.
Qo‘shimcha axborot olish uchun quyidagi kontaklar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin:
IREX Europe:
Flora Graioni, Deputy Director
Email: fgraioni@irexeurope.eu
Maira Zeinilova, Project Manager
Email: mzeinilova@irexeurope.eu
Qozog‘iston
Alena Koshkina, Mediasavodxonlik dasturi rahbari
MediaNet xalqaro jurnalistika Markazi
Email: info@medianet.kz
Telefon: +7 727 292 20 46
Qirg‘iziston:
Qunduz Jekshen qizi QLEVER o‘yin platformasining koordinatori
"Chyrak Global" MChJ
Email: chyrakglobal@gmail.com
Telefon: +(996) 707 11 22 55
Tojikiston:
Farxod Madjidov, QLEVER o‘yin platformasining koordinatori
NPO «Gurdofarid»
Email: qlever.tj@gmail.com
Telefon: +(992) 925 55-84-84
O‘zbekiston:
Emil Faxreyev, QLEVER o‘yin platformasining koordinatori
O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi
Email: uzb.qlever.game@gmail.com
Telefon: +998 (99) 780-04-45 (Telegram)