Foydalanuvchi shartnomasi
Foydalanuvchi shartnomasi
Ushbu Foydalanuvchi Shartnomasi (bundan buyon matnda Shartnoma deb yuritiladi) «Qlever» o’quv- ko’ngil ochish platformasi (bundan buyon matnda "Platforma ma’muriyati") egalarining ushbu resursda ma’lumot joylashtirgan yoki undan foydalangan shaxslar (bundan buyon "Foydalanuvchi") bilan quyida keltirilgan shartlar borasida shartnoma tuzish taklifini anglatadi.
Platformadan foydalanish shartlari ushbu Shartnomaga qo’shimcha hisoblanadi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu shartnomaning barcha bo’limlarida va hujjatlarda, undan kelib chiqadigan yoki u bilan bog’liq bo’lgan Тaraflarning munosabatlarida quyidagi atamalar va ta’riflar qo’llaniladi:
Ma’mur - “Qlever” Platformasi nomidan harakat qiladigan, shaxsiy ma’lumotlarni tashkil etadigan va (yoki) ularga qayta ishlov beradigan, shuningdek foydalanuvchilarning verifikatsiyasini amalga oshiradigan, yangiliklar, o’yinlar, so’rovnomalar va testlar bo’limlarini boshqaradigan, forum moderatori bo’lgan va rag’batlantirishlarni qo’shadigan/chiqarib tashlaydigan, foydalanuvchilarga Platformadan foydalanishga yordam beradigan va ularni qo’llab-quvvatlaydigan saytni boshqaruvchi vakolatli xodim.
Kontent – tasvirlar, matnli, audio- va videomateriallar, shuningdek mualliflik va (yoki) shunga o’xshash huquqlarning boshqa ob’ektlari , shuningdek ixtiyoriy xarakterdagi yuqoridagi shartlarga javob bermaydigan axborot va xabarlar.
Shaxsiy ma’lumotlarning konfidensialligi - ma’mur yoki shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo’lgan boshqa shaxslarning shaxsiy ma’lumotlar sub’ektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asoslarsiz shu ma’lumotlarni tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik borasidagi majburiy talab.
Mobil ilova– Foydalanuvchiga Internet tarmog’i yordamida Servisga kirish imkonini beradigan va mobil telefonga o’rnatilib, unda foydalanish uchun mo’ljallangan dastur.
Shaxsiy ma’lumotlar - Ro’yxatdan o’tish paytida (foydalanuvchi profilini yaratishda) yoki Saytdan foydalanish jarayonida foydalanuvchi o’zi haqida taqdim etadigan har qanday ma’lumot, shu jumladan foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, foydalanuvchining qurilmasida o’rnatilgan dasturiy ta’minot yordamida Platformadan foydalanish paytida avtomatik ravishda Platforma ma’muriyatiga uzatiladigan ma’lumotlar, shu jumladan IP-manzil, cookie ma’lumotlari, shuningdek foydalanuvchi haqidagi boshqa ma’lumotlar.
Foydalanuvchi – o’z manfaatlari yo’lida ushbu Shartnomaga qo’shilgan yoki u vakili bo’lgan boshqa jismoniy shaxs nomidan va uning manfaatlari yo’lida harakat qiladigan jismoniy shaxs.
Rag’batlantirishlar - Platforma ma’muriyati tomonidan ajratiladigan, foydalanuvchilar tomonidan o’yinlarni va testlarni muvaffaqiyatli yakunlaganlik uchun sotib olinishi mumkin bo’lgan moddiy ne’matlar bo’lib, ular Foydalanuvchilarning faolligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatish va Servisdan foydalanishga jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda ushbu moddiy ne’matlar BRYCA loyihasining grant mablag’lari hisobiga taqdim etiladi.
Servis — Foydalanuvchi tomonidan ssenariy tomonidan ko’zda tutilgan muayyan natijaga erishish uchun xizmat qiladigan, ketma-ket faollashtiriladigan va ma’lumotlar, buyruqlar va ular yuzaga keltiradigan audiovizual tasvirlar, rag’batlantirishlardan iborat bo’lgan Platformaning asosiy funksiyalari.
Shartnoma – barcha qo’shimchalari, o’zgartirishlar va unda ko’rsatilgan majburiy hujjatlar bilan qo’shib qaralidagan ushbu hujjat, shuningdek uning asosida tuziladigan qo’shimcha shartnomalar.
Qurilma –shaxsiy kompyuter, planshet, mobil telefon, kommunikator, smartfon, Platformadan uning funksional mo’ljallanishiga muvofiq foydalanishga imkon beradigan boshqa qurilma.
Web-versiya –Internet tarmog’ida tarmoq manzillari bo’yicha www.qlever.asia domenida joylashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi
1.2. Ushbu Shartnomada 1.1. punktida ko’rsatib o’tilmagan va Foydaluvchi Shartnomasidan kelib chiqadigan ma’noga muvofiq talqin etiladigan boshqa atamalar va ta’riflar qo’llanilishi mumkin. Platformada qo’laniladigan atamalar, so’z birikmalari va ta’riflar borasida nizolar yuzaga kelgan taqdirda, Sayt Ma’muriyati tomonidan belgilab beriladigan talqin qo’llaniladi. Shartnoma matnida va Shartnomada ko’rsatilgan shartlar asosida shartnomani tashkil etadigan boshqa hujjatlardagi atamaning yokt ta’rifning bir ma’noli talqini mavjud bo’lmagan taqdirda, uning milliy qonunchilikka muvofiq talqiniga va keyinchalik – xalqaro huquq me’yorlariga, ishbilarmonlik muhiti an’analariga va ilmiy doktrinaga rioya qilish lozim bo’ladi.
2. Shartnoma predmeti
2.1. Ushbu Foydalanuvchi Shartnomasi Foydalanuvchi tanish bo’lgan va Platformada ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab to’liq hajmda qabul qilgan “Qlever” Platformasidan foydalanish shartlarini va konfidensiallik siyosatini belgilab beradi. Foydalanuvchi bu shartlar va konfidensiallik siyosatiga rioya qilishni o’z zimmasiga oladi, aks holda u Platformadan foydalanishni to’xtatadi.
2.2. Platformaga kirish, Saytdan foydalanish va/yoki Foydalanuvchi tomonidan Platformada boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirish, Foydalanuvchi ushbu Shartnomaning barcha shartlarini qabul qilganligini va ularga rioya qilishni o’z zimmasiga olganligini anglatadi. Faqatgina Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnomani qabul qilganligi qo’shimcha tarzda tasdiqlanganidan keyingina Foydalanuvchini Platformada ro’yxatdan o’tkazish mumkin.
2.3. Хizmatning taqdim etilishi ushbu Shartnoma qoidalariga, shuningdek uning asosida qabul qilingan, Platformadagi tegishli sahifalarda e’lon qilinadigan va ma’lum bir xizmatdan foydalanish xususiyatlarini tartibga soluvchi qo’shimcha majburiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi.
2.4. «Qlever» Platformasining alohida bo’limlari va forumlari Foydalanuvchining ulardagi harakatlariga qo’yiladigan talablarni aniqlashtiradigan o’zining qo’shimcha qoidalari bilan to’ldirilishi mumkin.
3. Avtorizatsiya va ro’yxatdan o’tish
3.1. Platformada ro’yxatdan o’tish bepul hisoblanadi va uning funksionali bepul taqdim etiladi. Platformaning imkoniyatlari va funksiyalaridan foydalanish uchun Foydalanuvchi Saytda mustaqil ravishda ro’yxatdan o’tadi. Platforma Ma’muriyati ro’yxatdan o’tish va verifikatsiya qiish paytida Foydalanuvchi tomonidan ko’rsatilgan ma’lumotlarning to’g’riligi va buning natijasida Foydalanuvchi o’zi to’g’risida noto’g’ri ma’lumotlar yuborganligi sababli Хizmatdan foydalanishning iloji yo’qligi uchun javobgar bo’lmaydi. Platformada ro’yxatdan o’tish Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlari to’g’risidagi so’rovni o’z ichiga oladi: telefon raqami, yashash joyi, yoshi, jinsi.
3.2. Platformada ro’yxatdan o’tish orqali Foydalanuvchi o’zining 18 yoshga to’lgan va voyaga yetgan layoqatli shaxs ekanligiga kafolat beradi. Foydalanuvchi saytda ro’yxatdan o’tadi va o’z javobgarligi ostida hisobga olish yozuvini (uchyotnaya zapis) yaratadi. Foydalanuvchi «Qlever» Platformasi doirasidagi har qanday harakatlari uchun amaldagi milliy qonunchilikka binoan to’liq javobgar bo’lishini tushunadi. Ro’yxatdan o’tish paytida Foydalanuvchi onlayn xizmatlardan foydalanish borasidagi qonuniy cheklovlar unga aloqasi yo’qligini kafolatlaydi. Ushbu punktda ko’rsatilgan talablarga muvofiqlik bo’yicha Platforma Ma’muriyatida shubha tug’ilsa, Platforma Ma’muriyati hech qanday sababini ko’rsatmagan holda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvini o’chirish huquqini o’zida saqlab qoladi.
3.3. Ro’yxatdan o’tish ko’rsatilgan telefon raqamiga sms orqali yuborilgan maxfiy kod tasdiqlangandan so’ng amalga oshiriladi. Maxfiy kod tasdiqlangandan so’ng, Foydalanuvchi tizimga kirishi mumkin. Ro’yxatdan o’tgan paytdan boshlab Foydalanuvchi ushbu Shartnoma shartlari bilan tanish va uni qabul qilgan deb hisoblanadi. Platformaga kirish uchun hisobga olish yozuvini yaratib, Foydalanuvchi Foydalanuvchi shartnomasini tuzish va uni ijro etish uchun zarur bo’lgan barcha huquq va vakolatlarga ega ekanligiga kafolat beradi.
3.4. Ro’yxatdan o’tgan Foydalanuvchi Servisdan to’la-to’kis foydalanishi va uning barcha bo’limlariga kirishi mumkin. Avtorizatsiya qilinmagan Foydalanuvchi avtorizatsiya qilingan Foydanuvchi ega bo’lgan imkoniyatlarsiz Platformaning matnli sahifalarini ko’rib chiqishi mumkin.
3.5. Saytda ro’yxatdan o’tishda, Foydalanuvchi saytdan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan yangiliklar va reklama materiallarini Platforma doirasida olishga rozi bo’ladi. Agar Foydalanuvchi tarqatmani (rassыlkani) bekor qilish niyatida bo’lsa, u Sayt Ma’muriyatiga yangiliklar va reklama materiallarini olishdan bosh tortishi to’g’risida xat yuborishi mumkin. Foydalanuvchi Platformadan xizmat xabarlarini olishdan bosh torta olmaydi.
3.6. Foydalanuvchi nomini (psevdonim/nickname) tanlash bu Foydalanuvchining mutlaq huquqidir. Ma’muriyat, agar Foydalanuvchinng nomida taniqli dunyo kompaniyalarining logotiplari, savdo markalari va brendlarini takrorlasa, shuningdek, umume’tirof etilgan odob-axloq me’yorlarini buzsa yoki Platformaning boshqa Foydalanuvchilariga tajovuz qiladigan bo’lsa, bu nomdan (psevdonim/nickname) foydalanishni to’xtatish uchun choralar ko’rish huquqini o’zida saqlab qoladi. «Qlever»ning boshqa Foydalanuvchilarini chalg’itishi mumkin bo’lgan darajada mavjud bo’lgan Foydalanuvchilar nomlarini ro’yxatdan o’tkazish taqiqlanadi.
3.7. Saytda avtorizatsiya qilish uchun Foydalanuvchi logini va/yoki Foydalanuvchi paroli talab qilinadi. Ularning yordami bilan Platformaning faqat bo’limlarida ro’yxatdan o’tgan Foydalanuvchilar foydalanishi mumkin bo’lgan va faqat ushbu Foydalanuvchi uchun mo’ljallangan shaxsiy sahifalarga kirish ta’minlanadi. Foydalanuvchi o’z login va parolini oshkor qilmaslik, uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek, uning login va parolini uchinchi shaxslar bilib qolmasligi uchun barcha zarur choralarni ko’rish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
3.8. Agar Platforma foydalanuvchisidan boshqa shaxs Foydalanuvchining login va parolidan foydalanib avtorizatsiyadan o’tgan bo’lsa, u holda bunday shaxs tomonidan qilingan barcha harakatlar ushbu Foydalanuvchi tomonidan qilingan deb hisoblanadi. Foydalanuvchi platformada o’zi tomonidan qilingan barcha harakatlar uchun, shuningdek Foydalanuvchi login va parolidan foydalangan holda boshqa shaxslar tomonidan qilingan barcha harakatlar uchun javobgardir.
3.9. Foydalanuvchi o’z parolining xavfsizligi uchun, shuningdek undan ruxsatsiz va/yoki boshqa yo’l bilan foydalanish natijasida yuzaga keladigan barcha oqibatlar uchun javobgardir. Foydalanuvchi o’zining logini va paroli yordamida Saytda boshqa shaxs ruxsatsiz avtorizatsiya qilganligi va/yoki login va parolining maxfiyligi buzilishi (buzilishga shubha) natijasida yuzaga kelgan har qanday buzilish holatlari to’g’risida zudlik bilan Platforma Ma’muriyatiga xabardor qilishi shart.
3.10. Platforma Ma’muriyati Foydalanvchi tomonidan ushbu Shartnomanng ushbu bo’limdagi qoidalarning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan Axborotning yo’qolishi yoki buzib ko’rsatilishi uchun javobgar bo’lmaydi.
4. Platformaning faoliyat ko’rsatishi va undan foydalanish
4.1. «Qlever» o’quv-ko’ngilochar platformasi tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, ko’ngilochar va ta’lim elementlari mavjud bo’lgan mobil o’yinlar orqali foydalanuvchilarni media savodxonlik asoslari bilan tanishtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu Platforma veb-versiyada va Android dasturiga ta’minoti bazasida ishlaydigan mobil qurilmalarda faoliyat ko’rsatadi. O’rnatilgan texnik talablarga muvofiq, Platformadan faqat interfaol (onlayn) rejimda foydalanish mumkin, bunda Foydalanuvchi Internetga ulangan bo’lishi zarur. Foydalanuvchi Internetga ulanishni qo’llab-quvvatlab turishi shart, Internetga kirishni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni o’z zimmasiga oladi.
4.2. Platforma Ma’muriyati kontentni, shu jumladan o’yinlarni tegishli bo’limlarga joylashtiradi va ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarga kirish imkoniyatini ochadi. Platformada joylashtirilgan o’yinlar xavflarga asoslangan emas va ularni ishlatishda o’yinchilar uchun mumkin bo’lgan moliyaviy yoki moddiy xavflarni istisno qiladi. O’yinlarning natijasi o’yinchining mahoratiga va qobiliyatiga bog’liq va tasodifiy yo’l bilan aniqlanmaydi. Platforma xizmatidan yoki uning tarkibiy qismlaridan, shu jumladan o’yinlardan foydalanish Foydalanuvchilardan to’lov, pul yoki boshqa moddiy kiritmalarni talab qilmaydi.
4.3. Ushbu platformada namoyish etiladigan O’yinlar Platformaning axborot bo’limi bilan bog’lanishi mumkin. Yangiliklar bo’limlari, platformada joylashtirilgan lug’atlar va boshqa materiallar bilan tanishish o’yinlarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga hissa qo’shishi mumkin. O’yin munosabati bilan intellektual va boshqa mulkka bo’lgan barcha huquqlar, shu jumladan har qanday grafik tasvirlar, fotosuratlar, animatsiya, video yozuvlar, ovoz yozuvlari, musiqa, matnlar, o’yin bilan birga keladigan materiallar va ularning har qanday qismlari yoki nusxalari Ma’muriyatga yoki tegishli huquq egalariga tegishlidir. Ma’muriyat O’yindan foydalanish paytida taqdim etilgan O’yinchi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni sir saqlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi, amaldagi milliy qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4.4. Foydalanuvchi O’yin mantig’i bilan ko’zda tutilgan har qanday harakatlarni amalga oshirish, o’yin ob’ektlarini boshqarish, texnik ob’ektlardan foydalanish, boshqa foydalanuvchilar bilan o’yin elementlari va boyliklarini almashish huquqiga ega. Foydalanuvchi O’yinning dasturiy kodiga aralashmaslik, Ma’muriyatning tegishli ruxsatisiz, o’yin foydalanuvchilarining ma’lumotlar bazasiga yoki Internetda ochiq holda bo’lmagan boshqa materiallarga kirmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Foydalanuvchi O’yin yoki uning qismlariga asoslangan holda hosilaviy mahsulotlarni yaratishga haqli emas, huquq egasining ruxsati bilan kontentni o’zgartirishdan tashqari.
4.5. Foydalanuvchi O’yinda ko’zda tutilmagan imkoniyatlarni qo’lga kiritish uchun O’yinning xato va kamchiliklaridan foydalanish huquqiga ega emas va ular haqida Ma’muriyatni zudlik bilan xabardor qilishi shart. Aks holda, O’yinchi ushbu Shartnomada ko’zda tutilgan huquqlardan mahrum qilinadi. Foydalanuvchi O’yinni ishlatish va o’yin jarayoni bilan bog’liq shikoyat va takliflarni foydalanuvchilarning maxsus kontingentiga - o’yin forumiga yoki elektron pochta orqali ko’rsatilgan manzillarga yuborish huquqiga ega.
4.6. Platforma Servisi ushbu Shartnomaga qo’shimcha bo’lgan "Platformaning shartlari va qoidalari" nomli hujjatga muvofiq Platforma Ma’muriyati tomonidan belgilangan moddiy ne’matlar ko’rinishidagi rag’batlanishlarni sotib olish imkoniyatini beradi. Rag’batlanishlar faqat Foydalanuvchi o’yinlar va testlarda yaxshi natija ko’rsatganidan keyingina olinadi. Rag’batlanishlarni sotib olish Platformadan foydalanishning zaruriy sharti hisoblanmaydi va Foydalanuvchining iltimosiga binoan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi o’yin imkoniyatlari doirasida va Platforma Ma’muriyati tomonidan belgilangan doirada Servis imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega.
4.7. Rag’batlantirishlardan foydalanish huquqi QR-kod taqdim etilgan va Foydalanuvchining hisobga olish yozuvida (akkauntda) ko’rsatilgan paytdan boshlab berilgan hisoblanadi. Rag’batlantirishlarni olish uchun so’rov yuborganda, Foydalanuvchi yetkazib berishning tegishli usullari ko’rsatmalariga, shuningdek rag’batlantirish olish uchun amalda o’rnatilgan talablarga rioya qilishi kerak. Foydalanuvchi Platformada ro’yxatdan o’tishda aniq shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek rag’batlantirish olish majburiyatini oladi. Foydalanuvchi rag’batlantirish olayotganda noto’g’ri ma’lumotlarning ko’rsatilishi bilan bog’liq bo’lgan salbiy oqibatlarning barcha xavflarini mustaqil ravishda o’z zimmasiga oladi. Qabul qilinishi soliq majburiyatlari bilan bog’liq bo’lgan rag’batlantirishlarni sotib olish holatida tegishli soliqni to’lash uchun Foydalanuvchi Platforma ma’muriyati yoki uning vakillariga rag’batlantirishlarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini taqdim etadi. Rag’batlantirishni topshirish faqat ko’rsatmalar vijdonan bajarilgan va rag’batlantirishni olish qoidalariga rioya qilingan taqdirdagina amalga oshiriladi. Foydalanuvchiga rag’batlantirish taqdim etilganidan so’ng, Platforma ma’muriyati sotib olingan aksiyadan keyin foydalanish/ishlatmaslik uchun javobgar bo’lmaydi.
4.8. Foydalanuvchi ushbu bilan uchinchi shaxslarning huquqlarini va amaldagi qonunlarni buzmasdan o’zi tanlagan rag’batlantirishlarni olish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Foydalanuvchi Platforma Ma’muriyatiga, boshqa foydalanuvchilarga va boshqa uchinchi shaxslarga foydalanuvchining noqonuniy xatti-harakatlari, shu jumladan unga ishonib bo’lmaydigan yoki unga tegishli bo’lmagan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog’liq holda yetkazgan barcha zararlarni kompensatsiya qilishga majburdir.
5. Тaraflarning javobgarligi
5.1. Platforma Ma’muriyati Platformaning kunu tun ishlashini ta’minlashga harakat qiladi, ammo agar biron bir sababga ko’ra Platformaning ishlashida biron bir uzilishlar bo’lsa, Platforma Ma’muriyati bunga javobgar bo’lmaydi.
5.2. Platforma ma’muriyati Platformada joylashtirilgan ma’lumot istalgan vaqtda mavjud bo’lishiga yoki o’chirib tashlanmasligi yoki yo’qolishiga kafolat bermaydi. Platforma ma’muriyati Platformaning ishidagi uzilishlar va ushlanib qolishlar uchun, shuningdek bunday uzilishlar va ushlanib qolishlarning mumkin bo’lgan oqibatlari uchun javobgar bo’lmaydi.
5.3. Platforma ma’muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga noqonuniy yoki tasodifiy kirish, ularni yo’q qilish, o’zgartirish, blokirovka qilish, ruxsatsiz tarqatishdan va shuningdek, uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun zarur va yetarli tashkiliy va texnik choralarni ko’radi. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari faqat Platformaning manfaatlari va maqsadlari uchun ishlatiladi va tijorat maqsadlarida foydalanilmaydi. Hech qanday holatda ham Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari Platforma ma’muriyatidan tashqarida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
5.4. Platforma ma’muriyati Platformaga xizmat ko’rsatish faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan o’ziga ma’lum bo’lgan va shaxsiy ma’lumotlarni tashkil etadigan axborotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, shuningdek yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotni tajovuzlardan va uchinchi shaxslar tomonidan oshkor qilinishiga urinishdan himoya qiladi. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari to’g’risidagi axborotlarni tashkil etadigan va Platforma ma’muriyati tomonidan moddiy va nomoddiy shakllarda olingan barcha ma’lumotlar loyiha konsorsiumidan tashqariga uzatmaslik huquqi bilan BRYCA loyihasining mulki hisoblanadi.
5.5. Foydalanuvchi Sayt ma’muriyati Platforma Servisidan foydalanish maqsadida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini to’plash, saqlash va qayta ishlash bo’yicha boshqa harakatlarni amalga oshirishiga, Platforma xizmatidan foydalanish, foydalanuvchi bilan bog’lanish, shu jumladan Platformadan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan bildirgilar, so’rovlar va ma’lumotlarni yuborish, shuningdek Foydalanuvchidan kelib tushadigan so’rovlar va arizalarni qayta ko’rib chiqish, Platformaning Kontentini yaxshilash, anonim ma’lumotlarga asoslangan statistik va boshqa tadqiqotlarni o’tkazish, Platforma foydalanuvchilari hisobini yuritish uchun foydalanishiga rozi bo’ladi.
5.6. Platforma ma’muriyati Foydalanuvchi tomonidan yoki Platformadan foydalanish natijasida yoki Platformaning ishlashi bilan bog’liq ravishda, shuningdek, ushbu Shartnomada ko’zda tutilgan boshqa holatlarda, Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar, shu jumladan qo’ldan boy berilgan foyda, ma’naviy va boshqa zararlar uchun javobgar bo’lmaydi.
5.7. Foydalanuvchi Platformada joylashtirilgan va/yoki u tomonidan boshqa Foydalanuvchilarga yoki Platforma orqali uchinchi tomonga yetkazilgan ma’lumotlar, shu jumladan uning mazmuni, joylashtirilgan va/yoki Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan ma’lumotlarga nisbatan uchinchi shaxslarning buzilgan huquqlari uchun javobgardir. Foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilar, uchinchi shaxslar yoki Platforma ma’muriyati tomonidan bunday buzilishlar va/yoki Platformada bunday ma’lumotlarni joylashtirish va/yoki Platforma orqali xabarlarni joylashtirish, shuningdek Platformadan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa harakatlar natijasida yetkazilgan zararlarni (shu jumladan qo’ldan boy berilgan foyda, ma’naviy va boshqa zarar) mustaqil ravishda qoplaydi.
5.8. Foydalanuvchi Platformadan foydalanish jarayonida quyidagilar aks Axborotlarni joylashtirmaslik va Platforma ma’lumotlaridan foydalangan holda/ular vositasida kimgadir yoki qayergadir yubormaslik majburiyatini oladi:
- uchunchi shaxslarning sha’ni va/yoki qadr-qimmatini kamsituvchi, g‘iybat, haqorat, tahdid mazmunidagi;
- uchinchi shaxslarning huquq va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzuvchi;
- fuqarolarning shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqini va ommaviy tartibni buzuvchi;
- odamlarni irqi, millati, jinsi, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, jimsiy moyilligi yoki boshqa belgilariga qarab kamsitishni targ‘ib qiluvchi;
- konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishga xizmat qiluvchi va/yoki chaqiruvchi;
- urushni, diniy, irqiy yoki millatlararo nizo keltirib chiqaruvchi, adovat keltirib chiqarishga urinish yoki zo‘ravonlikka chaqiruvchi, ozchilik vakillarining huquqlarini poymol etuvchi mazmunga ega;
- pornografik materiallar yoki axloqqa zid materiallar bo‘lgan;
- ekstremistik materiallar bo‘lgan;
- fuqarolarning diniy tuyg‘ularini kamsituvchi;
- “burutma” tusidagi, ya’ni kimningdir manfaatidan kelib chiqib yaratilgan va Platformani yaratish maqsadlariga mos kelmaydigan axborotni;
5.9. Platformadan foydalanishda Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
- Platforma orqali har qanday kompyuter yoki telekommunikatsiya uskunalarining ish faoliyatini izdan chiqarish, modifikatsiya qilish, bloklash, yo‘q qilishga mo‘ljallangan kompyuter viruslari yoki boshqa kompyuter kodlari, fayllari yohud dasturlarini yoki ularga ruxsatsiz kirish va foydalanish imkonini beruvchi dasturlarni, shuningdek tijorat dasturiy mahsulotlarining seriya raqamlarini va ularni yaratish uchun dasturlarni, Saytga hamda Internet tarmog‘idagi pullik manbalarga ruxsatsiz kirish imkonini beradigan loginlar, parollar va boshqa vositalarni Platformada va/yoki Platforma orqali tarqatmaslik;
- Axborotlar va ma’lumotlar Bazalarini “ko‘chirib olish” (to‘plash), noqonuniy uzatish, nusxa ko‘chirish, bloklash, modifikatsiya qilish, yo‘qotishga xizmat qiladigan, shuningdek Platforma Ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam beradigan biror bir turdagi kompyuter dasturlarini, robotlarni (“o‘rgimchaklar”ni) yoki boshqa avtomatik algoritm va usullarni tarqatmaslik va/yoki ulardan foydalanmaslik;
- Oʻyin natijalarini oʻzgartirish yoki unga ta’sir qilish imkoniyatini beradigan axborotni(masalan, oʻyindagi vazifalarning toʻgʻri javoblarini) boshqa foydalanuvchilarga bermaslik;
- Platformada ragʻbatlantirish olish uchun zarur boʻlgan yulduzchalarni (ballarni) sun’iy ravishda toʻplash va boshqaga berishda ishtirok etmaslik, jumladan: Platformada bir foydalanuvchi nomiga bittadan ortiq akkaunt ochmaslik, yulduzchalarni bir akkauntdan boshqasiga bermaslik, platformadagi promokodlar yoki yulduzchalarning boshqa ekvivalentlarini boshqa foydalanuvchiga bermaslik, bir yoki bir nechta akkauntda yulduzchalar toʻplash yohud Platforma ma’muriyati tomonidan oʻrnatilgan cheklovlarni chetlab oʻtishga yordam beradigan boshqa manipulyatsiyalarni amalga oshirish maqsadida boshqa foydalanuvchilar bilan til biriktirmaslik:
- Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik bilan (shu jumladan, biror bir patent, savdo va mahsulot belgisi, mualliflik va/yoki u bilan turdosh huquqlarga oid boshqa hujjatlar) himoya qilinadigan Axborotni va qonunchilik bilan himoya qilinadigan boshqa Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmasdan va ana shu Axborotning qonuniy egasidan ruxsat olmasdan Platformada joylashtirmaslik yoki boshqacha shaklda foydalanmaslik. Nizoli vaziyat yuzaga kelganda, Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan Axborot kimningdir huquqlarini buzmayotganini isbotlash majburiyati ana shu Foydalanuvchining zimmasiga bo‘ladi;
- Platforma Ma’muriyatidan oldindan rozilik va ruxsat olmasdan Platformada reklama joylashtirmaslik va tarqatmaslik;
- Boshqa Foydalanuvchilarning Shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, tarqatish bilan bog‘liq va boshqa harakatlarni amalga oshirmaslik;
- Platformada mazmuni qonunchilik talablariga va/yoki mazkur Bitimga zid bo‘lgan Internet-resurslarga havolalarni joylashtirmaslik;
- Platformada ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi haqida yolg‘on Shaxsiy ma’lumotlarni kiritmaslik, Platformada amalda mavjub yoki mavjud bo‘lgan odamning nomidan ro‘yxatdan o‘tmaslik va boshqa harakatlarni amalga oshirmaslik, uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatmaslik, uchinchi shaxslarning nomidan noqonuniy vakillik qilishning istalgan shakl va usulidan foydalanmaslik;
- Platforma vositasida boshqa Foydalanuvchilar va/yoki uchinchi shaxslardan, sababidan qat’iy nazar, pul ta’ma qilish va olishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik;
- Platforma vositasida giyohvand va psixotrop moddalar iste’mol qilishni targ‘ib qilmaslik va shunga undamaslik, fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb etmaslik;
- Saytdan foydalanib milliy qonunchilik talablariga va/yoki mazkur Bitimga zid keladigan boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishga yordam bermaslik va/yoki ana shunday harakatlarni amalga oshirmaslik.
5.10. Platforma ma’muriyati Foydalanuvchiga faqat Platformada ma’lumot joylashtirish va Platformaning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Platforma ma’muriyati Foydalanuvchilar tomonidan Platformada joylashtirilgan ma’lumotlarning aniqligi va qonuniyligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Platforma ma’muriyati, o’z xohishiga ko’ra, Foydalanuvchi platformada joylashtirgan har qanday ma’lumotni joylashtirish, o’chirish va/yoki tahrirlashdan bosh tortishi mumkin. Foydalanuvchi ushbu Shartnomani buzgan taqdirda, Ma’muriyat oldindan ogohlantirmasdan bir tomonlama tartibda Foydalanuvchining ishtirokini yoki Foydalanuvchining Platformaga kirishini cheklashga, shuningdek, bunday harakatlar yoki harakatsizlik tufayli Foydalanuvchi tomonidan yetkazilishi mumkin bo’lgan zarar uchun javobgar bo’lmasdan Platformaning xizmatidan foydalanishni rad etishga haqli.
6. Bildirgilar
6.1. Foydalanuvchi Platforma doirasida yoki u bilan bog’liq holda sodir bo’lgan muhim voqealar to’g’risida ma’lumotli elektron xabarlarni olishi mumkin.
6.2. Profilaktik ishlar, Foydalanuvchining buzg’unchilik ishlari, Platformaning funksionalining o’zgarishi, Servisning mazmuni yoki shartlari, shu jumladan Shartnomaga kiritilgan o’zgartirishlar, majburiy va qo’shimcha hujjatlar bilan bog’liq holda, Platformaga va/yoki Servisga kirish cheklovlari to’g’risida Foydalanuvchini xabardor qilish uchun birdirgilardan foydalanishga ruxsat beriladi.
6.3. Platforma ma’muriyati, o’z xohishiga ko’ra, o’z xizmatlari va uchinchi shaxslarning mahsulotlari (xizmatlari) reklamasini tarqatish uchun bildirgilardan foydalanishga haqlidir.
7. Yakuniy qoidalar
7.1. Platformaning ishlashiga oid shikoyatlar yuzaga kelgan yoki undan foydalanishda Foydalanuvchining huquqlari yoki manfaatlari buzilgan taqdirda, Platforma Ma’muriyati nizoni hal qilish va hal qilish imkoniyatini ko’rib chiqish uchun murojaatnoma yuborishi mumkin. Ushbu Shartnoma bilan tartibga solinadigan munosabatlardan kelib chiqadigan barcha mumkin bo’lgan nizolar Platformaga egalik qilish huquqi bor shaxslar joylashgan yerda amaldagi milliy qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
7.2. Agar u yoki bu sababga ko’ra ushbu Shartnoma qoidalarining bir yoki bir nechtasi haqiqiy emas yoki bajarib bo’lmaydigan deb topilsa, bu ushbu Shartnomaning qolgan qoidalarining haqiqiyligi yoki qo’llanilishiga ta’sir qilmaydi.
7.3. Foydalanuvchi ushbu Shartnomaning qoidalarini buzgan taqdirda, Platforma ma’muriyatining harakatsizligi keyinchalik o’zlarining manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli harakatlar qilish huquqidan mahrum qilmaydi va bundan keyin ham shunga o’xshash yoki shu singari buzilishlar yuzaga kelgan holda Platforma ma’muriyatining o’z huquqlaridan voz kechishini anglatmaydi.
7.5. Ushbu Shartnoma rus tilida tuzilgan bo’lib, ba’zi holatlarda Foydalanuvchi ko’rib chiqishi uchun boshqa tilda taqdim etilishi mumkin. Shartnomaning rus tilidagi talqini va Shartnomaning boshqa tildagi talqini o’rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, ushbu Shartnomaning rus tilidagi versiyasining qoidalari qo’llaniladi.
7.6. O’zbekiston Respublikasi hududida Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan, shuningdek Platformani ma’murlashtirish huquqiga ega bo’lgan Platformaning huquqiy egasi O‘zbekiston Respublikasi “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" bo’lib, u Platforma ma’muri huqqiga ega bo’lgan quyidagi manzilda joylashgan:Toshkent sh., Chilonzor tumani, Furkat ko‘chasi, 174