Дождитесь окончания загрузки
Orqaga

Maxfiylik shartnomasi

Konfidensiallik siyosati

1. Ushbu Konfidensiallik siyosatida quyidagi atamalar qo’llaniladi:

1.1. «Sayt, “Qlever” mobil ilovasi ma’muriyati» (bundan keyin – Sayt, mobil ilova ma’muriyati)» – O'zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi nomidan faoliyat yuritayotgan sayt, mobil ilova boshqaruviga vakolatli xodimlar, shaxsiy ma’lumotlarni tashkil etadigan va (yoki) ularga qayta ishlov beradigan, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlarini, qayta ishlanishi lozim bo’lgan shaxsiy ma’lumotlar tarkibini, shaxsiy ma’lumotlar bilan bajariladigan  harakatlarni (operatsiyalarni) belgilab beradigan saytni boshqarisha vakolati bo’lgan xodimlar.

1.2. «Shaxsiy ma’lumotlar» - muayyan yoki aniqlanayotgan jisomniy shaxsga (shaxsi ma’lumotlar sub’ektiga) bevosita yoki bilvosita aloqador bo’lgan har qanday axborot.

1.3. «Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash» - avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya), yoki harakatlar (operatsiyalar) majmuasi, shu jumladan shu jumladan ma’lumotlarni to’plash, yozib olish, tizimlashtirish, yig’ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, yo’l ochish, taqdim etish) shaxssizlashtirish, blokirovka qilish, o’chirish va yo’q qilish.

1.4. «Shaxsiy ma’lumotlar konfidensialligi» - Operator yoki shaxsiy ma’lumotlari kirishi mumkin bo’lgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi shart  bo’lgan talab bo’lib, bu talab shaxsiy ma’lumotlar sub’ektining ruxsatisiz yoki boshqa qonuniy asossiz ana shu ma’lumotlarni tarqatilishiga yo’l qo’ymaslikni ifoda etadi.

1.5. «Sayt, «Qlever» mobil ilovasi foydalanuvchisi (bundan keyin - Foydalanuvchi)» – Internet tarmog’i orqali www.qlever.asia  saytiga, mobil ilovaga kira oladigan va «Qlever» ilovasidan foydalanadigan shaxs.

1.6. «IP-manzil» — IP protokoli asosida ishlaydigan kompyuter tarmog’i bo’g’inidagi noyob tarmoq manzili.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Sayt foydalanuvchisi tomonidan «Qlever» mobil ilovasining ishlatilishi ushbu Foydalanuvchi ushbu Konfidensiallik siyosatini va foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlarini qabul qilganligini anglatadi.

2.2. Konfidensiallik siyosatining shartlariga rozi bo’lmaganda, Foydalanuvchi saytdan, «Qlever» mobil ilovasidan foydalanishni to’xtatishi kerak.

2.3. Ushbu Konfidensiallik siyosati faqat saytga, “Qlever» mobil ilovasiga nisbatan qo’llaniladi. “Saytda, Qlever» mobil ilovasida mavjud bo’lgan havolalar bo’yicha foydalanuvchi kirishi mumkin bo’lgan uchinchi shaxslarning saytlarni «Qlever» nazorat qilmaydi va ular uchun javobgar bo’lmaydi.

2.4. Sayt, «Qlever» mobil ilovasi Foydalanuvchilariga taqdim etiladigan shaxsiy ma’lumotlarning haqqoniyligini Sayt, «Qlever» mobil ilovasi ma’muriyati tekshirmaydi.

3. Konfidensiallik siyosati predmeti

3.1. Ushbu Konfidensiallik siyosati foydalanuvchi Sayt ma’muriyatining talabiga binoan, mobil ilovada, saytda ro’yxatdan o’tayotganda yoki buyurtma berishda taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni tarqatmaslik va ularning konfidensialligini himoya qilish rejimini ta’minlash bo’yicha Sayt, «Qlever» mobil ilovasi Ma’muriyatining majburiyatini belgilaydi.

3.2 Yuqorida ko’rsatilmagan boshqa har qanday shaxsiy ma’lumotlar ishonchli saqlanishi va tarqatilmasligi shart.

4. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini to’plash maqsadlari

4.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan Sayt ma’muriyati quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:

4.1.1. Saytdan va "Qlever" mobil ilovasidan masofadan turib buyurtma berish uchun Saytda, «Qlever» mobil ilovasida ro’yxatdan o’tgan Foydalanuvchini identifikatsiya qilish.

4.1.2. Foydalanuvchiga Saytning shaxsiy manbalariga, «Qlever» mobil ilovasiga kirish huquqini berish.

4.1.3. Foydalanuvchi bilan aloqa o’rnatish, jumladan bildirgilarni yuborish, Saytdan, «Qlever» mobil ilovasidan foydalanishga oid so’rovlar, xizmatlar ko’rsatish, Foydalanuvchi so’rovlari va ilovalarini qayta ishlash.

4.1.4. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning aniqligi va to’liqligini tasdiqlash.

4.1.6. Agar Foydalanuvchi hisobga olish yozuvini yaratishga rozi bo’lsa, xaridlarni amalga oshirish uchun hisobga olish yozuvini yaratish.

4.1.8. Saytdan, «Qlever» mobil ilovasidan foydalanish bilan bog’liq muammolar yuzaga kelganda, Foydalanuvchiga samarali mijozli va texnik qo’llab-quvatlashni ko’rsatish.

5. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va muddatlari

5.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash har qanday huquqiy usulda, shu jumladan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan shaxsiy ma’lumotlar tizimlarida amalga oshiriladi.

5.2. Foydalanuvchi Sayt, «Qlever» mobil ilovasi ma’muriyati Saytda, «Qlever» mobil ilovasida rasmiylashtirilgan Foydlanuvchi buyurtmasini faqatgina yetkazib berish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga , xususan, kurerlik xizmatlariga, pochta aloqasi tashkilotchilariga, elektr aloqasi operatorlariga, shu jumladan davlat hokimiyatining vakolatli organlari so’roviga ko’ra tovarni yetkazib berish uchun taqdim etishga haqli ekanligiga rozilik bildiradi.

5.3. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishilgunga qadar yoki ushbu Konfidensiallik siyosatida ko’rsatilgan maqsadlarga erishish zarurati yo’qolguncha, shuningdek Qirg’iziston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni saqlashning ruxsat etilgan muddati davomida saqlanadi.

5.4. Shaxsiy ma’lumotlar yo’qolgan yoki oshkor qilingan taqdirda, sayt, mobil ilova ma’muriyati Foydalanuvchiga shaxsiy ma’lumotlarning yo’qolgani yoki oshkor etilgani to’g’risida xabar beradi.

5.5. Sayt, mobil ilova ma’muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ularga ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, ularni yo’q qilish, o’zgartirish, blokirovka qilish, nusxalash, tarqatish, shuningdek, uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun zarur bo’lgan tashkiliy va texnik choralarni ko’radi.

5.6. Sayt, mobil ilova ma’muriyati Foydalanuvchi bilan birgalikda, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari yo’qolgani yoki oshkor etilgani natijasida yuzaga keladigan yo’qotishlarni yoki boshqa salbiy oqibatlarni oldini olish uchun barcha zarur bo’lgan choralarni ko’radi.

6. Yutuqlarni topshirish va mobil birliklarni (keyingi o’rinlarda – balans) to’ldirish tartibi.

6.1. Balans platforma administratoriga barcha kerakli ma’lumotlar taqdim etilib, ularning administrator tomonidan tekshirilishi va mobil telefon egasi ma’lumotlari bilan mosligi aniq bo’lgach, 2 ish kuni ichida to’ldiriladi.

6.2. Yutuqlar va yetkazib berishni rasmiylashtirish.

6.2.1. Rasmiylashtirish asosiy va rezerv telefon raqamlari hamda yetkazib berish manzili tasdiqlangach, shuningdek, yutuqni rasmiylashtirish va soliq summasini qoplash uchun kerakli ma’lumotlar taqdim etilgach, 2 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

6.2.2. Muvaffaqiyatli rasmiylashtirish jarayonidan so’ng yutuq 5 kun ichida yetkazib berish xizmatiga topshiriladi.

6.2.3. Ma’lumotlar 7 taqvim kuni ichida taqdim etilmagan taqdirda, yutuq bekor qilinadi va ballar Foydalanuvchiga qaytarib beriladi.


 

7. Tomonlarning majburiyatlari

7.1. Foydalanuvchi majburiyat oladi:

7.1.1. Saytdan yoki "Qlever"mobil ilovasidan foydalanish uchun zarur bo'lgan shaxsiy ma'lumotlar haqida ma'lumot bering.

 

7.1.2. Buyurtmani rasmiylashtirishni yakunlash uchun (yutuq/mobil birlik) foydalanuvchi platforma administratori bilan bog’lanib, quyidagi ma’lumotlarni rasmiy @QleverUzSupportBot Telegram-boti yoki @Qlever_uz rasmiy akkaunti orqali Qlever platformasida yutuqni qo’lga kiritgan ondan boshlab 7 taqvim kuni ichida taqdim etish majburiyatini oladi

  • JShShIR;
  • Qlever platformasida ro’yxatdan o’tgan telefon raqami;
  • Qo’shimcha telefon raqami;
  • Yetkazib berish uchun manzil.

7.1.3. Buyurtma qo’lga kiritilgan kundan boshlab yetti taqvim kuni ichida rasmiylashtirilishi kerak.

7.1.4. Shaxsga doir ma’lumotlar o’zgargan taqdirda ularni to’ldirish yoki o’zgartirish kerak.

7.2. Sayt administratsiyasi majburiyatlari: 

7.2.1. Olingan ma'lumotlardan faqat ushbu Konfidentsiallik siyosatining 4-bandida ko'rsatilgan maqsadlar uchungina foydalanish. 

7.2.2. Konfidentsial ma'lumotlarning sir saqlanishini ta'minlash, Foydalanuvchining yozma ruhsatisiz uni oshkor etmaslik, shuningdek, ushbu Konfidentsiallik siyosatining 5.2. va 5.3. bandlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari olingan shaxsga doir ma'lumotlarni oshkor etmaslik. 

7.2.3. Shunday ma'lumotlar uchun mavjud tartibda Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlari himoyasini ta'minlash. 

7.2.4. Ishonchsiz yoki noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda tekshiruv davrida Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili yoki shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari bo'yicha vakolatli organ so'rovi yoki murojaatiga ko'ra tegishli Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarini bloklash.

 

8. Тaraflarning javobgarligi

8.1. O’z majburiyatlarini bajarmagan sayt, mobil ilova Ma’muriyati, Qirg’iziston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish natijasida yuzaga kelgan va Foydalanuvchi joriy buyurtmasining umumiy miqdoridan oshmaydigan zararlar uchun javobgar bo’ladi, ushbu Konfidensiallik siyosatining 5.2., 5.3. va 7.2. bandlarida ko’zda tutilgan holatlar bundan mustasnodir.

8.2. Konfidensial axborot yo’qolganida yoki oshkor bo’lganida Sayt ma’muriyati javobgar bo’lmaydi, agar ushbu konfidensial axborot:

8.2.1. Yo’qotish yoki oshkor bo’lishdan oldin ommaga ma’lum bo’lib qolgan bo’lsa.

8.2.2. Sayt ma’muriyati tomonidan qabul qilinishidan oldin uchinchi tomon tomonidan qabul qilingan bo’lsa.

8.2.3. Foydalanuvchi roziligi bilan oshkor qilingan bo’lsa.

9. Nizolarni hal qilish

9.1. Sayt, “Qlever»mobil ilovasi foydalanuvchisi va sayt, mobil ilova ma’muriyati o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo’yicha da’vo bilan sudga borishdan oldin da’vo arizasini (nizoni ixtiyoriy hal qilish bo’yicha yozma taklifni) berish kerak.

9.2. Da’voni oluvchi da’voni olgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida da’voni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida yozma ravishda da’vogarni xabardor qiladi.

9.3. Agar kelishuvga erishilmasa, nizo Qirg’iziston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud organiga yuboriladi.

9.4. Ushbu Konfidensiallik siyosatiga va foydalanuvchi hamda sayt, mobil ilova ma’muriyati o’rtasidagi munosabatlarga nisbatan Qirg’iziston Respublikasining amaldagi qonunchiligi qo’llaniladi.

10. Qo’shimcha shartlar

10.1. Sayt, mobil ilova ma’muriyati, ushbu Konfidensallik siyosatiga Foydalanuvchi roziligisiz o’zgartirishlar kiritishga haqlidir.

10.2. Yangi Konfidensiallik siyosati, agar Konfidensiallik siyosatining yangi nashrida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Saytda, «Qlever» mobil ilovasida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.