Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Telefondan ko‘p foydalanish ko‘z saratoniga olib keladimi?

20.03.2024 • 11:00

Media makonda har kuni yarim soatdan qorong‘i xonada telefon ishlatadigan odamlarda ko‘z saratoni bilan kasallanish ehtimoli ko‘proq ekanligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

“Tanishlaringizni qorong‘i xonada telefondan foydalanmasliklari kerakligi haqida ogohlantiring”, — deyiladi xabarda.

HUKM: YOLG‘ON

Melanoma saratonning agressiv shakli bo‘lib, tez tarqaladi. Ko‘zlar ham melanin ishlab chiqaradigan hujayralarga ega. Ko‘z melanomasi (ko‘z saratoni) kam uchraydi.

Uzoq muddat davomida uyali telefondan foydalanish saratonga olib kelishi mumkinmi, degan savol munozarali mavzu bo‘lib kelgan, ammo bu masalani o‘rganuvchi ko‘plab tadqiqotlar bu borada hech qanday bog‘liqlikni topmagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uyali telefondan muntazam foydalanish odamda ko‘z melanomasi deb ataladigan saraton turini rivojlanish xavfini oshirmaydi.

Taxminan 1600 kishini qamrab olgan tadqiqot, odamning uyali telefondan taxminan o‘n yil foydalanish muddati va ko‘zning melanomasini rivojlanish xavfi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmagan, deb yozilgan Milliy saraton instituti jurnalida.

Natijalar o‘sha tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan oldingi, kichikroq tadqiqotga zid keladi, ular shunday bog‘liqlik haqida xavotir bildirgan edi.

“Biz uyali telefon doimiy foydalanuvchilari orasida uveal melanoma xavfi ortib borayotganini ko‘rsatgan avvalgi natijalarimizni tasdiqlamadik”, — deb yozadi  jurnalda Germaniyadagi Galle-Vittenbergning Martin Lyuter universiteti doktori Andreas Stang.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

Manba https://factchecknet.uz/2024/03/20/telefondan-kop-foydalanish-koz-saratoniga-olib-keladimi/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.