Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

O‘zbekiston dunyodagi eng baxtsiz davlat deb tan olindimi?

14.03.2024 • 08:12

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston dunyoning eng baxtsiz davlati deb tan olingani haqida maʼlumotlar (123paydo boʻldi.

Xabarda aytilishicha, “Global Mind Project agentligi mutaxassislari 70 dan ortiq mamlakatlarda tadqiqot olib borishgan. Respondentlar anketalarni to‘ldirgan, ularning natijalariga ko‘ra aholining umumiy baxti va ruhiy barqarorligi baholangan”.

Natijada O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika eng baxtsiz davlatlar deb tan olingan. Eng baxtli davlatlar Dominikan Respublikasi, Shri-Lanka va Tanzaniya.

HUKM: MANIPULYATSIYA

Haqiqatan ham, shunga o‘xshash so‘rov o‘tkazilgan va reyting tuzilgan. Biroq, mavzu boshqacha bo‘lgan. Ayrim ommaviy axborot vositalari ushbu reytingda O‘zbekiston “Global Mind Project” reytingiga ko‘ra, mental salomatlik ko‘rsatkichlari eng yomon bo‘lgan o‘nta davlat qatoridan joy olganini ta’kidlagan.

Aniqrog‘i, ruhiy farovonlik hisoboti keng ko‘lamli “Global Mind Project” loyihasining bir qismi bo‘lib, bu yerda “Sapien Labs” yil davomida doimiy ravishda o‘tkazilgan so‘rovlari ma’lumotlaridan foydalangan (so‘rovnoma bu yerda e’lon qilingan).

“Sapien Labs” veb-saytida aytilishicha, ular butun dunyo bo‘ylab ruhiy farovonlikning rivojlanishini kuzatadilar. Bu ularning asosiy ijtimoiy-madaniy omillarni aniqlaydigan loyihasi orqali amalga oshiriladi. Bu omillar avlodlar kamayishi muammosini preventiv hal qilish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ular tashkilotlar, maktablar va universitetlarga ruhiy farovonlikni o‘lchash va boshqarish imkonini beradi. Bunga profilaktik strategiyalar va resurslarni to‘g‘ri taqsimlash orqali erishiladi.

So‘rovnoma havolasini bosganingizda, quyidagi xabarni ko‘rishingiz mumkin:

“Ushbu baholash orqali siz o‘zingizning ruhiy farovonligingiz, jumladan kuchli tomonlaringiz va qiyinchiliklaringiz haqida ko‘proq bilib olasiz. Sizga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘l-yo‘riq va manbalar taqdim etiladi. Sizning javobingiz dunyo aholisining ruhiy farovonligi haqida tushuncha beradigan “Global Mind Project” loyihasining bir qismidir. Ushbu baholashdan o‘tish uchun kamida 18 yoshdan katta bo‘lishingiz kerak. Ishtirok etish butunlay ixtiyoriydir va siz istalgan vaqtda brauzeringizni yopish orqali uni to‘xtatishingiz mumkin. Tugallangach, siz o‘z ballaringizni va yakuniy hisobotni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Batafsil hisobotingizni elektron pochta orqali yuborishimiz mumkin bo‘lsa-da, biz uni faqat shifrlangan shaklda saqlaymiz va undan ruxsatizsiz boshqa maqsadlarda foydalanmaymiz”.

So‘rovda o‘z holatini ijodkorlik va muammolarni hal qilish, intilish va motivatsiya, barqarorlik va xotirjamlik, uyqu sifati, o‘zini nazorat qila bilish va impulsivlik, o‘rganish qobiliyati, koordinatsiya, boshqa odamlar bilan munosabatlar, ruhiy barqarorlik va boshqa mezonlarga ko‘ra baholash uchun savollar va taklif mavjud.

Neyrobiolog Tara Tiagarajan ta’kidlaganidek, hozirgi vaqtda madaniyatlararo mukammal tadqiqot u yoqda tursin, ruhiy farovonlik haqidagi aniq fan yo‘q.

“Odamlar ruhiy farovonlikni baxt bilan adashtirishadi”, — dedi Tiagarajan.

Agar siz ruhiy farovonlikni o‘rganish natijalarini Oksford farovonlik tadqiqot markazi nashri bo‘lgan “Jahondagi baxt to‘g‘risida hisobot (WHR)” bilan taqqoslasangiz, natijalarning aksariyati boshqacha bo‘ladi.

Misol uchun, Dominikan Respublikasi va Shri-Lanka “Global Mind Project” reytingida eng yuqori o‘rtacha ruhiy farovonlikka ega. WHRda esa ular mos ravishda 73 va 112-o‘rinlarni egallaydilar.

Agar “World Happiness Report”da respondentlardan hayotdan qoniqish darajasi birdan 10gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha so‘ralgan bo‘lsa, shuningdek, ular yaqin orada kulgi, zavq yoki qiziqishni his qilganliklarini har kuni o‘lchashsa, “Global Mind Project” loyihasi insonning ayni lahzadagi holatini ham qamrab olgan.

Shunday qilib, “Global Mind Project”da gap ruhiy farovonlik haqida boradi va mutaxassislar uni baxt tushunchasi bilan adashtirmaslikni maslahat berishdi. Bundan tashqari,  istalgan inson xohlagan mamlakatini belgilab so‘rovdan o‘tishi mumkin va javoblar ayni davrdagi muayyan holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Shuningdek, ushbu hisobotdan so‘rovning metodologiyasi, masalan, muayyan mamlakatlar uchun qancha ovoz berilgani haqida xulosa chiqarish qiyin. Respondentlarning javoblari soni ham yakuniy hisob-kitoblarga ta’sir qilishi mumkin.
Shunday qilib, ma’lum bir mamlakat baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlash noto‘g‘ri. Biroq, o‘quvchilar har doim boshqa fikrni tanlash imkoniyatiga ega, masalan, baxtning muqobil reytingi bilan BMT veb-resurslarida “World Happiness Report”da tanishib chiqish mumkin.

Manba: https://factchecknet.uz/2024/03/15/ozbekiston-dunyodagi-eng-baxtsiz-davlat-deb-tan-olindimi/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.