Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

SunCalc yordamida faktlarni tekshirish

15.11.2023 • 09:58

Suncalc — bu Quyoshning holatini tahlil qilish orqali qimmatli maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi vositadir.

Undan sud-tibbiy tahlil, kuzatuvlarni rejalashtirish, arxeologik tadqiqotlar yoki suratlar uchun foydalanish mumkin. Suncalc Quyoshning chiqishi va botishi, uning azimuti va balandligi hamda qosh qorayish fazalari haqida aniq maʼlumotlarni taqdim etadi.

Saytdan foydalanib, tahlilchilar vaqt bilan bog‘liq voqealarni tushunishlarini yaxshilashlari va mavjud maʼlumotlarga asoslanib qaror qabul qilishlari mumkin.

Suncalcʼdan qanday foydalanish kerak

1 – qadam: joy va vaqtni belgilab oling.

Siz Quyoshning joylashishini hisoblamoqchi bo‘lgan kenglik va uzunlik, shuningdek, istalgan sana va vaqtdan boshlang.

Bu voqea sodir bo‘lgan joy, fotosurat koordinatalari yoki dunyoning istalgan nuqtasidan biron bir aniq diqqatga sazovor joy bo‘lishi mumkin.

2 – qadam: kerakli parametrlarni tanlang.

Maqsaddan kelib chiqib, Suncalc yordamida siz tahlil qilmoqchi bo‘lgan parametrlarni aniqlab oling. Bularga Quyoshning chiqish va botish vaqti, qosh qorayish fazalari (dengiz yoki astronomik), azimut (gorizontal burchak) va Quyosh balandligi (vertikal burchak) kiradi.

3 – qadam: Suncalc instrumentlari va APIʼlariga kirish.

Suncalc funksiyalarga kirish uchun bir nechta variantni taqdim etadi. Kerakli maʼlumotlarni kiritish va shu ondayoq natijalarni olish uchun aniq interfeysni taklif qiluvchi veb-saytdan foydalanishingiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, ishlab chiquvchilar ikkinchi yo‘l sifatida ushbu funksiyani avtomatlashtirilgan hisoblash ilovalari yoki ssenariylariga integratsiya qilish uchun Suncalc APIʼdan foydalanishlari mumkin.

4 – qadam: natijalarni talqin qilish va vizualizatsiya qilish.

Kerakli maʼlumotlarni kiritgandan so‘ng, Suncalc Quyoshning joylashuvi haqida tegishli maʼlumotlarni yaratadi. Siz tanlangan parametrlarga asoslanib, kunduzgi soatlar, Quyosh burchagi va boshqa muhim omillar haqida tasavvur olish uchun natijalardan foydalaning. Tushunish va tahlilni yaxshilash uchun grafiklar, xaritalar yoki boshqa tegishli formatlar yordamida maʼlumotlarni vizualizatsiya qiling.

 

Manba havolasi: https://factchecknet.uz/2023/11/14/suncalc-yordamida-faktlarni-tekshirish/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.