Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Dipfeykni qanday aniqlash mumkin?

24.10.2023 • 14:27

Ijtimoiy tarmoqlarda soxta videolar soni ortib bormoqda. Ularning aksariyati jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish  hamda foydalanuvchilarning pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish maqsadida yaratiladi va ommalashtiriladi.

Video materiallarning haqiqiyligini aniqlashga yordam beruvchi vositalar mavjud. Deepware  bu turli texnologiyalar, jumladan, dipfeykni aniqlashdan foydalangan holda videolarni tahlil qilish vositasi.

Deepfake — bu sun’iy intellekt texnologiyasi bo‘lib, u odamlarning soxta videolar, audio yoki tasvirlari orqali ular qilmagan yoki aytmagan narsani haqiqiy, ishonchli qilib ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Agar siz Deepware saytiga shubhali videoni yuklasangiz, uning soxta yoki haqiqiy ekanligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Yaqinda telegram-kanallarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev internetda firibgarlar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lash uchun maxsus davlat qo‘mitasi tashkil etilishini ma’lum qilgan soxta videolar e’lon qilingan edi.

Deepware yordamida biz ushbu videoni tekshirdik va u dipfeyk ekanligini aniqladik.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev qozogʻistonliklarni moliyaviy resurslarini Ilon Maskning yangi platformasiga sarmoya qilishga chaqirayotgan soxta videolar ham faol tarqaldi.

Deepware saytida tekshiruv bu videoning ham soxta ekanligini koʻrsatdi.

Feyk videolarni tekshirishda faqat instrumentga tayanmaslikni maslahat beramiz. Videoning haqiqiy yoki soxta ekanligini oʻzingiz tekshirishingiz mumkin.

Dipfeyklarning asosiy belgilari  — bu insonning yuzi, yuz ifodalari va ovozidagi anomaliyalar. Yuz harakatlarini diqqat bilan kuzatub chiqing: ular nutq ifodalari va harakatlariga mos kelmasligi mumkin.

Diqqat bilan tekshirilganda, dipfeykdagi yuzlar beqaror, chegaralari tiniq emasdek koʻrinishi, harakatlar nutq ifodalariga mos kelmasligi mumkin. Dipfeyklar robotniki kabi  yoki monoton tabiiy intonatsiyasiz ovozlarni yaratishi mumkin.

Ammo shuni yodda tutish kerakki, dipfeyk texnologiyasi doimo takomillashib bormoqda va ba’zida ularning feykligini aniqlash qiyin boʻlishi mumkin.

 

Manba havolasi: https://factchecknet.uz/2023/10/23/dipfeykni-qanday-aniqlash-mumkin/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.