Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Faktchekingni onlayn bepul o’rganing

25.09.2023 • 14:15

Faktcheking raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan zamonda media sohasida faoliyat olib boradigan har bir xodim o’zlashtirishi zarur bo’lgan ko’nikmaga aylandi. Dunyo bo’ylab ko’plab tashkilot va tuzilmalar faktchekingga qiziquvchilar uchun ma’lumotlarni tekshirish ko’nikmalarini o’rgatish kurslarini tashkil qilmoqda va ular orasida mutlaqo bepullari ham mavjud.

Knight Science Journalism dasturi («KSJ@MIT» deb nomlanadi) o’zining MIT Gumanitar fanlar, san’at va ijtimoiy fanlar maktabidagi shtab-kvartirasida 9 oylik jurnalistik tadqiqot dasturlarini taklif etadi. KSJ@MIT tarkibida faktcheking loyihasi ham mavjud bo’lib, u butun dunyo bo’ylab jurnalistlar uchun faktlarni tekshirish resurslarini bepul taqdim etish maqsadida yaratilgan. “Biz o’z materiallarimizni fakt-chekerlar, jurnalistlar, yangiliklar bo’limlari va jurnalistika professorlari uchun ishlab chiqdik” deyiladi loyihaning rasmiy sahifasida. “Bizning asosiy e’tiborimiz tahririyat faktlarini tekshirish bo’lib, u xabar nashr etilishidan oldin yangiliklar xonasida qo’llaniladigan sifat nazorati hisoblanadi”. Loyiha Gordon va Betti Mur jamg’armasining moddiy ko’magi bilan moliyalashtiriladi.

Knight Science Journalism dasturi “Fact-Checking 101” bepul onlayn o’quv darslarini taklif qiladi. Modul oxirida o’qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar quyidagi bilimlarni o’zlashtiradilar: 

  1. Tahririyat faktchekingi ta’rifi;
  2. Faktlarni tekshirishning reportaj, kopirayting va boshqalardan farqi;
  3. Nima uchun faktlarni tekshirish muhim jurnalistik jarayon ekanligi;
  4. Faktlarni tekshirishning asosiy tamoyillari;
  5. Ishonchli manba topish usullari;
  6. Ilm-fan, sog’liqni saqlash va atrof-muhit masalalarida hisobot berishda keng tarqalgan xatolarni aniqlash usullari;
  7. Yozuvchilar, muharrirlar va manbalar bilan ishlashda diplomatik usullardan foydalanish ko’nikmalari;
  8. Naqd pul taqchilligi kuzatilayotgan yoki tezkor axborot uzatuvchi xarakterga ega ommaviy axborot vositalari kabi o’ziga xos jamoalarda ham faktchekingni ilgari sura olish qobiliyati. 

Dastur havolasi: https://ksjfactcheck.org/fact-checking-101/

Faktcheking bilan bog’liq professional faoliyatga kirishayotganda doimiy faktchekingga bag’ishlangan tadbirlarda ishtirok etish, kurslarda o’qish, faktchek instrumentlaridan foydalanishni o’rganish bilan bir qatorda shu kabi onlayn darslarni ham o’zlashtirishning ahamiyati katta.

 

Manba havolasi: https://factchecknet.uz/2023/09/14/faktchekingni-onlayn-bepul-organing/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.