Salom!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi muhim voqealar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim
Yosh qirg‘izistonliklar maktab ta’limi sifatidan norozi. Ular ko‘proq zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishni xohlaydilar. UNICEF tomonidan Ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan U-Report onlayn platformasining so‘rovnoma natijalarini o‘rganish orqali ushbu xulosaga kelish mumkin.
Batafsil: https://kaktus.media/doc/466875_reforma_v_sisteme_obrazovaniia._chto_hochet_molodej_infografika.html
20 sentyabr kuni Qozog‘istonda “Balag‘a layiq” ("Балаға лайық") maktab oshxonalari va hojatxonalarini monitoring qilish bo‘yicha aksiyaning ikkinchi bosqichi boshlandi. Aksiya uch oy davom etishi haqida Maorif va fan vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/kazaxstancev-prosyat-soobshhat-o-naruseniyax-v-skolnyx-stolovyx-i-tualetax
Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbek, o‘quv yili boshlanganidan keyin YaMT (Yagona milliy test sinovlari) natijalarini bekor qilish adolatdan emasligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Batafsil: https://informburo.kz/novosti/studentov-lisayut-grantov-posle-proverki-video-s-ent-s-2023-goda-vsex-narusitelei-budut-vyyavlyat-na-meste
Inson huquqlari
Turkmanistonning bir qator hudularida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rta maktab o‘quvchilarining mobil telefonlarini tekshiryaptilar. Azatlik Radio muxbirlari Milliy xavfsizlik vazirligi xodimlari tomonidan Bolqon va Mari vilayatlari maktablarida o‘tkazilgan tekshiruvlar haqida xabar berishdi. Telefonlarda VPNdan foydalanishni tekshirdilar, shuningdek siyosiy va pornografik materiallarni qidirdilar. Turkman.news mustaqil nashrining xabar berishicha, bu kabi reydlar Ashxobod va Dashoguz politsiya xodimlari tomonidan ham o‘tkazilgan.
Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/turkmen-security-check-schoolchildrens-phones/32042529.html
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi millatlararo adovatni qo‘zg‘atgani uchun 20 nafar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisiga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Kloop.
Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/laworder/20220923/v-kirgizstane-nachato-rassledovanie-v-otnoshenii-20-polzovatelei-seti-za-razzhiganie-mezhnatsionalnoi-rozni
Jamiyat
19-sentabr kuni O‘zbekistonda barqaror harakatlanish va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan Yevropa harakatlanish haftaligining (YeMH) 4-kampaniyasiga start berildi. Kampaniya odamlarni barqaror transport harakatlanish vositalari afzal ko‘rishga undaydi, shu tarzda issiqxona gazlari chiqindilari kamayib, ekologik muammolarni hal qilishga yordam beradi. Minglab odamlar “Harakatda birlashing! Shaharning yuragiga aylaning!” shiori ostida Yevropa harakatlanish haftaligi davomida “harakatlanish aksiyalari”ga qo‘shiladilar!
Batafsil: https://anhor.uz/news/mobility-week/
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelasi yildan boshlab “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi ishga tushirilishi haqida xabar berdi. Prezident payshanba kuni viloyat xalq deputatlari Kengashi sessiyasida, dastur joriy etiladigan dastlabki hudud Toshkent viloyati bo‘lishini qayd etib o‘tdi.
Batafsil: https://anhor.uz/news/mortgage-program/
AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda byudjeti 10 million dollar bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha besh yillik malaka oshirish dasturini (Youth Employment Skills, YES) rasman boshladi.
Batafsil: https://anhor.uz/news/usaid-program/
Tojikiston joriy yilning sakkiz oyi davomida 100 million AQSh dollaridan ortiq gumanitar yordam oldi, deya xabar beradi respublika statistika idorasi.
Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20220919/obem-postupleniya-gumpomotshi-v-tadzhikistan-perevalil-uzhe-za-100-millionov
Bishkekda taqdimot kuni (demo kun) hamda o‘n kunlik Prosperity Cup Kyrgyzstan inkubatsiyasi finalchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, ushbu inkubatsiyada Qirg‘iziston bo‘yicha startap jamoalaridan 70 dan ortiq arizalar yuborilgan.
Batafsil:https://kaktus.media/doc/467366_v_kyrgyzstane_vybrali_lychshie_startapy_dlia_predostavleniia_investiciy_ot_10_tysiach.html
Biz bilan qolganingiz uchun tashakkur!
Xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!
Dayjestni tayyorlashda Almabek Ibrayimov ishtirok etdi