Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan        dayjest: 2022 yil 12-19 sentyabr

23.09.2022 • 11:11

Salom!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi muhim voqealar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.

Boshladik!

 

Ta’lim

17 ta tayanch maktab: “Qazaqstan xalqina” Akmola viloyatidagi birinchi maktabni jihozlash ishlarini yakunladi. “Qazaqstan xalqina” fondi Akmola viloyati Katarkol qishlog‘idagi Dosov nomli o‘rta maktabni zarur moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minladi. “Qishloq hududida tayanch maktablarning salohiyatini rivojlantirish” loyihasida ishtirok etgan 17 ta maktabdan biri hisoblanadi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/17-opornyh-shkol-khazakhstan-halkhyna-zavershil-osnashenie-pervoj-shkoly-v-akmolinskoj-oblasti

Qirg‘izistonning har to‘rtinchi farzandigina bolalar bog‘chasiga boradi. Maktabgacha ta’lim bilim egallashning asosi hisoblanib, o‘quv jarayonining har bir keyingi bosqichi muvaffaqiyatli maktabgacha ta’limga bog‘liq”, deya ta’kidlagan edi UNICEF tashkilotining ijrochi direktori Genriyetta Fore bir necha yil oldin.  - Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab juda ko‘p bolalar bu imkoniyatdan mahrum. Bu bolalar uchun sinfdan ikkinchi yilga qolish yoki umuman maktabni tark etish xavfini oshirib, ularni omadliroq tengdoshlari soyasida qolib ketishiga mahkum qiladi. Batafsil: https://kaktus.media/doc/466901_lish_kajdyy_chetvertyy_rebenok_kyrgyzstana_hodit_v_detskiy_sad._kak_hotiat_reshit_problemy.html

Inson huquqlari

24kgning xabar berishicha, Qirg‘iziston parlamenti deputati maktab o‘quvchi-qizlarni haddan tashqari kalta yubka sababli ularni qoraladi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/deputat-v-kyrgyzstane-osudil-shkolnic-za-korotkie-yubki-devochki-sami-provociruyut-pedofilov

Mariy velayatining dayxan birlashmalarida maktab o‘quvchilar darsdan keyin paxta terimiga jalb qilinmoqda. Mahalliy kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi va Turkmanistonda keng tarqalgan ishsizlik bolalarni og‘ir mehnat bilan shug‘ullanishiga majbur qilmoqda. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/32029856.html

Hayvonlarni tutish xizmati xodimlari tomonidan daydi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga qarshi bo‘lgan Turkmanobod aholisi shahar hokimiyati tomonidan tazyiqqa uchramoqda. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/32029601.html

Turkmanistonda ayollarga kosmetik vositalardan foydalanish, kontur plastikasi, manikyur qilish, sochlarini bo‘yash, yopishib turgan kiyim va jinsi shimlar kiyish, mashina haydash va avtomobilning old o‘rindig‘ida o‘tirish taqiqlab qo‘yildi. Mamlakatda, shuningdek, abort qilish ham aslida taqiqlangan. Ayollar tutib olinib, jarimaga tortiladi va hatto ishdan bo‘shatiladi. Serdar Berdimuhamedov otasidan keyin Turkmaniston prezidenti lavozimini egallaganidan keyin ayollar uchun taqiqlar kuchaya boshladi. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/turkmenistan-asia-women-rights/32031050.html

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Turkmaniston prezidentini turkman matbuoti faoliyatiga cheklovlarni olib tashlashga va jurnalist Nurgeldi Xalikovni ozod qilishga chaqiradi. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/32036745.html

Olmaotada qoraqalpoqlar diasporasining ikki faoli, Koshkarbay Toremuratov va Jangeldi Jaksimbetov qo‘lga olindi. Ular O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda va jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni ishlab chiqarishda va tarqatishda gumon qilinmoqda. Batafsil: https://anhor.uz/news/almaty/

Yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblangan Qaznews24 pabliki muallifi Temirlan Yonsebekga nisbatan sudgacha bo‘lgan tergov ishlari to‘xtatildi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/ugolovnoe-delo-avtora-pablika-qaznews-24-temirlana-ensebeka-prekrasheno

"Bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi xabarlarni hisobga olgan holda, Qirg‘iziston uchun har bir bola ko‘chada yoki telefonda xavf haqida xabar berish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan maxsus signal tugmachasini joriy etish juda muhim”, deya ta’kidlab o‘tdi ombudsmen Atir Abdraxmatova Kaktus.media tahririyati sharhida. Batafsil: https://kaktus.media/doc/466864_nasilie_nad_detmi._ombydsmen_nastaivaet_na_vnedrenii_trevojnoy_knopki.html

Jamiyat

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) 600 nafar qishloq ayollari uchun tadbirkorlik sohasida ilg‘or o‘quv dasturi boshlangani haqida xabar berdi. Dastur O‘zbekistondagi qishloq ayollarini mehnat bozorida tadbirkor va malakali ishchi sifatida ishtirok etishiga ko‘maklashish orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 3,4 million AQSh dollari miqdoridagi byudjet orqali ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda. Trening 2022 yil 26 sentyabrda boshlanadi. Batafsil: https://anhor.uz/news/entrepreneurship-women/

Qozog‘istonda ilk marotaba eshitish vositasi eshitish qobiliyatiga ega bo‘lmagan bolalarga implantatsiya qilindi. Olmaotadagi “Aksay” respublika bolalar klinik kasalxonasida noyob operatsiya o‘tkazildi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-vpervye-implantirovali-sluhovoj-apparat-slaboslyshashim-detyam

Tovlamachilardan ehtiyot bo‘ling!

Kasperskiy laboratoriyasi: Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari tez-tez tovlamachilarning qurboniga aylanishadi. Tahlil mutaxassislarining fikriga ko‘ra, jinoyatchilar aholining moliyaviy savodxonligi yetishmasligidan mohirona foydalanadilar. Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220912/laboratoriya-kasperskogo-grazhdane-tadzhikistana-chatshe-stanovyatsya-zhertvami-moshennikov

 

Biz bilan qolganingiz uchun tashakkur!

Xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

 

Dayjestni tayyorlashda Almabek Ibrayimov ishtirok etdi

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.