Barchaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi muhim voqealar haqidaqisqacha ma’lumotni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim
O‘shda (Qirg‘iziston) besh qavatli binoda ta’lim olishda teng huquqlilik mavzusiga bag‘ishlangan mural paydo bo‘ldi. Bu haqda rassom Vera Andrianova ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu g‘oya Andrianovaning o‘ziga hamda rassom Arslan Narinbekovga tegishli.
Batafsil: https://kaktus.media/doc/465240_v_oshe_poiavilsia_myral_za_ravnyy_dostyp_k_obrazovaniu.html
Qozog‘iston talabalari endi pedagogik amaliyotni o‘tish uchun maktabni mustaqil ravishda tanlay olmaydilar. Ta’lim va fan vazirligi rahbari Asxat Aymagambetov poytaxt maktablaridan birida bo‘lib o‘tgan panel sessiyasining yalpi majlisida talabalar endi o‘zlari o‘qituvchilik amaliyotini o‘tamoqchi bo‘lgan maktabni mustaqil ravishda tanlay olmasliklarini ma’lum qildi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/studenty-bolse-ne-smogut-samostoyatelno-vybirat-skolu-dlya-pedagogiceskoi-praktiki
Qozog‘istonda birinchi sinf o‘quvchilari uchun ikkita til olib tashlandi, faqat qozoq tili qoldi. Qozog‘istonda yangi o‘quv yilidan boshlab birinchi sinf o‘quvchilari uchun uchta tilni o‘rganish bekor qilindi. Xususan, rus tili. Bu haqda maorif vaziri Asxat Aymagambetov o‘z intervyusida ma’lum qildi. Batafsil: https://kaktus.media/doc/465360_v_kazahstane_dlia_pervoklassnikov_ybrali_dva_iazyka_ostaviv_tolko_kazahskiy.html
Qozog‘istonda o‘quv yili ikki haftaga uzaytirildi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv yilining davomiyligini oshirish ba’zi maktablarda uch smenada emas, balki ikki smenada ishlashga imkon beradi.
Batafsil: https://informburo.kz/novosti/aimagambetov-obyasnil-preimushhestva-prodleniya-ucebnogo-goda
Ilm-fan
Qozog‘iston va Rossiya olimlari Covid-19 bilan kurashish uchun kimyoviy birikma topdilar. Bugungi kunda dunyoda Covid-19 ni davolash uchun uchta dori vositalari qo‘llanilmoqda: remdesivir, pakslovid va favipiravir.
Inson huquqlari
YeI Turkmanistondagi vakolatxonasi tashrif buyurish uchun “namunali” boshpanalarni tanladi. So‘nggi haftalarda hayvonlarga nisbatan yaxshi munosabatni targ‘ib qilish Turkmanistonda tadbirga aylandi. Mamlakatda itlarga bo‘lgan munosabatni tartibga soluvchi qonun qabul qilindi. Chet el missiyalari (vakolatxonalari) va turkman jamoatchiligi vakillari qarovsiz qolgan hayvonlarning namunaviy boshpanalariga tashrif buyurdilar. Bir vaqtning o‘zida, itlar va mushuklar shahar ko‘chalarida shafqatsizlarcha tutib o‘ldirilmoqda.
Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/31995608.html
“Qo‘l va oyoqlardagi ko‘kariqlar.” Ayollar militsiya xodimlarini shafqatsiz muomalada bo‘lganlikda aybladilar. Qirg‘izistonda O‘sh va O‘sh viloyatidagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy markazning hududiy vakolatxonasiga O‘zgenda istiqomat qiluvchi ikki ayol militsiya xodimlariga qarshi shikoyat bilan murojaat qilishdi, deya xabar beriladi markazning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Jamiyat
USAID O‘zbekistonning elektron tijorat sektorida ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan ayollarning ishtirokini kengaytirmoqda. 15 avgust kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyot sektoriga ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni jalb qilish tashabbusini boshladi. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida 250 ga yaqin ayol elektron tijorat, ijtimoiy tarmoqlardagi marketing, shuningdek reklama bo‘yicha o‘qitiladi. Bu haqida Anhor.uz ga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Batafsil: https://anhor.uz/news/electronic-commerce/
O‘zbekistonda buyuk ajdodlar haqida 30 ta animatsion film suratga olinadi. O‘zbekistonda buyuk ajdodlar haqida 30 ta animatsion film suratga olishga qaror qilindi. Birinchisi Amir Temur bo‘ladi, deya Podrobno.uz Kinematografiya agentligi ma’lumotlariga asoslanib xabar beradi.
Qozog‘iston mudofaa xarajatlarini yiliga 38 foizga, sog‘liqni saqlash xarajatlarini atigi 0,2 foizga oshirdi. Byudjet daromadlari 37 foizga, xarajatlar 20 foizga oshdi. Qozog‘iston davlat byudjetining daromadi joriy yilning dastlabki olti oyida 9,9 trillion tengeni tashkil etdi, xarajatlar 9,7 trillion tengega yetdi, deb xabar beradi Finprom.kz. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/kazaxstan-uvelicil-rasxody-na-oboronu-na-38-za-god-zdravooxranenie-lis-na-02
O‘zbekistonda YHH natijasida bolalar o‘limi Yevropaga qaraganda 4 baravar yuqori. SOVAZ portalida 2022-2026 yillarda o‘smirlar salomatligi va farovonligini oshirish bo‘yicha Milliy strategiya loyihasi e’lon qilindi. Batafsil: https://anhor.uz/news/mortality/
Ekologiya
Uchastka inspektorlari ekologik qoidabuzarliklar uchun chiqarilgan jarimaning 30 foizini olishni boshlaydilar. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ekologik patrul” vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi, bu esa uchastka inspektorlariga odamlarni ekologik huquqbuzarliklar uchun mustaqil ravishda javobgarlikka tortish va buning uchun mukofot olish imkonini beradi, deb bu haqda “Mediazona” “Gazeta.uz” ma’lumotlariga asoslanib yozadi. Batafsil: https://anhor.uz/news/penalties/
Biz bilan qolganingiz uchun rahmat!
Xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!
Dayjestni tayyorlashda Almabek Ibrayimov ishtirok etdi