Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 20 – 27-iyun 2022 yil.

30.06.2022 • 15:02

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etaman.  

Boshladik!

 

Ta’lim

Dushanbeda yozda bolani nima bilan band qilish mumkin? Dushanbedagi rivojlantiruvchi va foydali kurslar haqida qisqacha ma’lumot.   

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220626/chem-v-dushanbe-zanyat-rebenka-letom

Oʻzbekiston hukumati tomonidan nogironligi boʻlgan yoshlarga transport, uy-joy va ta’lim olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratish boʻyicha Ma’muriy Tartib   tasdiqlandi. Jumladan, nogironligi boʻlgan yoshlarning nodavlat ta’lim muassasalarida kasb oʻrganishlari, dasturlash, umumiy ta’lim fanlari va chet tillari boʻyicha oʻqishlari, shuningdek zaruratga qarab, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun TBMning 50 baravarigacha (15 million soʻmgacha) miqdorda subsidiya ajratiladi.   

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/tutor/

Xalqaro turk akademiyasi Qozogʻistonning Nursulton shahrida boʻlib oʻtgan V-yigʻilishida turk dunyosining umumiy oʻquv qoʻllanmalari boʻyicha yakuniy qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Turkiyaning "Anadolu" agentligi. Yigʻilish ishtirokchilari mazkur qoʻllanmalarni oʻz mamlakatlari oʻrta ta’lim muassasalari oʻquv dasturiga kiritish toʻgʻrisida hujjatni imzolashdi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/462624_v_shkolah_kyrgyzstana_stanyt_izychat_turkskyu_istoriu_literatyry_i_geografiu.html

Inson huquqlari

Balkan viloyati(Turkmaniston)ning Turkmanboshi shahrida politsiyaning yoʻl nazorati xizmati (PYNX) ayol haydovchilar ustidan nazoratni kuchaytirgan. Yoʻl politsiyasi xodimlari mashina boshqarib borayotgan xotin-qizlarni toʻxtatib, turli bahonalar bilan ularning haydovchilik guvohnomalarini olib qoʻyishmoqda va mashinalarini jarima maydonchalariga joylashtirishayapti.

Batafsil quyida: ttps://rus.azathabar.com/a/31910339.html

21-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Oʻzbekiston Senati bilan hamkorlikda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini, gender tengligini, ayollarning yetakchilik koʻnikmalarini kengaytirishga koʻmaklashish, jamoatchilikning erkaklar va ayollar teng huquqli ekani haqidagi xabardorligini oshirish, shuningdek Oʻzbekistonning Gender tengligi boʻyicha Milliy strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlarni ochiq muhokama qilish maqsadida “Oʻzbekiston yetakchi ayollari Dialogi”ni yoʻlga qoʻydi.  BMTTDdan Anhor.uz ga shu haqda ma’lum qilishdi.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/dialogue/

21-iyun kuni YUNISEF bolalar va xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka nisbatan beparvolikdan ogohlantirdi va jamiyatning bunday holatlarga munosabatini oʻzgartirishga chaqirdi. Tashkilot oilani qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini hamda zoʻravonlikni boshdan oʻtkazganlarni himoya qilishning samarali tizimlarini takomillashtirish muhimligini qayd etadi. Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari aks etgan bir nechta videoroliklar tarqalgach, YUNISEF bunday holatlarning oddiy hodisa sifatida qabul qilinishidan tashvish bildirdi: ayrim voqealar, jumladan chaqaloqlar bilan bogʻliq holatlar oshkora va buni kuzatib turganlar ishtirokida sodir boʻlmoqda.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/end-violence/

Jamiyat

Turkmanistonda dayxanda oʻz dalalaridagi bugʻdoyni oʻrib-yigʻib olgan dehqonlar ijaraga olgan yer maydonlaridan ikkinchi hosil olish imkoniyatidan mahrum boʻlishayotganidan nolishmoqda. Ijarachilarning soʻzlariga koʻra, bugʻdoy oʻrib-yigʻib olingach, ularning yerlaridan ikkinchi hosil olish imkoniyati huquq-tartibot idoralari va yuqori martabali amaldorlar orasida homiylari boʻlgan odamlarga berilmoqda. 23-iyun kuni Azatliq Radiosining Lebap viloyatidagi muxbiri shu haqda xabar qildi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31914706.html

Tojikistonda yozgi ta’til mavsumi boshlandi. Hamma dam olgani qayerga borgan ma’qulligi, hujjatbozlik qilib yurmaslik uchun Tojikiston qaysi davlatlar bilan vizasiz tartib oʻrnatgani haqida oʻylashmoqda. Biz, jahondagi pasportlar reytingi ma’lumotlariga asoslanib, tojikistonliklar qaysi mamlakatlarga vizasiz kirishlari, shuningdek qaysi davlatlarda uning hududiga kirib kelganda viza olishlari mumkinligi haqida ma’lumot toʻpladik. «Passportindex» ma’lumotlariga koʻra, Tojikiston fuqarolari 21 ta mamlakatga vizasiz kirishlari, 42 ta mamlakatda esa vizani oʻsha mamlakatga kirib kelganda olishlari mumkin. Uchta mamlakatda elektron ruxsatnoma soʻrashadi, 132 ta davlat esa qoʻlida vizasi yoʻqlarni oʻz hududiga kiritmaydi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/life/travels/20220625/kuda-ehat-na-otdih-kakie-strani-tadzhikistantsi-mogut-posetit-bez-vizi

Qozogʻiston milliy statistika Byurosi Qozogʻistondagi qarish indeksi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. Besh yil ichida ushbu koʻrsatkich 0,7 bandga oʻsgan. Qozogʻistonda qarish indeksi oshdi, deb xabar berdi milliy statistika Byurosi. Gap 15 yoshdan kichik bolalar va 65 yoshdan katta fuqarolar oʻrtasidagi nisbat haqida bormoqda. 2021-yilda bu koʻrsatkich 26,6 ga teng boʻlgan, yani 100 nafar bolaga 26,6 nafar keksa yoshli fuqaro toʻgʻri kelgan.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/naselenie-kazaxstana-stalo-starse

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.