Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 6 – 20-iyun 2022 yil.

22.06.2022 • 12:27

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etaman.  

Boshladik!

Ta’lim

Balapan (Qozogʻiston) telekanali bolalar uchun moʻljallangan yangiBilimbeygesi intellektual shousida qatnashish uchun tanlov e’lon qildi, deb xabar bermoqda Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi. Shou shu yil kuzda start oladi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/telekanal-balapan-obyavil-otbor-ucastnikov-novogo-intellektualnogo-sou-dlya-detei

Jokorku Kenes (Qirgʻiziston) ijtimoiy siyosat masalalari qoʻmitasining 20-iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida deputat Aybek Matkerimov Ta’lim va fan vazirligi ushbu tashabbusga qanday munosabatda ekani bilan qiziqdi. Vazir oʻrinbosari Nodira Jusupbekova 2016-yilda maktab formasi joriy etilganini eslatib oʻtdi. Bir nechta variantlar orasidan tanlov asosida bittasi tasdiqlangan edi. Oʻshanda oʻqituvchilar uchun ham forma joriy etish taklifi ilgari surilgandi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/462171_s_novogo_ychebnogo_goda_so_shkolnikov_bydyt_trebovat_formy.html

Qirgʻizistondagi tuman va shahr ta’lim boʻlimlari, umumta’lim muassasalari 2022–2023-oʻquv yilida 9-sinf oʻquvchilariga “Dinlarning rivojlanish tarixi” fanidan dars oʻtish uchun oʻqituvchilar tanlovini oʻtkazishadi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/461958_minobrazovaniia_nachalo_nabor_ychiteley_istorii_razvitiia_religiy._trebovaniia.html

Qirgʻiziston ta’lim va fan vazirligi jamoatchilik muhokamasiga umumiy maktab ta’limi boʻyicha davlat standarti toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritdi. Nizom loyihasida hujjatning maqsadlari sifatida quyidagilar sanab oʻtilgan: zamonaviy ta’lim makoni sharoitida muhim va predmetli xabardorlikni shakllantirish;

  • Barcha bolalarning, shu jumladan, inklyuzivlik prinsiplari asosida, teng va adolatli ta’lim olishini ta’minlash;
  • oʻqitishning xavfsiz va rivojlantiruvchi muhitini hamda har bir bolaning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va oʻquvchilarning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy rivojlanishi uchun imkon qadar qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Qayd etilishicha, davlat standarti kamida 5 yilda bir marta qayta koʻrib chiqilishi va yangilanishi zarur, amaldagisi esa 2014-yilda qabul qilingan.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/461953_otmena_ocenok_v_dvyh_klassah_i_novyy_predmet._minobrazovaniia_ozvychilo_idei_dlia_shkoly.html

Inson huquqlari

Turkmanistonlik qonun ijodkorlari JKdagi korrupsiya va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etilganlarga nisbatan avf aktlari qoʻllanilmasligi toʻgʻrisidagi  moddaning qismlarini bekor qilib, Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish kiritishdi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar natijasida hujjatdan 80-moddaning 4-qismi chiqarib tashlanadi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31901243.html

Soʻnggi vaqtlarda Tojikistonda ayollar va yosh qizlar nishoni boʻlayotgan shantaj holatlari tez-tez uchrab turibdi. Erkaklar haqiqatda sodir boʻlgan yaqinlik vaqtida olingan yohud fotoshopdan foydalanib tayyorlangan video va fotolarni e’lon qilish bilan qoʻrqitib pul undirmoqchi boʻlishadi. Jurnalistlar yuristga ana shunday tahdidlar boʻlganda qanday yoʻl tutish borasida savollar berishdi.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220608/moi-intimnie-fotografii-popali-v-ruki-shantazhistov-chto-delat

Jamiyat

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi Markazi faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, gemapoetik o‘zak xujayralarini allogen va autologik transplantatsiya qilish uchun 2 ta aseptik bino, hududlardan uzoq muddatga keladiganlar uchun 200 o‘rinli xostel barpo etiladi. Yil yakunigacha markazga yana 67 turdagi jihozlar keltiriladi.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/hematology/

Dushanbeda “Tojikiston Respublikasi aholisi orasidagi eng ommabop mediani aniqlash: TV, radio, bosma nashrlar, saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar – 2022” nomli yangi tadqiqotning taqdimoti o‘tkazildi. Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, Tojikistonda eng ommabop va qulay bo‘lgan televideniye aholi orasida eng talabgir media ekan.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220607/tv-doveryayut-i-smotryat-bolshe-vsego-stali-izvestni-mediapredpochteniya-naseleniya-tadzhikistana

2022-yilning II choragida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan attraksionlar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun, hududlar kesimida tegishli tashkilotlarning 100 nafardan ziyod vakillarini birlashtirgan 16 ta ishchi guruh tuzildi. Ular mamlakatda mavjud 143 ta madaniy va ko‘ngilochar bog‘lardagi 1879 ta turli attraksionlarni tekshirishdi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Sanoat xavfsizligi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Malika Mirjamolova shu haqda ma’lum qildi.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/attractions/

Oʻzbekiston hukumatiYoshlar daftarini joriy etish orqali yoshlarning muammolarini tizimli hal qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagu Nizomni tasdiqladi.  “Fargʻona” Adliya vazirligiga tayanib shu haqda yozmoqda.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/money/

Podrobno.uz O‘zR Adliya vazirligi axborotiga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda tug‘ilganlik, nikoh va ajrashish holatlarini qayd etish va ro‘yxatga olish soddalashtiriladi.

Hozirgi vaqtda tug‘ilganlik, nikoh va ajrashish holatlarini ro‘yxatga olishda ortiqcha qog‘ozbozlik saqlanib turibdi. FHDYO xodimlarining fuqarolar bilan bevosita muomalaga kirishishi esa korrupsiya ehtimolini yuzaga keltiradi.

Fuqarolar tibbiyot muassasasidan tegishli ma’lumotnomani olib, tug‘ilganlik holatini qayd etish uchun FHDYO organlariga murojaat etishmayotgani sababli ro‘yxatga olinmagan tug‘ilish holatlari yildan yilga ko‘payib bormoqda.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220620/v-uzbekistane-uprostyat-registratsiyu-rozhdenii-brakov-i-razvodov

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Erali Tugjanov Aqmola viloyatiga ishchi tashrifi jarayonida yig‘ilish o‘tkazdi va asrab oluvchi professional oilalarni joriy etish bo‘yicha pilot loyihasini amalga oshirish holatini muhokama qildi, deb xabar bermoqda hukumat matbuot xizmati. Hududiy ta’lim boshqarmasi “Ana uyi” jamoat fondi bilan hamkorlikda Akkol qo‘rg‘onidagi bolalar uyida “Uydagidek” modeli asosida sakkuz nafardan bola bo‘lgan ikkita guruh tashkil qildi. Mutaxassislar bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining rivojlanishi va hayotda o‘z o‘rnini topishi bo‘yicha 85 ta individual rejalarni ishlab chiqishdi.

263 nafar asrab olishga nomzodlar psixologik tayyorgarlikdan o‘tishdi, 21 ta oila esa asrab oluvchi professional oila bo‘lish niyatida. O‘rnini bosuvchi oilalarga professional yordam va qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun ijtimoiy yetimlikning oldini olishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/professionalnye-priyomnye-semi-poyavyatsya-v-kazaxstane

Texnologiya

15-iyun kuni Dushanbeda YUNISEF va Yevropa Ittifoqi Tojikiston mehnat, aholi migratsiyasi va bandligi vazirligi bilan birgalikda “Migratsiyadagi bolalar” nomli yangi multimediyaviy migratsiya portalini ishga tushirishdi.

“Migratsiyadagi bolalar” portali aholi, mehnat migrantlari, ularning oila a’zolari, siyosatchilar, ish beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchilarning migratsiyaning ta’siri haqidagi xabardorligini oshirishga mo‘ljallangan, uning maqsadi – migratsiya ta’sirida bo‘lgan bolalar va oilalar duch kelayotgan muammolarni hal qilish uchun jamoaviy harakatlarni amalga oshirishga da’vat etish.

Batafsil quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220616/yunisef-zapustil-novii-multimediinii-migratsionnii-portal

Ehtiyot boling, firibgarlar!

Ta’til mavsumi boshlanishi bilan soxta sayyohlik firmalari ham faollashib qolishdi. Oʻzlarini sayyohlik kompaniyalari xodimlari, deb tanishtirgan firibgarlar qozogʻistonliklarni chuv tushirishmoqda. Shimoliy Qozogʻiston viloyatida uch kishi ularning tuzogʻiga ilindi. Firibgarlar arzon narxlarda turlarni sotib olishni taklif qilishadi, oldindan toʻlov qilishni soʻrashadi va keyin gʻoyib boʻlishadi deb xabar bermoqda "31-kanal".

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/kak-moshenniki-obmanyvayut-kazahstanskih-turistov

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

 

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.