Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 30-may – 6-iyun 2022 yil.

07.06.2022 • 16:14

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etaman.  

Boshladik!

 

Ta’lim

Qozog‘iston TFVning xabar berishicha, Butunjahon gimnaziadasi-2022 g‘olib va sovrindorlari 50 ta ta’lim grantlariga ega chiqishdi.

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/50-grantov-na-obuchenie-v-kazahstanskih-vuzah-vruchili-prizyoram-vsemirnoj-gimnaziady

Inson huquqlari

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh yig‘ilishida deputat Jusupbek Korgonbay tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vazirining o‘rinbosari Aysha Karpayevaning layoqatiga, u ayol bo‘lganligi sababli, shubha bildirdi, deb xabar bermoqda   24.kg.

Batafsil quyida: 

https://24.kg/vlast/235609_jenschina_smojet_podnyatsya_nagoru_deputat_zasomnevalsya_vkompetentsii_zamministra/

Bishkekda “Qirg‘iz Respublikasi siyosatida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik” mavzusidagi tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, siyosatga qadam qo‘ygan ayollar qo‘shincha qiyinchiliklar, to‘siqlar va barcha shakldagi zo‘ravonliklar bilan to‘qnash kelishadi, bular orasida ularning o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik ham bor.   

Batafsil quyida:  https://kaktus.media/doc/461073_issledovanie:_jenshiny_politiki_kyrgyzstana_stalkivautsia_so_vsemi_formami_nasiliia.html

Yozgi ta’tillar –bolalar bekorchilikdan koʻcha kezib, darslardan dam oladigan paytgina emas, balki sogʻliqlarini mustahkamlab, yangi koʻnikmalarni oʻzlashtiradigan vaqt hamdir. Biz bolalar oromgohlari va ularning oʻziga xos jihatlari haqida foydali ma’lumotlarni toʻpladik.

Batafsil quyida:  https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220604/kanikuli-v-tadzhikistane-gde-rebenku-otdohnut-etim-letom

Tojikistonda jurnalist va blogerlar feminizm haqida nimalar deyishmoqda?

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220531/kak-v-tadzhikistane-zhurnalisti-i-blogeri-govoryat-pro-feminizm

Turkmanistonda 1-iyun Bolalarni himoya qilish kunida oʻtkazilgan ommaviy tadbirlarga bolalar majburan jalb etildi. Shu kuni erta tongda Mariy viloyati ma’muriy markazida Butunjahon velosiped kuni oldidan ommaviy velopoyga oʻtkazildi. Byudjet tashkilotlari xodimlarini bu tadbirda ishtirok etishga majburlashgan. Azatliq Radiosining muxbiri hududdan shu haqda xabar berdi.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31878720.html

Jurnalist-surishtiruvchi Bolot Temirov rahbarligidagi “Nyu Media” (Qirgʻiziston) Jamoat fondi   World Justice Challenge 2022 xalqaro tanlovi finalchilaridan biri boʻldi. Temirov oʻzining Facebookdagi sahifasida shu haqda xabar qoldirdi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/461086_proekt_bolota_temirova_stal_finalistom_world_justice_challenge_2022.html

Jamiyat

Yaqin kelajakda jahonda oziq-ovqat xavfsizligi borasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holat fonida Turkmanistonda gʻalla oʻrim-yigʻimi hukumatning qattiq nazorati ostida olib borilmoqda. Tejen va Babadayxan etraplari fermerlarining aytishicha, bu yil ularga yetishtirilgan gʻalladan “bittagina boshoq” olishga ham ruxsat berishmagan.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31883198.html

Nur-Sultonning bosh sanitar shifokori Sarxat Beysenova nima uchun shahar favvoralarida choʻmilish mumkin emasligi haqida gapirib berdi. Birinchi galda favvoradagi suv tez-tez yangilanmaydi, shu bois virusli va parazitli kasalliklarga chalinish ehtimoli yuqori boʻladi.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/gepatit-a-i-konyunktivit-cem-mozet-obernutsya-kupanie-v-gorodskix-fontanax

Qozogʻiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Tamara Duysenova Qozogʻistonda faoliyat olib borayotgan onlayn-platformalar rahbarlari bilan uchrashdi. Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda internet-platformalar asosida bandlikning yangi shakllarini tartibga solishga yondoshuvlar muhokama qilingan. Muhokamada Naimi.kz, Quick Work, Яндекс.Такси, Kolesa group, Glovo.kz, Chocofood, Aviata, Chocotravel va Wolt vakillari ishtirok etgan.

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/taksisty-i-kurery-v-kazahstane-poluchat-socpaket-pilotnyj-proekt-zapustyat-v-iyule

2022-yil boshida Qirgʻizistonda 2 million 555 ming nafar 18 yoshgacha boʻlgan bolalar istiqomat qilgan boʻlsa, ularning yarmidan koʻpi (51%) oʻgʻil bolalardir. Milliy statistika qoʻmitasi ana shunday ma’lumotlarni ochiqladi. Muassasaning ma’lumotlariga koʻra, 2021-yil boshi bilan solishtirganda, bolalar soni 43 ming nafarga yoki 1,7% ga oshgan.

Batafsil quyida:  https://kaktus.media/doc/460963_skolko_v_kyrgyzstane_detey_dannye_nacstatkoma.html

2019-yilda Qirgʻizistonda qisqa muddatli mikroqarz servislari paydo boʻlgan edi. Oddiylik va ishonchlilik sababli ular tezda xalq orasida ommalashib ketdi. Oʻn minglab odamlar “oylikkacha” oz miqdorda qarz olishdi va shuning hisobiga kun koʻrishdi. Ammo 2021-yilda Jogorku Kenesh deputatlari Fuqarolik kodeksiga tuzatish kiritishdi va mikroqarz beruvchi kompaniyalar faoliyatini taqiqlashdi. Bunga tayinli asos keltirilmadi, mikroqarz bozori esa yashirin faoliyatga oʻtib ketdi.

Batafsil quyida:  https://kaktus.media/doc/461020_nazad_v_lihie_90_e._pochemy_v_kyrgyzstane_stali_popyliarny_nelegalnye_mikrozaymy.html

1-iyunda butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Bu kun kattalarga bola huquqlari, hayoti va sogʻligʻini himoya qilish zarurligini eslatadi. Shu munosabat bilan Kaktus.media tahririyati Qirgʻiziston bolalari haqida ettita muhim raqam va faktlarni toʻpladi.   

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/460991_7_faktov_o_detiah_kyrgyzstana_v_kartinkah.html

Toshkentda qolipli non sezilarli darajada qimmatlashdi. Xalq tilida “buxanka” deb ataladigan non kechagina 1600 soʻm edi, bugun esa uning narxi 2800 soʻmga chiqqan.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220601/v-tashkente-znachitelno-podorozhal-hleb

Texnologiya

Kelajakda uyali aloqaning 6G standarti tarqalishi haqidagi taxminlar roʻyobga chiqib ulgurmasidan smartfonlar oʻrnini inson tanasiga oʻrnatiladigan devayslar egallaydi. Nokianing ijrochi direktori Pekka Lundmark Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida ana shunday taxminni ilgari surdi, deb xabar bermoqda  CNBC. Lundmarkka koʻra, 6Gning tijoriy tadbiq etilishi 2030-yilda boshlanadi.

Batafsil quyida:   https://informburo.kz/novosti/gendir-nokia-devajsy-vstroennye-v-lyudej-stanut-populyarnee-smartfonov-eshyo-do-poyavleniya-6-g

27-may kuni AQShning xalqaro rivojlanish Agentligi (USAID) Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq ayollarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ga o‘rgatish bo‘yicha “IT Women – Karakalpakstan” nomli kompleks dasturni ishga tushirdi. Dastur xotin-qizlarga ishga joylashish va o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun keng imkoniyatlardan foydalanishlarida qo‘l keladigan AKT sohasidagi asosiy ko‘nikmalarga o‘qitishni nazarda tutadi.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/it-women/

Tojikistonda mavjud onlayn-platformalarning kichik tahlili mamlakatda ish beruvchilar va ish izlayotganlar o‘zlari uchun zarur o‘rinlarni topishlari mumkin bo‘lgan yagona ishchi tizim yo‘qligini ko‘rsatdi. “Biznes maktab” BMTTD bilan hamkorlikda ushbu muammoni hal qilishga intilmoqda – ular bo‘sh ish o‘rinlari, rezyume joylashtiriladigan va ish izlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot quriladigan portalni yaratish tashabbuskorlari bo‘lishdi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220604/novaya-onlain-platforma-soedinit-rabotodatelei-i-frilanserov

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.