Hammaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim
Bu yil Qozog‘istonda 18-marta o‘tkazilayotgan Yagona milliy testning birinchi haftasida 22 nafar abituriyent auditoriyaga kira olmagan, yana 21 nafar abituriyent esa test jarayonida taqiqlangan buyumlardan foydalanishga uringani uchun uni topshirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan, deb xabar berdi Milliy tast markazi direktori Ruslan Emelbayev.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/ent-i-shpionskie-sredstva-chto-prinosyat-abiturienty-na-ekzamen
O‘quv yili yakuniga yetib qoldi, shu munosabat bilan maktablar rahbariyati oldida turgan vazifalar dolzarblashadi hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga qo‘yiladigan talablar kuchayadi. Turkmaniston maktablarida ta’mir uchun pul yig‘ish qizg‘in davom etmoqda. Azatliq muxbirlari g‘arbiy hududdagi vaziyat haqida xabar berishar ekan, deyarli barcha maktablarning o‘quvchilari ta’til boshlangunga qadar 200 manatdan 600 manatgacha pul topshirishlari kerakligini ma’lum qilishmoqda. Pul miqdori o‘quv muassasasi qaroriga ko‘ra farq qiladi.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31866903.html
Dushanbe shahri maktablarining ko‘plab bitiruvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi. “Aziya-Plyus” tahririyati poytaxtlik bitiruvchilar kim bo‘lmoqchi va qayerga hujjat topshirmoqchi ekanini bilishga qiziqdi. Bolalar orasida AQSh oliy o‘quv yurtlariga byudjet asosida o‘qishga kirganlar ham bor ekan.
Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220527/kem-hotyat-stat-dushanbinskie-vipuskniki-i-kuda-postupayut
Tojikistonda 1-iyun kuni barcha umumiy ta’lim maktablarida o‘quv yili rasman yakuniga yetadi: mana necha yildirki u “so‘nggi qo‘ng‘iroq” va tantanali tadbirsiz yakunlanmoqda.
Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baysalov Qirg‘iziston 12 yillik ta’limga o‘tishga tayyor, deb hisoblaydi. U bugun – 30-may kuni Jogorku Keneshning ijtimoiy siyosat masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida shu haqda gapirdi.
Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/460799_edil_baysalov_vyskazal_svoe_mnenie_otnositelno_12_letnego_obycheniia_v_shkolah.html
Bishkek shahar keneshi (Qirg‘iziston) deputati Elnura Duyshekeyeva maktab dasturiga digital-marketing bo‘yicha mashg‘ulotlarni kiritishni taklif qilmoqda. U o‘z taklifini Bishkek shahar keneshining navbatdagi sessiyasida ilgari surdi.
Batafsil quyida:https://kaktus.media/doc/460641_v_shkolah_bishkeka_predlagaut_vvesti_digital_marketing.html
Inson huquqlari
Xotin-qizlarga mislsiz bosim va ularning shaxsiy hayotiga aralashuv fonida Turkmanistondagi jamoat tashkilotlari mamlakatda gender tengligi masalasini ilgari surish rejasini muhokama qilishmoqda. Turkmanistonda xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish bo‘yicha rejani ishlab chiqish muhokamasida hukumat nazorati ostida faoliyat olib boradigan tashkilotlar ishtirok etishmoqda.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31865122.html
Turkmaniston hukumati tomonidan kosmetika muolajalari va soch turmaklarining ayrim turlari taqiqlanganidan keyin go‘zallik salonlari yashirincha faoliyat olib borishga o‘tmoqda. Natijada sartaroshlar, manikyur va kosmetologiya bo‘yicha mutaxassislar taqiqlangan xizmat turlarini yopiq eshiklar ortida yoki o‘z uylarida ko‘rsatishni taklif qilishmoqda. Turkmanistondagi ko‘plab go‘zallik salonlari avtoritar hukumatning sanoatdagi ayrim urfda bo‘lgan xizmatlarga, masalan ulama kiprik va akrillangan tirnoqlarga qo‘ygan taqiqiga qaramay, mijozlarga o‘z xizmatlarini yashirin ravishda ko‘rsatishda davom etishmoqda, deydi ashxobodlik fuqarolardan biri.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31874569.html
O‘zbekistonda yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotlarni tarqatgani uchun OAV hamda Telegram-kanallarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif qilindi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi (AOKA) direktori Asadjon Xodjayev shu haqda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Nova24.uz. So‘nggi ikki yil davomida OAV hamda turli kanallarda nafrat va diniy adovat qo‘zg‘atuvchi 18 mingdan ortiq xabar tarqatilgan. Asadjon Xodjayevning ta’kidlashicha, AOKA axborot tarqatuvchilarni muntazam ogohlantirib kelsada, ma’muriy jazo choralari qo‘llanilmasligi bois, salbiy xabarlar baribir chiqib turibdi.
Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220530/v-uzbekistane-predlozhili-nakazivat-smi-i-telegram-kanali-za-negativnuyu-informatsiyu
Jamiyat
27-may kuni AQShning xalqaro rivojlanish Agentligi (USAID) Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq ayollarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ga o‘rgatish bo‘yicha “IT Women – Karakalpakstan” nomli kompleks dasturni ishga tushirdi. Dastur xotin-qizlarga ishga joylashish va o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun keng imkoniyatlardan foydalanishlarida qo‘l keladigan AKT sohasidagi asosiy ko‘nikmalarga o‘qitishni nazarda tutadi.
Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/it-women/
Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamolov va Aziz Murtazoyevlar o‘zlarining Janubiy koreyalik hamkorlari Jastin Kim bilan birgalikda psixik salomatlik sohasida Ami startapini amalga oshirish uchun Meta (Facebook) grantini yutib olishdi. Investitsiya miqdori 3 million dollarga teng. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi xabar berdi. Loyiha psixiatriya yordamini yanada oson va samarali qilish imkonini beradigan onlayn-konsultatsiya sessiyalarini o‘z ichiga oladi. U Osiyodagi kompaniyalar egalariga o‘z xodimlarining mental salomatligini yaxshilash uchun ushbu softni joriy etish imkonini beradi.
Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/ami/
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoni loyihasi bilan 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya Milliy strategiyasini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 3-iyungacha jamoatchilik muhokamasi uchun saytga joylashtirilgan, deb yozmoqda Sputnik. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan, ishsiz qolishdan va boshqa moliyaviy yo‘qotishlardan muhofaza qilish maqsadida ijtimoiy sug‘urta Jamg‘armasi tashkil etiladi.
Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/social-insurance/
Texnologiya
Qozog‘istondagi “Kasperskiy laboratoriyasi” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, internetga ulangan avtomobillar uchun mo‘ljallangan va avtotransport egalarining hisobga olingan ma’lumotlaridan foydalanadigan mobil ilovalarning yarmidan ko‘pi maxfiylikka ehtimoliy tahdidlar haqida ogohlantirmaydi. Ekspertlar internetga ulangan avtomobillar uchun mo‘ljallangan 69 ta chet mobil ilovalarni tahlil qilib chiqishdi va bunday dasturlarning 58 foizi maxfiylikka ehtimoliy tahdidlar haqida ogohlantirmasligini aniqlashdi. Chet ilovalar boshqaruvni eng ko‘p taklif etadigan avtomobil markalari beshtaligidan Tesla, Nissan, Renault, Ford va Volkswagen joy olgan.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/polzovateli-mobilnyh-prilozhenij-dlya-avto-riskuyut-poteryat-kontrol-nad-svoej-mashinoj
Ekologiya
Kann kinofestivalining muqobil dasturi doirasida 21-may kuni Rossiya va Fransiyalik resissyorlar Lina Srimova hamda Dena Gerbranlarning “Tepalik” nomli hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bishkek yaqinidagi chiqindi poligonida tasvirga olingan filmda chiqindixonada ishlaydigan bir necha insonlarning taqdiri va kundalik turmushi haqida so‘z boradi. Film faqat ekologiya va ijtimoiy tengsizlik haqidagina emas, balki u siyosiy mazmunga ham ega bo‘lib, mualliflarning o‘z o‘tmishi va bugungi kunini mushohada qilib ko‘rish zarurligi haqidagi fikrlarini ham o‘z ichiga olgan. Film mualliflaridan biri Lina Srimova namoyishdan keyin Ukrainadagi urushni qoralab bayonot berdi. “Azatliq”ga bergan intervyusida u Rossiyaning sobiq ittifoq hududidagi va “markazdan uzoqdagi” siyosati haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Rejissyor bu narsalarga shaxsan guvoh bo‘lgan, u Kavkazda, Qabardin-Bolqor Respublikasida tug‘ilgan va yoshligida jurnalist bo‘lishni orzu qilgan.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31865528.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang