Do‘stlar super tanlovimiz yakuniga yetdi!
Videoo‘yinlarning chin ihlosmandlarini qutlaymiz va barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz! Endi esa to‘g‘ri javoblarni e’tiboringizga havola etamiz:
№ 1. Bizningcha, siz bir martagina bo‘lsa ham Minecraft o‘ynashga harakat qilib ko‘rgansiz. Ilk bosqichda har bir o‘yinchi ikkita yarimtalik 10 ta yuracha oladi.
№ 2. Mortal Kombat – Ed Bun va Jon Tobias tomonidan yaratilgan, fayting janridagi videoo‘yinlar seriyasi. Dastlab ular Jan-Klod Van Damm ishtirokida videoo‘yin yaratmoqchi bo‘lishgan, lekin 1992-yilda uning o‘rniga Mortal Kombat yaratilib, sotuvga chiqarilgan. Uning qahramoni Sab-Ziro (Sub-Zero) raqiblarini muzlatib qo‘yadi.
№ 3. SSSR Fanlar akademiyasi Hisoblash markazi xodimi Aleksey Pajitnov tomonidan o‘zi va hamkasblari uchun yaratilgan, murakkab bo‘lmagan mantiqiy boshqotirma qisqa fursatda dunyoga mashhur bo‘lib ketdi va jahondagi eng ko‘p sotilgan o‘yin sifatida tarixga kirdi. 1982-yildan boshlab jami 40 milliondan ortiq nusxasi sotilgan.
№4. Dendy, yoki «Dendi» - Yaponiyaning Nintendo kompaniyasining Famicom o‘yin pristavkalari uchinchi avlodining norasmiy apparat kloni bo‘lgan o‘yin pristavkalari seriyasi. Dendy 1992-yil oxiridan boshlab Steepler kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, Steepler kompaniyasi buyurtmasiga asosan Tayvanda Xitoy ehtiyot qismlaridan yig‘ilgan va asosan sobiq Ittifoq mamlakatlari hududida sotilgan.
№5. Juda ko‘p o‘yinlarda ko‘rsatkich tugmachalardan tashqari ingliz tilidagi W-A-S-D tugmachalardan ham fodalaniladi. Bu chap qo‘l bilan odatda klaviaturaning o‘ng tomonida joylashgan ko‘rsatkichli tugmachalarga uzalib o‘tirmaslik uchun qilingan.
№6. Qlever platformasining o‘z maskoti – Smarti (inglizcha Smarty) ismli qahramoni bor. U samimiy kuchukcha bo‘lib, bizning ayrim o‘yinlarimizda o‘yinchiga topshiriqlarni bajarishda yordam beradi. O‘yinlardan tashqari Smartini yangiliklar bloklarida, ijtimoiy tarmoqlarda, ilovadagi sahifalarda ham ko‘rish mumkin.
№7. Platformamizdagi “Detektiv” o‘yini “hidden objects” formatidagi klassik o‘yin turidir. Agar siz haligacha uni o‘ynab ko‘rmagan bo‘lsangiz, tezroq bu bo‘shliqni to‘ldiring. Darvoqe, ushbu o‘yinning ikkinchi, takomillashgan varianti chiqdi. Sizga yoqishi aniq!
№8. Siz ushbu ranner ustida uzoq qolib ketdingizmi? Marioning harakatlari va sakrashlariga mos harakatlangan bo‘lsangiz kerak? Shunaqami? Shunaqa-ku! Bizda ham :) Darvoqe, bu o‘yinda malika-qalliqni Peach (inglizchadan Shaftoli) deb atashadi. Tan oling, bu siz uchun yangilik bo‘ldimi? Harakat qildik-da.
№9. Snake yoki Ilon – 1997-yilgacha faqat kompyuterlarda bo‘lgan kompyuter o‘yini. Finlyandiyalik ixtirochi Taneli Armanto uni JAVA mobil platformasiga moslashtirdi va o‘yin Nokia kompaniyasi tomonidan birinchi tugmachali telefonlardan biri – Nokia 6110 ga o‘rnatilgan edi.
№10. GTA o‘yinlari seriyasi yaratuvchilari o‘yin olamini yaratishga juda mufassal yondoshishgan. Mualliflar nafaqat orzular fabrikasini chetlab o‘tishmagan va uni Vaynvud nomi ostida o‘yinga qo‘shishgan, balki bugunga qadar internetda V-Rock nomi ostida foydalanishda bo‘lgan onlayn-radiostansiyani ham yaratishgan.