Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest*: 9-may – 16-may 2022 yil.

24.05.2022 • 10:41

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.  

Boshladik!

Ta’lim va fan

Tojikiston va Yaponiya ta’lim sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Bitimni tayyorlash va imzolash yuzasidan taklifni muhokama qilishdi, deb xabar berdi TR ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati. Muhokama Tojikiston ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzodning Yaponiyaning TRdagi yangi tayinlangan elchisi Tosixiro Aiki bilan uchrashuvi jarayonida bo‘lib o‘tdi.                                     

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220513/tadzhikistan-i-yaponiya-namereni-podpisat-soglashenie-o-sotrudnicheste-v-sfere-obrazovaniya

Sadir Japarov “El umutu” (“El-yurt umidi”) nomli xalqaro stipendiyalarning yangi dasturini ta’sis etdi. Prezidentning qayd etishicha, stipendiya miqdori 50 ming dollargacha bo‘lishi mumkin, bu tanlangan oliy o‘quv yurtiga bog‘liq bo‘ladi. Texnika va muhandislik yo‘nalishlariga ustuvorlik beriladi.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/459595_sadyr_japarov_ychredil_prezidentskyu_stipendiu:_stydentam_mogyt_vydelit_do_50_tysiach.html

Toshkent, Samarqand va Buxoroda “Ta’lim va kasb 2.0 - So‘nggi qo‘ng‘iroq 2022” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 20 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari ishtirok etadi. “Ta’lim va kasb” ko‘rgazmalari - O‘zbekistondagi yirik tadbirlar bo‘lib, abituriyentlarga o‘z orzusidagi universitetni topishda yordam beradi. Sifatli ta’lim ommabop bo‘lishi mumkin.

Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2022/05/13/my-fair/

Jamiyat

Fingramota.kz sug‘urta nima uchun kerakligi va sug‘urtaning qanday turlari mavjudligi haqida so‘z yuritadi. Iqtisodiyotning beqarorligi sharoitida bu bir qadar o‘ylangan qaror.   Shu bilan birga, sug‘urta madaniyatini rivojlantirgan va oshirgan holda o‘z hayoti, sog‘lig‘i to‘g‘risida qayg‘urish ham muhim ahamiyatga ega.  

Batafsil quyida: https://informburo.kz/cards/straxovanie-zizni-zdorovya-i-imushhestva-zacem-eto-nuzno                                                                                                                   

10-may kuni Bishkekda “Soros - Qirg‘iziston” Fondi ko‘magida muhim muammolar haqida qirg‘iz va rus tillarida kontentlar yaratish uchun kreatorlarni mentor va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan MediaJava dasturida qatnashish istagi bo‘lganlar uchun axborot karvoni ish boshladi.                                                           

 Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/459618_ideynyh_kyrgyzstancev_naychat_sozdavat_socialno_znachimyy_kontent._ysloviia_ychastiia.

Agar mintaqa mamlakatlaridagi pensiyalar miqdori solishtirilsa, Turkmaniston aholisining turmish darajasi Markaziy Osiyoda eng past bo‘lishi mumkin. Mamlakat hukumatining iqtisodiyot va aholi turmish darajasi oshib borayotgani haqidagi bayonotlariga qaramay, aholining nochor qatlami soni, shu jumladan keksa yoshdagilar orasida, ortib bormoqda. Ko‘pchilik o‘ta ehtiyojmand ahvolda kun kechirmoqda. Pensionerlarning so‘zlariga ko‘ra, davlat to‘lovlari faqat oziq-ovqatga zo‘rg‘a yetmoqda, ko‘pchilik dori-darmon olish imkoniyatiga ega emas.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31840918.html                                                                                                                       

Inson huquqlari

Qirg‘izistonliklarni Onalar kuni bilan tabriklar ekan, mamlakat Prezidenti Sadir Japarov yaqin vaqtlarda Qirg‘izistonda 2030-yilgacha gender tengligiga erishish bo‘yicha strategiya qabul qilinishini qayd etdi, deb xabar bermoqda  Sputnik Qirg‘iziston.   

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/strategiyu-dostizheniya-gendernogo-ravenstva-utverdyat-v-kyrgyzstane        

Turkmanistonda o‘nlab juftliklar jamoat joyida qo‘l ushlashib yurgani uchun hibsga olingan. Qo‘lga olishlar xotin-qizlarga nisbatan bosim kuchayishi ortidan sodir bo‘lmoqda. Turkmanistonning Mari shahrida o‘nlab juftliklar “jamoat joyida bo‘lish tartib-qoidalarini buzgani uchun” hibsga olingan va qo‘liga kishan solib olib ketilgan. Yopiq mamlakat hukumati xotin-qizlarning kundalik hayoti ustidan nazoratni kuchaytirayotgandek tasavvur uyg‘onmoqda.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/turkmen-police-detain-hand-holding-couples-amid-new-restrictions/31847695.html

Turkmaniston hukumatining xotin-qizlarga nisbatan ommaviy nazorat va ko‘plab taqiqlarni joriy etishi inson huquqlari sohasidagi xalqaro tashkilotlarning e’tiborini tortdi. Oilani rejalshtirish xalqaro federatsiyasi (IPPF) Turkmaniston hukumati tomonidan oxirgi bir oyda joriy etilgan taqiqlar borasidagi sharhni e’lon qildi va unda abortlarning taqiqlangani mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tgan. IPPF xalqaro hamjamiyatni Turkmanistonda xotin-qizlar huquqlari cheklanishiga qarshi amaliy harakatlarga chaqirdi.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31846111.html

Turkmanistonda davlatning qat’iy nazoratida bo‘lgan gazeta va jurnallarga majburiy obuna mavsumi boshlandi. Davlat va xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlarning xodimlaridan 2022-yilning ikkinchi yarmi uchun davriy nashrlarga obuna bo‘lganlik haqida kvitansiyani ko‘rsatish talab qilinmoqda.

Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31843276.html

Texnologiyalar

AQShda Androiddan foydalanuvchilar va iPhone sohiblarining mashina haydash sifatini solishtirib ko‘rishdi. Tadqiqot natijalarini Amerikada avtosug‘urta mavzusini yorituvchi Jerry portali e’lon qilgan.

Batafsil quyida:  https://kaktus.media/doc/459752_bezopasnost_vojdeniia_y_polzovateley_android_i_vladelcev_iphone_sravnili_v_issledovanii.html

Madaniyat va sport

Tojikistonlik dzyudochi Abubakr Sherov Qozog‘istonda o‘tkazilgan kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida g‘olib chiqdi. Boshqa bir sportchi Parviz Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritdi. 13-maydan 15-maygacha Olmaotada Beket Mahmutov xotirasiga bag‘ishlangan xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Qit’a miqyosidagi musobaqada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziton va Tojikistondan 400 nafardan ziyod dzyudochi ishtirok etdi.  

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/sports/20220516/abubakr-sherov-viigral-kubok-azii-po-dzyudo-sredi-molodezhi

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

 

* Dayjestni tayyorlashda o‘quv amaliyoti doirasida Alya Satbekova yordam berd

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.