Hammaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim va fan
«Tojikistonda beshta rusiyzabon maktab qurilishi davom etmoqda va ular joriy yil 1-sentyabrga foydalanishga topshirilishi kutilmoqda», - degan Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 5-may kuni «Rossiyskaya gazeta»da e’lon qilingan «Rossiya – Markaziy Osiyo. Do‘stlik va hamkorlik yo‘lidagi 30 yil» nomli maqolada. Uning qayd etishicha, «rus tilida ta’lim beriladigan maktablarda o‘qish Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlariga teng huquqlarda kirish imkonini beradi».
O‘zbekistonlik amaldorlar barcha ta’lim muassasalaridagi oshxonalarni autsorsing tizimiga o‘tkazishni taklif qilishmoqda. Hukumatning tegishli qarori loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi, deb yozmoqda Sputnik.
Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/outsourcing/
Jamiyat
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi barcha yoshdagi qishloq aholisini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorlamoqda. Tibbiy ko‘riklarni 1-iyuldan boshlash nazarda tutilgan. Tumanlar va monoshaharlar bosh shifokorlari bilan uchrashuvda sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat shu haqda ma’lum qildi.
Ulug‘ Vatan Urushidagi G‘alaba Kuni arafasida faxriylar holidan xabar olish “Gazprom”ning Qirg‘izistondagi kompaniyalar guruhi xodimlari uchun yaxshi an’anaga aylanib qolgan. Bu yil urush faxriylari, konslagerlar asirlari va Leningrad qamalida bo‘lganlarni yo‘qlab “Gazprom Qirg‘iziston” maktabi o‘quvchilari ham kelishdi.
Qirg‘iziston davlat soliq xizmati 10-maydan “Chek talab qil – sovrin yutib ol!” nomli rag‘batlantiruvchi lotereyani yo‘lga qo‘ymoqchi. Muassasa matbuot xizmatining xabar berishicha, unda ishtirok etish qimmatbaho sovrinlar yutib olish imkonini beradi va cheklar soni qancha ko‘p bo‘lsa – yutish imkoniyati ham shuncha oshadi.
Inson huquqlari
Turkmanistonda 2018-yildan buyon kuzatib kelinayotgan xotin-qizlarning huquqlarini bosqichma-boshqich va rejali tarzda cheklash tendensiyasi yangicha shakl kasb etib bormoqda.
Ekologiya
23-iyun kuni Ashxobodda “Uglevodorodlar qazib olish jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirish va Darvoza kraterini boshqarish istiqbollari” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbir “Turkman forum” kompaniyasi tomonidan Turkmanistonning milliy neft kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan, deb xabar bermoqda Orient.
Hayvonlar huquqlari
«Hayot» boshpanasiz hayvonlarni himoya qilish jamiyati, «Mushukkent» loyihasi va Toshkent hayvonot bog‘i it va mushuklar ko‘rgazmasini tashkil etadi. «Hayot» boshpanasi rahbari Iroda Matkarimovaga tayanib Sputnik shu haqda xabar bermoqda. Volontyorlar tomonidan qutqarib qolingan boshpanasiz jonivorlarning ko‘rgazmasi Toshkent hayvonot bog‘i hududida 14 va 15-may kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/exhibition/
Madaniyat va sport
Tojikiston futbol bo‘yicha navbatdagi xalqaro turnirga mezbonlik qiladi. 13-maydan 20-mayga qadar Dushanbeda 16-yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionati bo‘lib o‘tadi. Beshta terma jamoa mintaqaning eng kuchli jamoasi degan nom uchun kurash olib boradi, deb xabar bermoqda Tojikiston futbol federatsiyasi(TFF).
“Ustalar shahri” festivali, kapalaklar ko‘rgazmasi va mahoratli skripkachining konserti: Dushanbedagi eng yorqin tadbirlar.
Tashkent Flower Fest-2022 gullar festivali Milliy kutubxonaga yondosh hududni turli kompizitsiyalar, arkalar va gulzorlardan iborat go‘zal foto hududga aylantirdi. Hududni bezash uchun shahar hokimiyati va Flowers Garden kompaniyasi million donadan ortiq tirik mavsumiy va 800 mingdan ziyod sun’iy gullardan foydalanishdi. «Gazeta.uz» bu qanchalik chiroyli chiqqani haqida hikoya qiladi.
Batafsil quyida: https://www.gazeta.uz/ru/2022/05/08/flowerfest/
Ehtiyot bo‘ling, firibgarlar
Internet kengliklarida go‘yoki Qozog‘iston banklari, telekommunikatsiya va neft kompaniyalaridan subsidiya, nafaqa va oson ishlab topiladigan maosh taklif qilayotgan firibgar saytlar paydo bo‘lgan. Bunday saytlar fuqarolardan qanday ma’lumotlarni bilib olishmoqda va feyk sahifani qanday tanib olish mumkin? “31-kanal”da "Informbyuro" dasturi muxbirlari shu savollarga javob izlashdi.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/stati/100-tysyac-tenge-ot-kazaxtelekoma-i-onlain-kredity-novye-vidy-mosennicestva-v-kazaxstane
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!
* Dayjestni tayyorlashda o‘quv amaliyoti doirasida Alya Satbekova yordam berd