Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest*: 25-aprel – 2-may 2022 yil.

07.05.2022 • 11:21

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.  

Boshladik!

Ta’lim va fan

Kaktus.media tahririyati Qirg‘izistonda ta’lim to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida xabar berdi. Muhokamada imkon qadar ko‘proq odam qatnashishiga erishish maqsadida, qonun loyihasi va asoslantiruvchi ma’lumotnomani e’lon qilayapmiz.

Batafsil:   https://kaktus.media/doc/459007_obsyjdaem_proekt_zakona_ob_obrazovanii._tekst_i_spravka_obosnovanie.html

Kaktus.media mamlakatdagi ilk IT-maktab hisoblangan “Kelechek MIT” bilan hamkorlikda xususiy maktabni tanlash jarayonida berish kerak bo‘lgan savollar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Batafsil: https://kaktus.media/doc/459001_7_vajnyh_pravil_pri_vybore_chastnoy_shkoly.html

Kaktus.media tahririyati Qirg‘izistonda 12 yillik maktab ta’limi joriy etilishi mumkinligi masalasi muhokamalarning muhim mavzusi bo‘lganini aniqladi. Bu masala ayniqsa, farzandlari 2023-yilda maktabda chiqadigan ota-onalarni ko‘proq qiziqtirmoqda.

Batafsil:   https://kaktus.media/doc/458686_live:_12_let_v_shkole._argymenty_za_i_protiv.html

Jamiyat

COVIDga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning yig‘ilishi yakuni bo‘yicha Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli organlarga 2022-yil 1-maydan salbiy natijali PSR-test yoki koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi sertifikat mavjud bo‘lishi haqidagi majburiy talabni bekor qilish yuzasidan topshiriq berildi, deb xabar bermoqda AKIpress.

Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220428/s-1-maya-dlya-vezda-v-kirgizstan-ne-ponadobyatsya-ptsr-testi-i-sertifikati-o-vaktsinatsii

Tojikiston prezidenti 28-aprel kuni ishchi tashrif bilan Xatlon viloyatining Dang‘ara tumaniga keldi va bu yerda bir qator obyektlarning oshilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati.

Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/power/20220428/emomali-rahmon-nahoditsya-v-dangare-chto-on-uspel-otkrit-v-etom-raione

Inson huquqlari

Bugungi kunda 1,5 millionga yaqin qozog‘iztonlik yakka tartibda uy-joy qurish uchun 10 sotix yer olish maqsadida navbatda turibdi.  Shu bilan birga YTUJQ uchun faqatgina 18,5 ming kishiga yer ajratilgan. Nima uchun buncha kam? “31-kanal”ning "Informbyuro" dasturida yer nizolari bo‘yicha huquqshunos Bakitjon Bozorbek shu haqda mulohaza yuritdi.

Batafsil:   https://informburo.kz/novosti/bazarbek-nuzhno-vvesti-moratorij-na-priyom-zayavlenij-na-poluchenie-10-sotok-v-almaty-i-nur-sultane

Turkmaniston hukumati tomonidan aholini kosmetologiya xizmatlari va tashqi ko‘rinishga oro berish usullaridan foydalanishdan voz kechishga majburlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar jarayonida xotin-qizlarni bu haqda yozma tilxat berishga majbur qilishmoqda.   Azatliq muxbirlari ushbu jarayonlar haqida xabar berishmoqda.

Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/31823330.html

Qozog‘iston Prezidenti Konstitutsiyaviy kengashga mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi. O‘zgartirishlar mamlakat xalqiga Murojaatda bayon etilgan siyosiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun kerak. Qaysi moddalarga o‘zgartirish kiritilmoqchiligi va bu Qozog‘iston xalqiga nima berishi haqida so‘z yuritamiz.                                                                      

Batafsil:  https://informburo.kz/stati/vtoraya-respublika-kakie-popravki-v-konstituciyu-predlagayut-vnesti-i-cto-oni-izmenyat

Oliy Majlis Senatida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va voyaga yetmaganlarga nisbatan axloqqa zid xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada oshirish  masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Parlament yuqori palatasi matbuot xizmatining yozishicha, 26-aprel kuni  Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ana shunday qaror qabul qilingan.                                                          

Batafsil: https://anhor.uz/news/group/

Ekologia                                                                                                               

Yevropa Ittifoqi(YeI), YeIga a’zo-davlatlarning 30 nafar vakili hamda O‘zbekistonning davlat muassasalari  vakillaridan iborat delegatsiya rasmiy tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida va YeIning Orolbo‘yi mintaqasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlari doirasida BMTning inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘phamkorlikli trast jamg‘armasining mahalliy loyihasi hududlarida bo‘lishdi. Delegatsiya matbuot xizmati Anhor.uz ga shu haqda ma’lum qildi.

Batafsil:  https://anhor.uz/news/seedlings/

Madaniyat va sport

5-maydan 8-mayga qadar M.V.Frunze muzeyida harbiy texnikalarning stend model nusxalarining tarixiy-texnik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilarning qayd etishlaricha, u Ulug‘ Vatan Urushidagi jasorat xotirasiga bag‘ishlangan.

Batafsil:  https://kaktus.media/doc/459162_v_bishkeke_proydet_vystavka_modeley_voennoy_tehniki_k_dnu_pobedy.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

* Dayjestni tayyorlashda o‘quv amaliyoti doirasida Alya Satbekova yordam berdi

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.