Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan daydject*: 18 – 25 aprel, 2022-yil

29.04.2022 • 08:17

Hammaga salom!

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng muhim voqealar haqidagi daydjestni etiboringa havola etaman.

Qani ketdik!

Ta’lim va ilm-fan

O‘zbekiston prezidenti “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Подробнее: https://anhor.uz/news/nurli-maskan/

Nobel festivali doirasida blokcheyn, NFT bo‘yicha ekspertlar va nobel laureatlari onlayn tartibda ta’lim va texnologiyalarga doir dolzarb masalalarni muhokama qildi. 12-apreldan boshlab 22-aprelgacha Coca-Cola ko‘magida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Azarbayjon, Gruziya va Germaniyada IV Nobel Fest bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarga metakoinot fazosida qatnasish imkoniyati ta’minlandi

Подробнее: https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/20/nobel-fest/

Qozog‘istonda ilk umumrespublika ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi. Onlayn-tadbirda 500 dan ortiq qozog‘istonliklar ishtirok etdi. Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri Art Sport bolalar sporti va ijodini jon boshiga moliyalashtirish dasturini moliyalashtirishni bekor qilishga qaratilgan edi.

Подробнее: https://informburo.kz/novosti/vernite-art-sport-roditeli-so-vsego-kazahstana-sobralis-i-obratilis-k-chinovnikam

Inson huquqlari

Fingramota.kz firibgarlik sxemalari qanday takomillashtirilayotgani va qanday ma’lumotlarni oshkor qilib bo‘lmasligi haqida xabar berdi

Подробнее: https://informburo.kz/cards/mosenniki-pridumali-novye-ulovki-rasskazyvaem-kak-ne-obmanutsya

Ashxobod ko‘chalari va chekka hududlarda politsiyaning misli ko‘rilmagan kuzatuv faoliyati davom etmoqda. “Ozodlik” muxbirlarining xabarlariga ko‘ra, qoidabuzarlarni qidirish mobaynida militsiya xodimlari ko‘chalarni kezib, yo‘lovchilarni va o‘tib ketayotgan mashinalarni to‘xtatib, piyodalar va yo‘lovchilarni manikyur, qo‘llariga o‘stirilgan tirnoqlar, yuzlarida tibbiy niqoblar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Подробнее: https://rus.azathabar.com/a/31812489.html

Kiberhujumni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik axborot resurslari va tizimlarning egalari bu haqida, kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan Davlat xavfsizligi xizmatiga (DXX) hodisa haqida xabar berishlari shart. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 15-aprel kuni imzolangan «Kiberxavfsizlik togrisidagi qonun»da nazarda tutilgan.

Подробнее: https://anhor.uz/news/cybersecurity/

Madaniyat va sport

Mamlakatdagi YUNESKO vakolatxonasida “Gazeta.uz”ga xabar berishlariga asosan 30-apreldan 18-maygacha O‘zbekistonda oltinchi xalqaro djaz festivali bo‘lib o‘tadi.

Подробнее: https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/19/jazz/

Ushbu yili “Kelajak senga bog‘liq” an’anaviy chempionatida mamlakat va hududning obro‘sini Rushan shahrining bolalar jamoalari himoya qiladi. TBAVdan bolalar Tojikiston uchun ham katta, ham yosh toifada o‘ynashadi.

Подробнее: https://www.asiaplustj.info/ru/news/sports/20220421/yunie-futbolisti-iz-gbao-pokazhut-v-sochi-tadzhikskii-klass

«Osiyo-Plyus» mediaguruhi Dushanbe hokimiyatining ko‘magida «OSMONI DUSHANBE - 2022» Ikkinchi varrak uchirish festivalini o‘tkazmoqda.                                        Подробнее: https://www.asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20220422/v-dushanbe-proidyot-kite-fest-osmoni-dushanbe-2022

 

Biz bilan qolganing uchun rahmat!

Ko‘rishguncha!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatla! Layk qo‘y, Qlever’ni o‘yna!

 

* Daydjestni tuzishda o‘quv amaliyoti doirasida Alua Satbekova yordam berd

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.