Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Albatta oʻqib chiqing! Yangi Foydalanuvchi bitimi

26.04.2022 • 14:20

Bugundan yangilangan Foydalanuvchi bitimi kuchga kirdi. Biz 5.9 – 5.11-bandlarni yangiladik – yangi Foydalanuvchi bitimi bilan “Qlever haqida” boʻlimida tanishish mumkin. Qlever Platformasidan foydalanishda davom etishingiz yangi Foydalanuvchi bitimi shartlariuni qabul qilganingizni anglatadi. Agar siz yangi Foydalanuvchi bitimiga rozi boʻlmasangiz Qlever platformasidan foydalanishni toʻxtatishingiz mumkin.

Nima uchun Foydalanuvchi bitimiga oʻzgartirish kiritdik?

Biz har bir oʻyinchida doʻkonimizdan sovrinlar yutib olish imkoniyati boʻlishini istaymiz. Nohalol o‘yin holatlari ko‘payib borayotgani sababli bu qiyinlashib ketayapti. ? Qoidalarga amal qilgan holda o‘ynaydiganlarni himoya qilish maqsadida, Foydalanuvchi bitimiga (bu platformada ro‘yxatdan o‘tish paytida shartlariga siz rozilik beradigan hujjat) qo‘shimchalar kiritdik.

Yangi qoidalarga ko‘ra, har bir o‘yinchiga Qlever platformasida faqat bitta akkaunt ochishga ruxsat beriladi. Biz, shuningdek, yulduzchalarning bitta akkauntdan boshqasiga berilishi hamda o‘ylab topilishiga va boshqa xil qallobliklarga qarshimiz. Yangi qoidalar Foydalanuvchi bitimining 5.9 – 5.11-bandlarida bayon etilgan va ular 2022-yil 4-apreldan kuchga kirdi.

Platformada halol oʻyinning ayrim bazaviy qoidalarini siz, shuningdek forumning “Halol yoʻl bilan ballar yigʻish qiyinmi” nomli boʻlimidan ham topishingiz mumkin.

Oʻynang, oʻrganing va Qleverdan sovrinlar yutib oling!⭐⭐⭐

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.