Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest*:11 – 18-aprel 2022 yil.

19.04.2022 • 12:05

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.  

Boshladik!

Ta’lim va fan

Dushanbedagi 55 ta maktabda  eDonish elektron dasturi ishlay boshladi va ikkinchi bosqichda unga yana 50 dan ortiq maktab ulanishi ko‘zda tutilgan.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220418/k-edonish-v-dushanbe-budut-podklyucheni-etshe-bolee-50-shkol

Odatda apreldan avgust oyigacha tojikistonlik abituriyentlar universitat tanlash haqida o‘ylay boshlaydilar va Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlariga topshirish uchun hujjatlarini tayyorlashga kirishadilar. “Asiya-Plyus” Yevropadagi universitetlardan qolishmaydigan Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlarining narxlari, grant olish imkoniyatlari, o‘ziga xosliklari va abituriyentlar uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar jamlangan tahlilini tayyorladi.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220414/vosem-universitetov-tsentralnoi-azii-kotorie-dayut-mezhdunarodnoe-obrazovanie

Inson huquqlari

Katta yoshli har bir qozog‘istonlik uy-joy qurish uchun yer olish huquqiga ega. Yerni qanday olish va navbatga turish mumkinligi haqida quyidagi havoladan bilib olish mumkin.

Batafsil quyida:: https://informburo.kz/stati/kak-ne-vyxodya-iz-doma-podat-zayavku-na-besplatnye-10-sotok-zemli-posagovaya-instrukciya

Turkmanistonda bir qator kosmetika muolajalariga ta’qiq qo‘yilmoqda. Mariy viloyatining Bayramli shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari shu kunlarda mahalliy go‘zallik salonlarini aylanib, xotin-qizlarga ayrim kosmetik xizmatlarni ko‘rsatish ta’qiqlanganidan ogohlantirishmoqda.

Batafsil quyida:  https://rus.azathabar.com/a/31801145.html

Jamiyat

Qozog‘iston 11-apreldan  fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va chet elliklarga Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan quruqlikdagi o‘tish punktlaridan davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. “Aziya-Plyus” o‘quvchilarining Qozog‘iston va Rossiya chegarasini quruqlikdagi punktlar orqali kesib o‘tish borasidagi eng ko‘p berilayotgan savollariga javoblar tayyorlandi.  

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220415/kak-doehat-v-rossiyu-i-kazahstan-iz-tadzhikistana-nazemnim-putem-i-vo-skolko-eto-oboidetsya

Otbasi bank (Qozog‘iston) ijara uy-joyga subsidiya ajratish bo‘yicha arizalar qabul qilish uchun platformani ishga tushirdi. Kimlar ana shunday subsidiya olishga da’vogar bo‘lishlari mumkinligi haqida batafsil quyidagi havoladan bilib olish mumkin:                                                               

 Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-nachalsya-priyom-zayavok-na-subsidirovanie-arendnogo-zhilya

Madaniyat va sport

TR futbol federatsiyasining xabar berishicha, Tojikiston bolalar-o‘smirlar futbol ligasi – “Tcell – Futbol ba nazdi shumo meoyad” ko‘cha futboli ligasi Osiyo qit’asidagi ommaviy futbol bo‘yicha namunali musobaqalardan biri sifatida Osiyo Futbol Konfederatsiyasining eng yaxshi grassruts-loyihalari ro‘yxatidan joy olgan.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/sports/20220418/proekt-tcell-futbol-ba-nazdi-shumo-meoyad-v-chislo-obraztsovih-sorevnovanii-po-massovomu-futbolu-na-aziatskom-kontinente

18 – 22-aprel kunlari Toshkentda animatsiya filmlarining  Tashkent Animation Forum-2022 forumi bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo va MDHdan multiplikatorlar ishtirok etishadi. Tojikistondan Lolisanam Ulug‘ova hamda Farhod G‘afforpur o‘z ijod namunalari bilan kelishgan.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20220416/dva-rezhissera-iz-tadzhikistana-predstavyat-svoi-raboti-na-forume-animatsionnih-filmov-v-tashkente

Toshkentda 17-aprel kuni badiiy gimnastika bo‘yicha jahon Kubogi bosqichi yakuniga yetdi, deb  xabar bermoqda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmati. O‘zbekistonlik gimnastikachi qizlar jami 7 ta: 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Federatsiyaning qayd etishicha, bu jahon Kuboklari tarixida mamlakat terma jamoasi ko‘rsatgan eng yaxshi natija hisoblanadi.

Batafsil quyida:   https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/18/gymnastics/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

 

* Dayjestni tayyorlashda o‘quv amaliyoti doirasida Alya Satbekova yordam berdi

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.