Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormang! Biz Foydalanuvchi bitimini yangiladik.

15.04.2022 • 09:52

Platformadagi o‘yinchilar soni 91 000 dan oshib ketdi! Har kuni ular safi kengayib bormoqda! Qlever platformasida o‘ynayotganingizdan va biz bilan birga bilmaganlaringizni o‘rganayotganingizdan xursandmiz!

Biz har bir o‘yinchida do‘konimizdan sovrinlar yutib olish imkoniyati bo‘lishini istaymiz. Nohalol o‘yin holatlari ko‘payib borayotgani sababli bu qiyinlashib ketayapti. ? Qoidalarga amal qilgan holda o‘ynaydiganlarni himoya qilish maqsadida, Foydalanuvchi bitimiga (bu platformada ro‘yxatdan o‘tish paytida shartlariga siz rozilik beradigan hujjat) qo‘shimchalar kiritdik.

Yangi qoidalarga ko‘ra, har bir o‘yinchiga Qlever platformasida faqat bitta akkaunt ochishga ruxsat beriladi. Biz, shuningdek, yulduzchalarning bitta akkauntdan boshqasiga berilishi hamda o‘ylab topilishiga qarshimiz. Barcha yangi qoidalar Foydalanuvchi bitimining 5.9 – 5.11-bandlarida bayon etilgan va ular 2022-yil 4-apreldan kuchga kirdi.

Platformada halol oʻyinning ayrim bazaviy qoidalarini siz, shuningdek forumning “Halol yoʻl bilan ballar yigʻish qiyinmi” nomli boʻlimidan ham topishingiz mumkin.

Barcha savollar bilan bizga Qayta aloqa boʻlimi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Agar sizda nopok oʻyinchilar yoki Qleverga bagʻishlangan maxsus guruhlar/chatlar haqida ma’lumotlar mavjud boʻlsa, bizga ular haqida oʻsha Qayta aloqa boʻlimi orqali xabar bering. Qleverda halol oʻyinni qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun biz albatta sizni yulduzchalar bilan taqdirlaymiz. Ismi sharifingiz oshkor etilmasligi kafolatlanadi??

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.