Hammaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim va fan
6-aprel kuni Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida “Qirg‘iz Respublikasi ta’lim sektorida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha Bitim” dasturi doirasida moliyaviy kelishuv imzolandi. TvaFV matbuot xizmati shu haqda xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktablar o‘qituvchilarini yangi metodikalar asosida qayta tayyorlash umummilliy loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/05/new-method/
Yoshlar uchun qiziqarli imkoniyatlar e’lon qilinadigan ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borish mumkin bo‘lgan yoshlar tashkilotlarining to‘plamini tuzdik. Darvoqe, zarur bilim va tanishuvlardan tashqari bu yerda, shuningdek ko‘ngilli bo‘lish ham mumkin.
Jamiyat
O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikda tayyorlangan 2021-yilda mamlakatda mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Mehnat qoidalarining bajarilishi haqidagi birinchi yillik hisobot o‘tgan yili e’lon qilingan edi.
Hisobotda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan asosiy nazorat qiluvchi organi hisoblangan Davlat mehnat inspeksiyasi (DMI) faoliyati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/06/labour-in-2021/
Qozog‘iston 11-apreldan boshlab Qozog‘iston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va chet elliklarga O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tish punktlarida davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. Qozog‘istonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya epidemiologik vaziyat barqarorlashgani munosabati bilan 6-aprel kuni ana shunday qaror qabul qildi, deb xabar berilmoqda Qozog‘iston bosh vazirining saytida.
Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/06/kz/
Kiyim savdosi bilan shug‘ullanuvchi H&M va Zara O‘zbekiston bozoriga kirishlari mumkin. Podrobno.uzning “O‘zto‘qimachiliksanoat” kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, aprelda O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu va boshqa bir qator moda brendlarining vakillari bilan muzokaralar olib boradi. Yetakchi xalqaro moda brendlarini birlashtirgan Cotton Campaign xalqaro kaolitsiyasi 2010-yilda paxta maydonlarida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilayotgani tufayli joriy etilgan o‘zbek paxtasiga global boykotning tugaganini e’lon qilgani bunga imkon bermoqda.
Inson huquqlari
Turkmaniston va Turkiya huquq himoyachilari Turkmanistondagi inson huquqlari muammosini muhokama qilishdi. 1-aprel kuni Istambulda bo‘lib o‘tgan seminarda turkmanistonlik faollar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha “Turkman Xelsinki Fondi” (TXF) ko‘magida tayyorlangan so‘nggi 30 yilda Turkmanistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat haqidagi tahlil taqdim etildi.
Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/31784772.html
Ekologiya
7-aprel kuni butun sayyoramiz Butunjahon salomatlik kunini keng nishonladi. Joriy yilda uning mavzusi – “Bizning sayyoramiz, bizning sog‘lig‘imiz” bo‘lib, tadbirning o‘zi e’tiborni sog‘liqni saqlash sohasiga taalluqli iqlim inqiroziga qaratdi. Butunjahon salomatlik kunini nishonlash doirasida Bishkekda daraxt ekish va chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha aksiya o‘tkazildi. Unda poytaxt aholisi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, QR IIV giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash Xizmati, Bishkek hokimiyati, Respublika va Bishkek shahar salomatlikni mustahkamlash markazlari, Qirg‘iziston Qizil Yarim Oy jamiyati, BMT agentliklari va QRdagi xorijiy elchixonalar vakillari ishtirok etishdi.
Batafsil: https://kaktus.media/doc/457711_v_bishkeke_ko_vsemirnomy_dnu_zdorovia_v ysadili_derevia_i_ybrali_mysor.html
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Tim Torlou Alter Ego YouTube loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekistondagi va jahondagi ekologik vaziyat haqida fikr bildirib, uning oqibatlarini yumshatish uchun choralarga to‘xtalib o‘tdi.
Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/04/climate-change/
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!
* Dayjestni tayyorlashda o‘quv amaliyoti doirasida Alya Satbekova yordam berdi