Hammaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim va fan
Yanvar voqealari vaqtida va pandemiya sababli darslar bekor qilingani bois Qozog‘istonda yozgi maktablar tashkil etiladi, deb xabar bermoqda ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov.
Batafsil: https://informburo.kz/novosti/letnie-skoly-vnov-budut-rabotat-v-kazaxstane
Pledges xalqaro kompaniyasi Tojikistonda “Ilmxona” ko‘nikmalar akseleratorini yangi Bootcamp ProSkills dasturini ishga tushirish uchun butun dunyoda dasturlash bo‘yicha behsta maktabdan biri sifatida tanlab oldi. Dasturning asosiy maqsadi – qisqa muddatda talabalarni ishga joylashish bo‘yicha tezkor tayyorlashdan iborat. ProSkills kurslari ish beruvchilarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, 3 oy ichida mutaxassis bo‘lish uchun yetarli amaliy bilimlarni beradi. Dastur dasturlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lganlarga mos keladi. Qolgan narsalarga esa sizni kurslarda o‘rgatishadi.
Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220329/poluchi-rabotu-svoei-mechti-vmeste-s-ilmhona-a-zaplati-potom
“Xorijdagi o‘zbekistinliklar” loyihasi doirasida “Gazeta.uz” tahririyati xorijda ta’lim olayotgan yoki chet elda o‘qib, o‘sha yerda ishlab qolgan vatandoshlar bilan suhbatlar e’lon qilmoqda. Biz uydan olisdagi hayot, xorijda o‘qishni tanlash sababi va qahramon boshidan kechirgan sinovlar haqida so‘z yuritamiz.
Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/02/shell/
Jamiyat
Qozog‘istonda uch yil ichida 62 mln m2 uy-joy qurish rejalashtirilmoqda. Qurilish tezligi oshirib boriladi, chunki uy-joy masalasi inqirozga qarshi choralar paketida asosiy o‘rinlarda birida turadi. Qurilish materiallarining qimmatlashib ketayotganini inobatga olib, hukumat bu vazifani uddalay olarmikan? “31-kanal”da "Informbyuro" efirida ekspertlar shu haqda mulohaza yuritishdi.
Batafsil: https://informburo.kz/stati/kogda-v-kazaxstane-resat-kvartirnyi-vopros
O‘zbekistonda davlat va xususiy tibbiyot muassasalari uchun tibbiy xizmatlarning yagona narxi tasdiqlanadi, deb yozmoqda Farg‘ona. O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklariga narxlarni bir xil holatga keltirish uchun ikki hafta vaqt berilgan.
Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220329/v-uzbekistane-tarifi-chastnih-i-gosudarstvennih-klinik-budut-odinakovimi
Inson huquqlari
Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” radikal harakati o‘z va’dasining ustidan chiqmay, o‘rta va katta yoshdagi qizlarning maktabda ta’lim olishiga ruxsat bermaganidan keyin, Qobulda uzoq vaqtdan beri kuzatilmagan ayollarning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Yanvar oyi o‘rtalarida paranji (burqa) yopinib yurishning majburiyligiga qarshi ayollarning norozilik namoyishlaridan keyin toliblar faol ayollarni ommaviy ravishda qamoqqa olgan edi. Ammo toliblarning qizlar maktabda o‘qishini taqiqlashi ayollarni yana ko‘chaga olib chiqdi: ularni repressiyalar emas, balki qizlari o‘qish va yozishni bilmasligi, shuning oqibatida radikallarning diniy qoidalari asosida yashashga majbur bo‘lishlari ko‘proq tashvishga solmoqda.
Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20220331/smozhet-li-mirovoe-soobtshestvo-prinudit-talibov-otkrit-shkoli-dlya-devochek
Turkmanistonda dindorlar navbatdagi bosimga duch kelishdi. Poytaxtdagi davlat muassasalari xodimlariga ish joyida ibodat qilish taqiqlandi. Shu bilan birga, mamlakatdagi koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan machitlarda har kuni nomozga chorlab besh vaqt azon aytilmoqda. Nomoz o‘qiydigan fuqarolar navbatdagi bosimga uchragani haqida Azatliqning Ashxoboddagi manbalari va muxbirlari xabar qilishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, davlat tashkilotlarida xodimlar ishdan bo‘shatish tahdidi bilan ish joyida nomoz o‘qimaslik to‘g‘risida ogohlantirilmoqda.
Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/31638714.html
Ekologiya
UniSat (Uni – UNISEF (BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning qisqartmasi, Sat – satellite (yo‘ldosh)ning qisqartmasi) ta’lim dasturining ishtirokchisi bo‘lgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik 150 dan ortiq qizlar stratosferaga uchta ultra zamonaviy nano yo‘ldoshni uchirishdi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Anhor.uzga shu haqda xabar berdi.
Batafsil: https://anhor.uz/news/nanosatellite/
Madaniyat va sport
Dushanbeda 55 GYM LADIES nomli Tojikistondagi ilk xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan to‘laqonli sport majmuasi ochildi. U 55 GYM birinchi milliy sport majmualari tarmog‘i tarkibiga kiradi. Tashkilot rahbariyatining ma’lum qilishicha, xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan eksklyuziv sport majmuasini barpo etishda ayollar erkaklar bilan bitta zalda shug‘ullanganida yuzaga keladigan noqulayliklarning oldini olish uchun psixologik qulaylik omillari hisobga olingan. Yangi sport majmuasi zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan, xodimlari ham yuqori malakali ayollardan iborat.
Batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/sports/20220329/v-tadzhikistane-zarabotal-pervii-mnogofunktsionalnii-zhenskii-sportkompleks
Qirg‘iziston futbol ittifoqi va MegaCom davlat uyali aloqa operatori homiylik shartnomasini imzolashdi. Hujjatni rasmiy imzolash marosimi 2022-yil 28-mart kuni MegaCom kompaniyasi bosh ofisining konferensiyalar zalida “QFI” JYuSh prezidenti Mederbek Sidikov hamda “Alfa Telekom” YoAJ bosh direktori Azat Bazarqulov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Imzolangan shartnoma shartlariga ko‘ra, MegaCom davlat uyali aloqa operatoriga Qirg‘iziston futbol ittisoqining top-homiysi maqomi berildi.
Batafsil: https://kaktus.media/doc/457184_kyrgyzskiy_fytbolnyy_souz_obrel_top_sponsora_kompaniu_megacom.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!
* В составлении дайджеста помогала Алуа Сатбекова в рамках учебной практик