Qlever axborot koinotiga feyklar to‘lqini yaqinlashib kelmoqda. Feyklar sarosima urug‘ini sochadi, jamiyatni soxta dushmanlarni izlashga yo‘naltiradi, tartibsizliklarga undaydi, iste’molchilarni aldaydi, auditoriyani izdan chiqaradi, tasgvish va noaniqlik hissini shakllantiradi.
O‘zingizni super qahramondek his qiling, axborotning haqiqatligini tekshiring, feyklarni fosh eting, “Fakebusters”da ballar to‘plang, ularni sovg‘alarga almashtiring. Va, albatta, mediasavodxon bo‘ling, post qilayotgan, layk bosayotgan, sheyerga joylayotgan narsalaringizga e’tiborli bo‘ling – axboriy gigiyena shundan boshlanadi.
“Fakebusters”da siz feyk bilan faktni farqlashni o‘rganasiz. Axborot qahramoni uchun bu pista chaqishdek gap!