Hammaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim va fan
Dushanbeda tojikistonlik rejissyor va senariynavis Iskandar Usmonov rahbarligidagi bolalar kinosi eksperimental Maktabi tomonidan suratga olingan bolalar filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. «Tugʻilgan kuning bilan, Riana!» – shu nomli qisqa metrajli film bolalarning diplom ishi hisoblanadi. Unda doʻstlari tugʻilgan kuni bilan noodatiy tarzda tabriklagan qiz haqida hikoya qilinadi. Filmni tasvirga olish jarayonlari fevral oyi boshlarida boʻlib oʻtgan, u toʻliq xususiy moliyaviy manbalar hisobiga suratga olingan.
Petropavlovskdagi Nazarboyev Intellektual maktabi(Qozogʻiston) kimyo-biologiya yoʻnalishining besh nafar oʻquvchi qizlari Microsoft kompaniyasi tomonidan qizlar uchun tashkil etilgan Cup Junior Virtual AI Hackathons AI for Good – “Sun’iy intellekt farovonlik uchun” nomli xalqaro xakatonda birinchi oʻrinni egallashdi, deb xabar bermoqda oʻquv muassasasi matbuot xizmati. Xalqaro tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan 22 ta jamoa ishtirok etdi. Xakatonning maqsadi – sun’iy intellekt asosida ma’lum bir muammoning yechimini ishlab chiqish va taqdim etishdan iborat boʻldi.
Qozogʻiston ta’lim tashkilotlarida majburiy niqob taqish tartibi bekor qilindi. Bu haqdagi buyruqni QR bosh davlat sanitariya shifokori Ayjan Yesmagambetova imzoladi. Epidemiologik vaziyatni baholashning matritsasiga muvofiq, “yashil” va “sariq” hududlarda joylashgan mulkchilik shakli va idoraviy boʻysinuvidan qat’iy nazar, barcha ta’lim muassasalarida majbiriy niqob taqish tartibi bekor qilinmoqda. Sinf xonalarda oʻqitishga ruxsat beriladi.
Batafsil: https://informburo.kz/novosti/masochnyj-rezhim-otmenili-v-shkolah-i-vuzah-kazahstana Постановление
26-mart kuni respublika olimpiadasida gʻolib chiqqan Qirgʻiziston oʻquvchilariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Ta’lim vaziri oʻrinbosari Nodira Jusupbekovaning soʻzlariga koʻra, ikki yil ichida birinchi marta bunday tadbir oʻtkazilgan.
Jamiyat
Toshkentda ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan asos solingan nogironligi boʻlgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash Markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Markazning asosiy maqsadi nogironligi boʻlgan vatandoshlar hamda ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun xayriya aksiyalarini oʻtkazishdan iborat. Vazirlik shu haqda xabar qildi.
Batafsil: https://anhor.uz/news/center-tashkent/
Bahor kelishi bilan Turkmanistonda oʻgʻil bolalarni sunnat qilish mavsumi boshlandi. Lebapliklarning koʻpchiligi bizning muxbirimizga diniy an’analarga asoslangan ushbu jarrohlik amaliyoti ancha qimmatlashganini aytishgan.
Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/31759565.html
Inson huquqlari
Turkmaniston maktablarida yuqori sinf oʻquvchilari, asosan qiz bolalarning “axloqiy tarbiyasini oshirishga qaratilgan” tarbiyaviy soatlar qayta yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tadbirlarga jalb etilgan tarbiyachilarning aytishlaricha, hokimiyat vakillari ularga tegishli bilimlarning yetishmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin boʻlgan masalalar va jinsiy tarbiya borasida tushuntirish ishlarini olib borishga ruxsat berish oʻrniga diniy mavzuda ma’ruzalar oʻqish va ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqida gapirib berishga majbur qilishnoqda.
Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/31769908.html
Skype messenjeri 2021-yil iyul oyida kiritilgan “Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huqularini buzuvchilar Reestri”dan chiqarildi. “Gazeta.uz” Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (ATKRV) matbuot xizmatiga tayanib shu haqda xabar berdi.
Qozogʻistonning Nyu-York shahrida joylashgan BMTdagi doimiy vakili Magjan Ilyasov BMT depozitariysiga saqlash uchun oʻlim jazosini bekor qilishga qaratilgan fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida Xalqaro paktning ikkinchi fakultativ bayonnomasini ratifikatsiya qilish haqidagi Yorliqni topshirdi, deb xabar bermoqda QR TIV. Qozogʻiston BMTga a’zo 193 ta davlat orasida ushbu Bayonnomaga qoʻshilgan 90-mamlakat boʻldi.
Qirgʻizistondagi notijorat tashkilotlari Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarovga 2022-yil 22-martdagi “Notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida” Qirgʻiz Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror yuzasidan murojaat qilishdi. NTTlar Vazirlar Mahkamasi raisidan notijorat tashkilotlari tomonidan yigʻma moliyaviy ma’lumotni e’lon qilish toʻgʻrisidagi yangi talab atrofida yuzaga kelgan vaziyatga yechim topishda yordam berishini soʻrashmoqda.
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang