Hammaga salom!
E’tiboringizga Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.
Boshladik!
Ta’lim va fan
AQSh, Yaponiya, Turkiya, Ruminiya va Niderlandiyada o‘qish uchun stipendiyalar to‘plami.
Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220311/podborka-stipendii-dlya-uchebi-v-ssha-yaponii-turtsii-ruminii-i-niderlandah
O‘quvchilarning ta’limdagi natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA – 15 yoshli o‘smirlar qanday fikrlashini, yanayam aniqrog‘i, ular inson aqliy qobiliyati o‘sishi va rivojlanishiga qanchalik ishonishlarini o‘rgandi. Tadqiqotda bu insonning aqli va qobiliyati vaqtlar davomida rivojlanib borishiga ishonchni anglatuvchi ilg‘or fikrlash sifatida aniqlandi. Bu har kim butun umri davomida deyarli o‘zgarmaydigan ma’lum bir pog‘onadagi qobiliyat va aqliy daraja bilan tug‘ilishi haqidagi qotib qolgan fikr va ishonchni yo‘qqa chiqaradi. Tadqiqotda qayd etilishicha, ilg‘or fikrlovchi inson o‘zini muvaffaqiyatlarga chog‘lay oladi, deyiladi Qozog‘iston ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatining xabarida.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/issledovanie-pisa-veryat-li-podrostki-v-svoi-sily-i-v-razvitie-chelovecheskogo-intellekta
Deputat Tazabek Ikramov qirg‘izistonlik o‘quvchilarga dars paytida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlashni taklif etmoqda. U Jokorku Kenges ijtimoiy siyosat masalalari qo‘mitasining bugun – 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida shu taklifni ilgari surgan.
Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/456185_tazabek_ikramov_predlagaet_zapretit_ychenikam_polzovatsia_telefonami_v_shkole.html
Jamiyat
Covid-19 tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning xabar berishicha, Qozog‘istonda “Ashyq” mobil ilovasidan foydalanish va niqob taqish tartibi bekor qilindi.
Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/ashyq-i-noshenie-masok-na-ulice-otmenili-v-kazahstane
Inson huquqlari
Xalqaro Xotin-qizlar kunida YUNISEF munosib kelajakni barpo etishda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratgan holda ular uchun gender tengligini ta’minlashga chaqirdi. Buning uchun xotin-qizlarning iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayot sohalarida faol ishtirokini ta’minlsh, ularning rasmiy va norasmiy ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, qizlarning fan, texnologiyalar, muhandislik va matematikada (STEM) ishtirokiga investitsiyalar kiritish, ularga raqamli ko‘nikmalarni egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish zarur.
Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/gender-equality/
Hayvonlar huquqlari
Turkmanistonda uy hayvonlariga nisbatan shafqatsiz munosabat va ularning egalarini ta’qib qilish davom etmoqda. Xususiy mulk hududiga zo‘ravonlik bilan kirish va u yerda bo‘lgan hayvonlarni o‘ldirish holatlari ochilmay qolmoqda, boshpanasiz jonivorlarni tutib ketish esa davom etmoqda. Shafqatsizlik ochiqchasiga sodir etilmoqda, hukumat vakillari esa bu holatni izohlashmayapti.
Batafsil quyida: https://rus.azathabar.com/a/31742566.html
Ekologiya
14-mart kuni ko‘plab mamlakatlarda Xalqaro daryolar kuni nishonlanadi. Shu kun munosabati bilan biz Tojikistondagi daryolar haqida ma’lumotlar taqdim etishga qaror qildik.
Tojikiston hududida jami 600 ta daryo va vaqtinchalik suv o‘zanlari mavjud (ayrim manbalarda bu raqam 1000 ga yaqin deb beriladi), ular Markaziy Osiyodagi eng yirik Amudaryo va Sirdaryo suv havzalariga kiradi. Tojikiston daryolarining umumiy uzunligi 28 500 kmdan ortiq bo‘lib, bu Amazonkadan 4 marta uzunroq deganidir.
Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/20220314/top-7-samih-dlinnih-rek-tadzhikistana
Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomoni o‘zaro foydali shartlarda elektr energiyasi va suv ta’minoti bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Qozog‘iston Bosh vazirining saytida shu haqda xabar qilindi.
Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/456165_kyrgyzstan_predostavit_kazahstany_vody_v_obmen_na_elektrichestvo.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang