So‘nggi vaqtlarda tarmoqda juda ko‘p ishonchsiz axborotlar tarqatilmoqda. Voqealar rivojini to‘g‘ri baholash va feyklarga aldanib qolmaslik uchun yangiliklarni diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak.
⚠️ FEYKlarni tarqatadigan anonim telegram kanallarga obuna bo‘lmang. Anonim telegram kanallarning aksariyati reklamadan pul topadi. Har qanday anonim axborot manbasi ishonch uyg‘ota oilmaydi. Eng yaxshisi axborotning birinchi manbasini toppish kerak.
⚠️Ishonchli manbalardan foydalaning.
Feyk yangiliklarni tekshirish uchun loyihalar (rasmiy va mustaqil):
stopfake.kz
⚠️Mish-mishlarga va sifatsiz skrinshotlarga ishonmang. Butun yangilikni diqqat bilan o‘qib chiqing. Original video va fotosuratlarga feyk tagso‘zlar ilova qilinishi, yangilikning matni esa sarlavhaga mos kelmasligi mumkin.
⚠️ Tarmoqda yozilayotgan hamma narsaga ishonib bo‘lmasligini yodda tuting. Har qanday axborotni tekshirish va tahlil qilish kerak! Yangilikning sanasiga e’tibor qaratish kerak, ko‘p hollarda eski xabarni yangi deb taqdim etishadi, xatto voqea-hodisa joyini o‘zgartirib qo‘yishlari ham mumkin.
Video va fotolarni mustaqil ravishda qanday qilib tekshirishni esingizga solib o‘tamiz:
?Video va fotolar faktchekingi:https://uz.qlever.asia/interest/107
?Matnning ishonchliligini tekshirish: https://uz.qlever.asia/interest/103
?Foto va videoni tekshirish uchun vositalar: Google Image Search, RevEye, Forensically, inVid, TinEye.
?Detallarni: ko‘chalar nomlarini, ramzlarni, mashinalar raqamlarini, shu kungi ob-havoni tahlil qiling – har qanday nomuvofiqlik feykni anglatishi mumkin.
Biz yozayotgan, layk bosayotgan va ulashayotgan narsalarimiz uchun mas’ulmiz !
Tanqidiy fikrlang, mediasavodxon bo‘ling!