O‘yin-viktorinada ishtirok eting va “adovat tili”ni farqlashni o‘rganib oling!
28.02.2022 • 12:10«Yerlarimizni osiyoliklar bosib ketdi, ularning turgan-bitgani muammo!»
Bu pul topish maqsadida kelgan O‘rta Osiyolik mehnat migrantlari haqida ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan materialga yozilgan izohlardan biri. Ushbu izoh orqali “osiyoliklar”ga nafrat bilan qaralayotganini sezish qiyin emas. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, ularda o‘zaro haqorat ham, tahdid va kamsitishlar ham, etnik guruhning hech narsaga arzimasligi haqidagi fikrlar ham, zo‘ravonlik va diskriminatsiyaga da’vat ham uchraydi.
Bu kabi fikr va so‘zlarni umumiy qilib “adovat tili” atamasi bilan nomlashadi. Adovat tili – insonning qonun bilan himoya qilinadigan tavsiflariga qaratilgan hujum hisoblanadi. Masalan, insonning jinsiga, diniga yoki milliy kelib chiqishiga. “Adovat tili” turli-tuman – rasmiy, kasbiy, maishiy kontekstlarda qo‘llaniladi; siyosatchilarning nutqlarida, pensionerlarning gurungida, talabalar va o‘quvchilarning suhbatlarida, er-xotinlarning gaplarida uni uchratish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar esa adovat tilini ko‘p nusxada tarqatuvchi vositalardan biri hisoblanadi.
Siz ham “adovat tili”ni ishlatishingiz yoki o‘z sha’ningizga uni eshitishingiz ehtimoldan holi emas.
Adovat tilini farqlashni o‘rganishni, unga qarshi turish va kurashish borasida maslahatlar olishni xohlaysizmi?
Javobingiz “Ha” bo‘lsa, “Adovat tilini aniqlaymiz” o‘yin-viktorinasiga kiring. Viktorina savollariga javob toping va yulduzlar ishlab oling.
Omadingizni bersin!