Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Duman Smakovdan dayjest: 14 – 21-fevral 2022 yil.

22.02.2022 • 11:18

Hammaga salom!

E’tiboringizga Markaziy Osoyo mamlakatlarida sodir boʻlgan muhim voqea-hodisalar haqidagi dayjestni taqdim etamiz.  

Boshladik!

Talim

Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi Korrupsiyaga qarshi ishchi kengash hamda Ta’lim va fan vazirligi talabalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarga ular o‘qiydigan oliy o‘quv yurtlarida qishki sessiya davrida korrupsiya holatlari haqida savol berildi, deyilgan KQIK matbuot xizmati xabarida.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/454944_stydentov_bishkekskih_vyzov_sprosili_o_korrypcii_na_ekzamenah_rezyltaty_oprosa.html

Yevropa Ittifoqi, BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning Tojikistondagi vakolatxonasi Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi(TFV) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Ta’lim sifatini qo‘llab-quvvatlash II dasturlari” doirasida ta’limiy teledarslar yaratish hamda aralash ta’limda innovatsion kontentni ilgari surish bo‘yicha birinchi milliy innovatsion o‘quv-ta’lim markazining rasmiy ochilish marosimini o‘tkazdi.   

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220216/v-tadzhikistane-otkrit-pervii-natsionalnii-tsentr-po-proizvodstvu-obrazovatelnih-teleurokov

Jamiyat

HeadHunter kompaniyasining xabar berishicha, Qozog‘istonda masofaviy ishlash uchun eng qulay shaharlar Olma ota va Nur-Sulton ekan. Ushbu megapolislarda ish beruvchilarning masofadan turib ishlash bo‘yicha eng ko‘p takliflari mavjud: 2021-yilda Olma otada bunday takliflar 4000 ta, Nur-Sultonda esa 3000 ta bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Qarag‘anda, Shimkent va Atirau band etgan. Qozog‘istonda masofaviy ish uchun qahcha haq to‘lashadi?

Batafsil quyida: https://informburo.kz/novosti/skolko-platyat-rabotnikam-na-udalyonke-v-kazahstane

Qozog‘istonda 5-apreldan boshlab ijaraga olingan uy-joyni subsidiyalash bo‘yicha arizalar qabul qilish bohslanadi, deb xabar berdi hukumat yig‘ilishida Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Qairbek Uskenbayev.   

Batafsil quyida:  https://informburo.kz/novosti/s-5-aprelya-nachnyotsya-priyom-zayavok-na-subsidirovanie-arendnogo-zhilya

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 15-martdan 15-mayga qadar teatr va balet xalqaro festivalini tashkil qiladi. Unda Moskvaning “Sovremennik” teatri, Moskva zamonaviy pyesa teatr maktabi, A.P.Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri, Millatlar teatri, Boris Eyfmanning Sankt-Peterburg davlat akademik balet teatri, Alisher Navoiy nomidagi DAKT, Hamza nomidagi O‘zbek milliy drama teatri, Mark Vaylning “Ilhom” teatri, shuningdek O‘zbekiston Yoshlar teatri ishtirok etadi.

Batafsil quyida: https://anhor.uz/news/theatre-fest/

Prezident “2022-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. “Norma”ning  yozishicha, O‘zbekistonda 2022-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda olib borilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar jarayoniga uyg‘un va hamohang tarzda, “Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada nishonlanadi.

Batafsil quyida:  https://anhor.uz/news/navruz/

Texnologiya

WhatsApp messenjeri yaratuvchilari  chatdan tashqaridagi ovozli xabarlarni eshitish imkoniyatini namoyish etishdi, deb xabar berdi  9to5Mac.  Xabarda aytilishicha, iOS smartfonlari uchun talqinda barcha  WhatsApp foydalanuvchilari uzoq kutilgan funksiyadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun talqinni 22.4.75 gacha yangilab olish zarur.

Batafsil quyida: https://kaktus.media/doc/454863_v_whatsapp_dobaviat_novyu_fynkciu.html

Hukumat o‘tgan yili fevral oyida Aloqa xizmatiga Internet sifati va tezligini yaxshilash yuzasidan topshiriq bergan edi, ammo aksariyat foydalanuvchilar tezlikning pastligidan, tariflarning juda yuqoriligidan hamda Internet sifatidan shikoyat qilishda davom etishmoqda. Mazkur topshiriq nima uchun bajarilmadi? Aslida, savol bir qadar ritorik xususiyatga ega. Shunga qaramay, biz Tojikistonda Internetning tezligi pastligi va sifatning yomonligi sabablarini eslatib o‘tmoqchimiz.

Batafsil quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20220221/v-chyom-beda-tadzhikskogo-interneta

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.